Мы в Telegram
Добавить новость

Прокуратура Москвы: школьник попал в больницу после наезда курьера-велосипедиста

Москвичам рассказали, когда ждать потепления

За неправильную мойку на собственном участке придется заплатить штраф: вы могли этого не знать

Соболев – в запасе «Спартака» на матч против «Пари НН»

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Sobiq qo‘shiqchi prezident bo‘lmoqchi. Tarmoqni titratgan trendlar

Sobiq qo‘shiqchi prezident bo‘lmoqchi. Tarmoqni titratgan trendlar

Kundalik xabarlarni gazeta sahifalari yoki TV ekranlaridan emas, balki ijtimoiy tarmoqlardan o‘qish O‘zbekistonda allaqachon trendga aylanib ulgurdi. Ozodlik o‘tgan haftada tarmoq muhokama qilgan asosiy xabar va mavzularga nazar tashladi.

O‘zbek segmentiga atalgan kontentlar trendini o‘rganish chog‘ida Ozodlikka SMM-menedjer Noila Qutliyeva hamrohlik qildi. Qutliyevaga ko‘ra, seshanbadan seshanbagacha o‘tgan vaqt ichida barcha platformalar asosan ikki siyosiy mavzuni muhokama qilishgan:

“Rossiya manfaatlarini himoya qilgan Baxrom Ismoilov o‘zbekistonlik faol Aziza Umarovani rusofoblikda ayblab chiqdi. Aziza bunga javob qaytardi. Oltita tarmoq bu masalada uchga bo‘lindi. Rossiyada ishlaydigan mardikorlar va ba’zi rus tilli ziyolilar Ismoilov tarafini olishdi. O‘zbekcha yozadigan faol va blogerlar esa, Azizani yoqladilar. Uchinchi taraf "bu ikkalasi ham do‘st emas bizga -o‘zbek tilini himoya qilgan Azizaning o‘zi ruscha yozadi¸ eri esa Xitoy manfaatlarini himoya qiladigan tujjor", deb chiqdi.”

Bahrom Ismoilovga Rossiya Federatsiyasi prezidenti ma’muriyati tarafidan sovg‘a qilingan "qo‘shkalla burgut tagligi bor stakan" tarmoqning o‘zbek segmentida faol muhokama qilingan rasm bo‘ldi.

Aziza Umarova Facebookdagi sahifasida mana bunday deb yozdi:

“Buyuk kelajakni” vayron qilgan Bahrom Ismoilov meni rusofob, ya’ni Rossiyadan oshkora nafratlanadi, deb yozib chiqibdi. Men rusofob emasman. Men mamlakatda rus tili butkul muomaladan chiqarilsin, deb chaqiriq qilmadim. Lekin men YeOIIga O‘zbekistonning a’zo bo‘lish ehtimoliga hadik bilan qarayman. Bu tashkilotdan tinchgina chiqib ketish yo‘li yo‘qligi ham meni xavotirga soladi. Bu tashkilotga kirish O‘zbekiston taraqqiyotini 100 yil ortga suradi. Bu haqda jiddiy o‘ylash kerak. Qolgan ayblovlar esa yolg‘on¸ uydirma va Bahromning shamollagan tafakkuri mevasi”.

Ozodlik “Buyuk kelajak” tashkiloti sobiq koordinatori¸ Rossiyadagi “Sahovat” xayriya fondi ijrochi direktori¸ O‘zbekiston xarbiy – tarixiy jamiyati raisi, 37 yashar Bahrom Ismoilov bilan suhbatlashdi. Bahrom Ismoilov o‘ziga qaratilgan nafrat to‘lqini ortida "tor manfaatlarini himoya qilayotgan mahalliy monopolistlar" turganini ta’kidladi:

“Men vatanparvarman. O‘zbeklarni himoya qilib kelaman. Resurslari cheklangan O‘zbekistonga 34 million odam ko‘plik qiladi. Ular Rossiyaga kelib ishlab, Rossiyani ishg‘ol qilsin. Rossiyada ko‘payib, unib-o‘ssin, deyman. Rossiya keng va pul topish uchun ko‘p imkoniyatlar bor. Aslida Rossiya bizga yot emas. O‘zbekxon bu yerlarni Ivan Kalitaga hadya qilgan. Tarixan o‘zimizning yerimiz. Nomlaridan ham ma’lum-Boyko‘l¸ Barnovul¸ Irtish¸ Gelendjik(Kelinchak) - turklarning yeri bu. Stakanning rasmini qo‘yib, Bahrom Rossiya askarlari bilan kelib, O‘zbekistonni bosib olmoqchi, deb mening nomimni olabo‘ji qilib ko‘rsatishdi. Kulgili bu. Vatanni sotganga stakan beradimi?. Men ikki tarafdan hujumga tutilyapman. Bir tarafdan rus millatchilari meni o‘zbeklarni Rossiyaga olib kelganlikda ayblab, tavqi la’nat qilishadi. O‘zlarini o‘zbek vatanparvarlari deganlar esa, meni rusparastlikda ayblashadi. Men Ozodlik radiosi orqali o‘zbek vatandoshlarimga aytmoqchiman: men O‘zbekiston mustaqilligi tarafdoriman. O‘zbek millatparvariman. 6 oy pandemiya karantini paytida Rossiyada qiynalgan minglab o‘abeklarga moddiy yordam ko‘rsatdim¸ holidan habar oldim. Shu bois uch oy oldin meni O‘zbekiston prezidenti “Shuhrat” medali bilan taqdirladi. Agar dushman bo‘lsam, menga mukofot berilarmidi? Yana qayrataman: o‘zbeklar o‘rda-o‘rda bo‘lib kelib, Rossiyani to‘ldirsin. Biz bu yerda ruslardan keyin eng ko‘p millatga aylanaylik. Biz kelmasak, bu yerlarga xitoyliklar keladi. Biz bosmasak, ular bosadi. Oldimizdagi tayyor osh, bu - Rossiya”.

