Добавить новость

Выездной пункт приема гуманитарной помощи отработал в селе Липицы

Роспотребнадзор зарегистрировал шесть случаев подозрения на ботулизм в Казани

В Ступине объявлен конкурс на выполнение работ по строительству котельной

Факты нарушения общественного порядка в поездах дальнего следования пресечены в Карелии

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Onkologiya markazida bemorlar nur berish uskunasining tuzatilishiga ko‘z tikmoqda

Onkologiya markazida bemorlar nur berish uskunasining tuzatilishiga ko‘z tikmoqda

Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida saratonga qarshi yagona radioterapiya uskunasi so‘nggi olti oy ichida uchinchi marta ishdan chiqqan.

Ozodlikka bu haqda xabar yo‘llagan bemorlarga ko‘ra¸ uskunaning bot-bot ishdan chiqishi sabab muolajalar kechikmoqda.

Nur vositasida davolanayotgan ayrim saraton bemorlari orasida ahvoli og‘irlashganlari ham borligi aytiladi.

Bahosi qariyb 3 million AQSh dollariga teng Elekta Infinity chiziqli tezlatkich nur berish uskunasi Toshkentdagi markazga 2018 - yilda Britaniyadan olib kelib o‘rnatilgandi.

Markaz bosh shifokori Odiljon Ahmedov 9 - mart kuni Ozodlik bilan suhbatda uskunaning muhim detali ishdan chiqqani, uni chetdan oldirib kelish cho‘zilayotganini aytdi.

"Lineyniy uskoritel, juda qimmat va juda murakkab apparat, 2 million 800ming turadi. Muammo shuki, bizda buni servis markazi yo‘q. Buzilsa ehtiyot qismlarini chetdan oldirishga to‘g‘ri keladi. Shunga kutyapmiz. Xudo xohlasa, yanagi haftaga tuzatiladi”, - dedi Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Odiljon Ahmedov.

Muammo faqat uskunaning buzilgani emas

Toshkentlik Regina Nigmatulina bosh miya saratoniga chalingan turmush o‘rtog‘i Marat Nigmatulin nur berish uskunasi buzilib qolgani sabab bir oydan beri zarur muolajani ololmayotganini aytadi.

Nigmatulinaga ko‘ra, muammo faqat radioterapiya uskunasining buzilganida emas.

“Sentabr oyida erimning boshida o‘simta borligi aniqlandi. Radioterapiya qilishlari kerak edi. Ikki oy kutdik. Sababi bosh miya MRTsini qilish uchun “Magnilek” preparati lozim edi. Uni Belarusdan kelishini kutdik. O‘zbekistonda bu preparat yo‘q. Preparat hal bo‘ldi, endi terapiyani boshlaymiz, deb turganimizda apparat buzilib qoldi. Bu apparat bilan muolaja yordamida o‘simtaning o‘sishini sekinlashtirish yoki to‘xtatish mumkin. Hozir shu uskunaning tuzatilishi biz uchun hayot-mamot masalasi bo‘lib turibdi”, - deydi Nigmatulina.

Toshkentdagi Onkologiya markazida Marat Nigmatulin qatori o‘nlab bemor nurlanish apparatining tuzalishiga ko‘z tikkan.

Mutaxassislarga ko‘ra, bemorlardan ko‘pchiligining onkologik kasallikdan tuzalish-tuzalmasligi aynan o‘z vaqtida qilinadigan radioterapiya muolajasiga bog‘liq.

Shulardan biri ko‘krak bezi saratoniga chalingan 36 yoshli Nasiba Mirzayevadir.

“Nurlanish apparatida o‘ttizta kurs lecheniya olishim kerak, lekin ololmayapman, buzilgan. Agar muolajani vaqtida olmasam, o‘simta rivojlanaveradi. Mening yonimda yigirmadan ortiq bemor bor, ular ham shu apparatning tuzalishiga ko‘z tikib o‘tirishibdi, - deydi Mirzayeva.

“18-20 soatlab tinimsiz ishlaydi”

Markazda stantsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar Ozodlikka radioterapiya uskunasining har kun tungi soat 1 gacha ishlatilganiga guvoh bo‘lganliklarini aytishgan.

Regina Nigmatulina ham buni tasdiqlaydi.

“Kuniga 18-20 soatlab tinimsiz ishlaydi. Chunki apparat bitta, kasallar ko‘p. Nagruzka katta, dosh berolmayapti aftidan ”, - deydi Regina Nigmatulina.

Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Odiljon Ahmedov O‘zbekistonning 6ta joyida shu funksiyani bajaradigan radioterapiya uskunasi o‘rnatilgani, nur muolajasi juda zarur bo‘lgan bemorlar markazning boshqa bo‘limlariga jo‘natilayotganini aytadi.

