Мы в Telegram
Добавить новость

Казанский аэропорт вошел в топ-10 «воздушных портов» по объему пассажиропотока

Сэкономить и оторваться с Angsana Velavaru

Saudi Aramco предварительно договорилась с NextDecade о покупке 1,2 млн т/год СПГ с 4 линии Rio Grande LNG

Путин присвоил двум тулячкам звания "Заслуженный врач Российской Федерации"

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

AQSh razvedkasi COVID-19ning kelib chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazadi

AQSh razvedkasi COVID-19ning kelib chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazadi

Prezident Jo Bayden AQSh josuslik  xizmatlariga COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan harakatlarni «ikki baravarga oshirishni» buyurdi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar bermoqda.

Virus Xitoy laboratoriyasidan tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi farazni bir necha oydan beri aytib kelayotgan Bayden ma’muriyati Xitoyni epidemiya kelib chiqishi haqida ochiqroq ma’lumot berishga chorlab bosim o‘tkazayotgan ko‘plab hukumatlar safiga qo‘shildi.

Respublikachilar partiyasi Baydenni ochiq tekshiruv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan Xitoyga yetarlicha qat’iy munosabatda bo‘lmayotganlikda  ayblamoqda.

Bayden AQSh razvedka idoralaridan 90 kun ichida hisobot berishni so‘radi. Prezident payshanba kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishida razvedka xulosalarini ommaviy ravishda e’lon qilishni rejalayotganini aytdi.

Bayden AQSh milliy laboratoriyalarini razvedka xodimlariga yordam berib, Xitoy hukumati uchun aniq so‘rovlar ro‘yxatini tuzishni buyurdi. AQSh prezidenti, shuningdek, Xitoyni pandemiya kelib chiqishi bo‘yicha xalqaro tekshiruvlarda hamkorlik qilishga chaqirdi.

Respublikachilar, shu jumladan, sobiq prezident Donald Tramp, virus Uxanda hayvondan odamga emas, balki laboratoriyada sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa ortidan tarqalgan bo‘lishi mumkin, degan farazni ilgari surib keladi.

Bayden mart oyida dastlabki razvedka tekshiruvi xulosalari bilan tanishib chiqib, masalani chuqurroq o‘rganish kerak, degan xulosa kelgan. Shuningdek, u hisobot parchalarini jamoatchilikka e’lon qilishni buyurgan. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki bildirdi.

Psakining so‘zlariga ko‘ra, bundan maqsad AQSh hukumatining pandemiya kelib chiqishini o‘rganishga qaratilgan sa’y-harakatlarini jamoatchilikka ma’lum qilish hamda Xitoyga bosimni oshirishdir.

«U keng qamrovli tushunmovchiliklar davom etayotgani uchun nafaqat (razvedka xizmatlari) qilgan ishlarni jamoatchilikka oshkor qilish, balki tergovni 90 kunga uzaytirish, ko‘proq federal hukumat idoralarini, jumladan, milliy laboratoriyalarimiz hamda sog‘liqni saqlash va tibbiyot masalalaridagi ekspertizamizni jalb qilish muhim, degan xulosaga keldi», dedi Psaki.

Bayden bayonot e’lon qilib, razvedka hamjamiyatining aksariyati ushbu ikki ssenariy atrofida «birlashgani», ammo «biri ikkinchisidan ko‘ra ko‘proq ishonchli ekanini aniqlash uchun yetarli ma’lumot borligiga ishonmasligini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki agentlik virus hayvonlardan yuqqaniga ko‘proq ishonsa, boshqa bir agentlik laboratoriya faraziga ko‘proq ishonadi.

«Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Xitoy to‘liq, shaffof, dalillarga asoslangan xalqaro tekshiruvda ishtirok etishi va barcha tegishli ma’lumotlar va dalillarni ulashishi uchun bosim o‘tkazish yo‘lida hamfikr hamkorlar bilan ishlashda davom etadi», dedi Bayden.

Bayden ma’muriyati bir necha haftadan beri virus laboratoriyadan tarqalgani haqidagi nazariyani jamoatchilik oldida muhokama qilishdan tiyilib kelayotgan edi.

Payshanba kuni Xitoy Bayden ma’muriyatini siyosiy o‘yinlarni boshlashda aybladi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Lijian Baydenning buyrug‘i AQSh «faktlar va haqiqat haqida qayg‘urmasligini hamda virus kelib chiqishini jiddiy ilmiy o‘rganishga qiziqmasligini» ko‘rsatishini aytdi.

AQSh Senati chorshanba kuni Uxan laboratoriyasiga tegishli ikkita tuzatishni biror qarshiliksiz ma’qulladi. Bu esa AQSh siyosatchilari o‘rtasida virus kelib chiqishi haqidagi qarashlar o‘zgarayotganidan dalolat beradi.

Senator Rend Pol taklif qilgan tuzatishlardan biri AQShga Xitoy viruslarning kuchliligi yoki yuqumligini oshirish bo‘yicha o‘tkazayotgan tadqiqotlarini moliyalashni taqiqlaydi. Joni Ernst tomonidan taklif qilingan ikkinchi tuzatish esa Uxan virusologiya institutiga mablag‘ ajratishni taqiqlaydi.

AQSh hukumatning yuqumli kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi doktor Entoni Fauchi chorshanba kuni o‘zi va aksar olimlar «virus tabiiy hodisa, deb taxmin qilmoqda, ammo hech kim 100% aniq bilmaydi», dedi.