"Prezident bo‘lib O‘zbekistonni kuchli davlatga aylantiraman"

 

Suhbatdoshimiz Qutlievaga ko‘ra, “Aziza va Bahrom muxorabasi to‘rt kun muhokama qilingani ortidan mavzuga qiziqish kamaygan va yangi trend birdan paydo bo‘lgan:

“Tarmoq foydalanuvchilari Aziza va Bahrom muxorabasidan charchab, yoppasiga Dubayga hijrat qilgan o‘zbek qo‘shiqchilari rasmlari atrofida ivirsib turganda, birdan chaqmoq chaqqan kabi yangi trend paydo bo‘ldi. Shariat taqiqlagani bois qo‘shiq aytishni to‘xtatgan Jahongir Otajonov  “men O‘zbekistonning uchinchi prezidenti bo‘laman” deb, Yutub kanalida bayonot berdi. Hozir barcha olti platforma shuni muhokama qilmoqda. Asnoda Ketmonov kabi nomzod va joriy prezident faoliyati haqidagi memlar yana tarqala boshladi”.

Mustaqil "Eltuz" nashri o‘zining Instagram sahifasida bu mavzu haqida karikatura e’lon qildi. Rassom Kirpi chizgan karikaturada toridan voz kechgan qo‘shiqchining zinalardan ko‘tarilib, prezident kreslosiga talpingani aks etgan.

Sobiq xonanda Jahongir Otajonov joriy yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi.

“Ochiqdan-ochiq aytaman, mening ham Prezident bo‘lish niyatim bor va albatta bo‘laman, deb umid qilaman. Prezident bo‘laman va O‘zbekistonni rivojlantiraman. Xalqning gullab-yashnab yashashiga erishaman. Albatta, men bu gapim bilan hozirgi kundagi davlat rahbariga hech qanday “pretenziya” qilayotganim yo‘q va bunga haqqim ham yo‘q. Ular ham qo‘ldan kelgancha harakat qilyapti ”, - deydi u.

Paypoq kuni

 

Tarmoqning barcha platforlamari “erkaklarga paypoq va arzon parfyum sovg‘a qilish” bayramini muhokama qildi. Gap 14 - yanvar kuni nishonlanadigan “Vatan himoyachilari” bayrami haqida. Tarmoqlarda bizga hamrohlik qilgan Qutliyevaga ko‘ra, “14 - yanvar erkaklar bayrami sifatida shakllangani bois qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan”.

“Bir erkakning o‘sha kuni to‘rt juft paypoq olgani haqidagi latifa eng ko‘p muhokama bo‘ldi.

Gap to‘rtta xotin olgan erkak haqida asli. Paypoq sovg‘a olgan erkaklar o‘z juftlaridan kattaroq sovg‘a kutishganligini ham yozishdi”.

Bloger Shahnoza Soatova sovg‘adan norozi bo‘lgan tarafga javob qaytardi:

"Paypoqdan norozi hurmatli erkaklar! Ayollarni kam o‘qitib, kam ishlatib, haq to‘lanmaydigan uy ishlariga band qilasizlar-da, sovg‘aga ayfon kutasizlarmi Daromadga qarab sovg‘a talab qilinishi adolatdandur Bayram muborak!"

Bizlardan ham yaxshimidi serjoningizey.. TikTokda faqat qizlar

Noila Qutliyeva TikTok platformasida o‘zbek qizlari bilan bog‘liq yangi trendga e’tibor qaratdi:

Tarmoqda “Kino tarixi bilimdonlari biladigan Some Like It Hot (O‘zbekistonda “Jazda faqat qizlar” deya tanilgan film-tahr.) filmidagi kabi holat kuzatildi. Billi Uaylder suratga olgan filmda Jaz guruhida ishlash uchun qiz bola kiyimini kiygan ikki erkak boshidan kechirgan quvnoq hangomalar aks etadi. TikTokning o‘zbek segmentida ham shu narsa ko‘rinmoqda. O‘g‘il bolalar qiz kiyimni kiyib qo‘shiq aytmoqda. Bu ikki yildan beri kuzatilayotgan yo‘nalish. Ammo seshanbadan seshanbagacha qizlar o‘g‘il bola kiyimini kiyib, sketch namoyish qilish kuzatildi”.