“Shu apparat oltita joyda bor. Funksiyasi huddi shu. Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax, Toshkentda. Markazimizdagiday emasku, lekin funksiyasi bir xil. Juda shoshilinch bemorlar bo‘lsa, ularni shu bo‘limlarimizga yuboryapmiz. Lekin uzog‘i bilan kelasi hafta tuzatiladi”, - deydi Odiljon Ahmedov Ozodlik bilan suhbatda.

Ammo Regina Nigmatulina ta’kidlashicha, erini davolayotgan vrach boshqa bo‘limlardagi nurlanish uskunasi unga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

“Toshkent shahar bo‘limida ham bor ekan shunday uskuna. Lekin vrach boshqacha uroven apparat dedi. Bizga faqat Respublika Onkologiya markazidagi uskoritel to‘g‘ri kelar ekan”, - deydi Nigmatulina.

Yetakchi markaz

Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Markaziy Osiyodagi saratonga qarshi yetakchi markazlardan sanaladi.

O‘zbekistonning chekka viloyatlari va qo‘shni davlatlardan bemorlar radioterapiya bilan davolanish ilinjida shu yerga kelishadi.

Ozodlik bog‘langan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi  mulozimi Onkologiya markazida saratonga chalingan bemorlar uchun yagona radioterapiya uskunasining ishdan chiqqani haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi.

Radioterapiya muolajasi davomida tananing ma’lum bir qismidagi saraton hujayralariga maxsus nur yuboriladi.

U saratonning ko‘plab turlarida qo‘llaniladi. Sog‘lom hujayralar zarardan so‘ng tiklanishi mumkin, ammo saraton hujayrasi o‘ladi.

O‘zbekistonning ayrim shifoxonalarida tibbiy uskunalarning ishdan chiqishi fojiali yakun topgan.

O‘tgan yil kunida Toshkent viloyati Bekobod shahridagi COVID klinikasida bir kunda sun’iy nafas olish qurilmasiga ulangan to‘rt bemor o‘lgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

2019 - yil Samarqand Shoshilinch tez tibbiy yordam shifoxonasidagi davlatga qarashli yagona gemodializ bo‘limidagi nosozliklar tufayli esa buyrak yetishmovchiligi kasaliga chalingan 160 dan ortiq bemor boshqa viloyatlarga ko‘chirilgandi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Роспотребнадзор зарегистрировал шесть случаев подозрения на ботулизм в Казани

Следком возбудил уголовное дело по факту отравления людей в Нижнем Новгороде

В Нижнем Новгороде четыре человека госпитализированы с ботулизмом

Премия «Рекорды Рынка Недвижимости» наградила лучшие проекты и компании 2024 года

Музыкальные новости

В рейтинге развития Тамбовская область за 2023 год опустилась на три места

Галина Ржаксенская впервые стала участником ПМЭФ в Санкт-Петербурге

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Кинопродюсер.

Новости России

Дубненский лицей стал победителем в конкурсе «Умные каникулы»

Выездной пункт приема гуманитарной помощи отработал в селе Липицы

Певец Киркоров отказался от концертов на курортах в России из-за съемок в фильме

На территории исторической усадьбы Усачевых-Найденовых отреставрировали статуи

Экология в России и мире

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду

Gucci, коллекция menswear весна-лето 2025

Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети: «Волшебный платок бабушки Дари» - это захватывающее путешествие в мир бурятской сказки, которое не оставит равнодушным ни одного зрителя

Прямые рейсы в Таиланд неожиданно снимают: стали известны подробности и альтернативы

Спорт в России и мире

«Надо чем-то жертвовать». Арина Соболенко отказалась ехать на Олимпиаду в Париже

«Ну и где здесь «группа смерти?» ATP показала, каким был бы Евро-2024 с теннисистами

Россиянка Людмила Самсонова выиграла турнир WTA в Хертогенбосе

Теннисисты Рублев, Хачанов и Самсонова не сыграют на Олимпиаде-2024

Moscow.media

ALMI Partner и Etersoft подтвердили совместимость продуктов

Социальные и ESG-проекты ГПМ Радио названы лучшими в России

Храм Преображения Господня в Коммунарке

Hyundai привозит в Россию старый добрый седан по цене LADA Vesta











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Следком возбудил уголовное дело по факту отравления людей в Нижнем Новгороде

Певец Киркоров отказался от концертов на курортах в России из-за съемок в фильме

В Ступине объявлен конкурс на выполнение работ по строительству котельной

Выездной пункт приема гуманитарной помощи отработал в селе Липицы