«Juda ko‘p tashvish va spekulyatsiya yuzaga kelgani, buni hech kim aniq bilmagani uchun shaffoflik bilan o‘tkaziladigan, barcha aniqlangan ma’lumotlar jamoatchilikka taqdim etiladigan, sinchkov tergovga muhtoj bor, deb o‘ylayman», dedi Fauchi Senatda o‘tkazilgan tinglov davomida.

Psakining ta’kidlashicha, Oq uy Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyda yangi tekshiruv o‘tkazishini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo samarali tekshiruv «Xitoy ko‘proq chora ko‘rib, virus kelib chiqishini aniqlash uchun sharoit yaratishini» taqozo qilishini aytdi.

Bayden Xitoy hukumati xalqaro tekshiruvda to‘liq hamkorlik qilishdan bosh tortayotganini inobatga olgan holda, hech qachon qat’iy xulosa chiqarilmasligi ehtimoldan xoli emasligini ta’kidladi.

«Dastlabki oylarda inspektorlarimiz u yerga kiritilmagani COVID-19ning kelib chiqishiga oid har qanday tekshiruvga xalaqit beraveradi», dedi u.

Vashingtondagi Xitoy elchixonasi Bayden buyrug‘ini tilga olmagan holda, noma’lum kuchlarni pandemiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratish o‘rniga aybdor izlashda aybladi.

«Tuhmat kampaniyasi va aybdor izlash yana boshlanmoqda, “laboratoriyadan tarqalish” fitna nazariyasi qayta yuzaga chiqmoqda», deyiladi elchixona chorshanba kuni o‘z veb-saytida e’lon qilgan bayonotda.

Bayden ma’muriyat mutasaddilari virus laboratoriyadan tarqalgani haqidagi nazariyaga katta shubha bilan qarashda davom etmoqda. Ular Xitoy tekshiruvda hamkorlik qilishdan bosh tortayotgani kutilgan holat ekanini va Xitoyning jahon sahnasidagi mas’uliyatsiz harakatlaridan biri ekanini aytishmoqda.

Davlat departamenti boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik qilishda davom etayotganini bildirdi va Xitoyni dunyo bilan hamkorlik qilishga undadi. Davlat departamenti sobiq prezident Tramp davrida virus laboratoriyadan tarqalgani yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida boshlangan tekshiruvni bahor boshida yakunlagan edi.

«Xitoyning ushbu tekshiruvda to‘liq ishtirok etgani haqidagi iddaolari hafsalangizni pir qiladi va ushbu pandemiyaga chek qo‘yish va global sog‘liqni saqlash xavfsizligini yaxshilash uchun birgalikda ishlayotgan xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlariga ziddir», dedi matbuot kotibi Ned Prays.

Oq uy, shuningdek, Bayden ushbu masalaga katta e’tibor qaratayotgani ko‘proq natija berishiga umid qilmoqda. Tramp ma’muriyati pandemiyaning ilk kunlarida Xitoyga xavfli kasallikning kelib chiqishi va tarqalishi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot berish uchun bosim o‘tkazmagan edi, chunki Tramp saylov o‘tkazilishi rejalashtirilgan yilda Xitoy bilan savdo muzokaralari izdan chiqishini istamagan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Посол России в Аргентине усомнился в передаче Киеву военных самолётов

Путин присвоил двум тулячкам звания "Заслуженный врач Российской Федерации"

Депутат бундестага Котре: санкции против Мосбиржи нанесут ущерб ФРГ и Евросоюзу

Saudi Aramco предварительно договорилась с NextDecade о покупке 1,2 млн т/год СПГ с 4 линии Rio Grande LNG

Музыкальные новости

"Зенит" проведет в межсезонье три контрольные игры

В Красноярском крае сотрудники Росгвардии обеспечили охрану общественного порядка во время празднования мероприятий, посвященных Дню России

Росгвардия приняла участие в спортивном празднике «Динамо» в Москве

Уссурийский ЛРЗ подтвердил соответствие международным стандартам, применяемым на производстве железнодорожной промышленности

Новости России

Мособлнаследие утвердило границу церкви Покрова Пресвятой Богородицы

Посол России в Аргентине усомнился в передаче Киеву военных самолётов

Депутат бундестага Котре: санкции против Мосбиржи нанесут ущерб ФРГ и Евросоюзу

Saudi Aramco предварительно договорилась с NextDecade о покупке 1,2 млн т/год СПГ с 4 линии Rio Grande LNG

Экология в России и мире

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

Захарова: армянам - нота, апшеронцам – «да»

Новые портативные ирригаторы Revyline RL 630 Green скоро поступят в представительство марки в Махачкале

Маршруты и экскурсии: уникальная экспедиция по Новгородской области

Спорт в России и мире

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»

Сафиуллин не смог пробиться во второй круг турнира ATP в Штутгарте

Федерер рассказал о недооценке Джоковича на старте карьеры

Глава ATP вручил Яннику Синнеру награду первой ракетки мира

Moscow.media

Американский инсулин “Хумалог” больше не будут поставлять в РФ

ТСД промышленного класса Saotron RT-Т510

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Родители 308,9 тысячи детей в Московской области получают единое пособие











Топ новостей на этот час

Rss.plus






«Уральские авиалинии» взяли на борт раненного на СВО екатеринбуржца, которого не пустили на рейс «Аэрофлота». ФОТО

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: признание Нато надо применить!

Казанский аэропорт вошел в топ-10 «воздушных портов» по объему пассажиропотока

Московский мегаливень надвигается на Поволжье