TikTokchi Diyora Abdujabborova 14 - yanvar kuni taniqli qiziqchi Xojiboy Tojiboyev hajviyalari asosidagi bir nechta lavhani namoyish qildi. Lavhada o‘zbek xarbiylarining qatorda qo‘shiq aytgani va ovqat egani hajv qilinadi.

Bir yarim minutlik lavhada erkakcha harbiy forma kiyib, mo‘ylov qo‘ygan Diyora Abdujabborova harbiy qo‘mondon¸ serjant va "ochofat" oddiy askar qiyofasida namoyon bo‘ladi.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda bloger bu sketch harbiylar orasida mashhur bo‘lgani ortidan harbiy shtab tarafidan bir sidra harbiy kiyim bilan taqdirlanganligini aytdi.

TikTokda mashxur bo‘lgan Zahro Shoahmedova esa, namoyish qilgan sketchlari ortidan ta’na va malomatlarga nishon bo‘lganini Ozodlik bilan suhbatda so‘zlab berdi.

Zahro yoshi katta otasi bilan birgalikda xind filmlariga taqlid qilib kichik lavhalar yaratadi.

TikTokda yuz minglab olqishlar olgan bu videolar bir vaqtning o‘zida konservator dindorlar va ma’naviyat posbonlari tarafidan tavqi la’nat qilindi. Zahroning otasi bilan ko‘zini suzib qo‘shiq aytgani va burnini teshib oltin avarak taqqani konservatorlar tarafidan "do‘zaxiylik" deya baholangan bo‘lsa, Zahroning hijob kiygani ma’naviyatchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi. “Boshinga hijob kiyguncha ketingni yop” deyishdi Zahroning shim kiyganiga ishora qilgan ma’naviyatchilar.

Toqatsizlik qurboni bo‘lgan toshkentlik tiktokchi Zahro Shoahmedova Ozodlik bilan suhbatda “o‘zini emas, yoshi katta oqsoqol otasini haqorat qilganlardan ranjiganini” aytadi:

“Mayli, burnimning teshigini so‘kishsin, lekin nega otamni haqorat qilishadi?. Bular dastidan o‘yin kulgi ham qilish mumkin emasmi?. Men otamning erka shodon qiziman. Buning nimasi yomon?”, deydi Zahro.

Jinoyat va jazo

Bu Dostoyevskiy romani nomi emas, balki o‘zbek tiktokchilari boshdan kechirayotgan reallik.

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videoda piyoda yo‘lda sakrab, ikkinchisida harakatlanayotgan “Spark” ichida paydo bo‘lib qoladi. Yuz minglab o‘zbek tomoshabinlar “o‘o‘o‘o‘” deya tomosha qilgan bu rolik O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov nazariga tushdi. Toshkent hokimidan farqli o‘laroq, vazir bu rolikni tayyorlagan tiktokchini olqishlamadi, balki jazolashga amr berdi.

Tarmoqni larzaga solgan rolik muallifi jazolangani haqida IIVning tarmoqdagi sahifalari xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari 18 - yanvar kuni yuqoridagi avtomobil haydovchisi, 25 yoshli Oybek O. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 - modda prim.5 bo‘yicha (“Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi”) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hozirgi vaqtda videoda ishtirok etgan piyodaning shaxsi aniqlanib, unga nisbatan ham tegishli choralar ko‘rilmoqda.

“Hurmatli TikTok ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari! Unutmang, yangi kontent orqasidan quvib, hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang. Mazkur internet-maydon foydalanuvchilari orasida voyaga yetmaganlar ham bor, ular montaj qilinganini tushunmasdan noto‘g‘ri xulosa chiqarishlari mumkin”, - deya yakun yasaydi YHXBB.

Ilgariroq IIV jamoat tartibini buzayotgan o‘zbekistonlik tiktokchilarga ogohlantirish bilan chiqqan edi. Ularga 15 sutkagacha qamoq jazosi berilishi mumkinligi aytilgan.

Yig‘indi gaplar

Seshanbadan seshanbagacha o‘tgan davrda tarmoqda “Jinsiy quvvatni oshiradigan” malhamni reklama qilgan Oliy Majlis deputatini¸ O‘zbekistonda to‘y-tomosha yo‘qligidan Dubayga ketgan Yulduz hoji onani va Moskvada istiqomat qilayotgan Zarina Nizomitdinovaning o‘g‘li Said Umarning kimga o‘xshashligini faol muhokama qildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni Ozodlik bilan birga kuzating.

Tarmoqlarning faol foydalanuvchisi bo‘lsangiz, fikrlaringizni biz bilan baham ko‘ring.

Eksklyuziv surat va videolaringizni bizning tarmoqlardagi platformalarimiz orqali bo‘lishishingiz mumkin.

Biz bilan bog‘lanish uchun:

Messenjer va imeyl

+420 602 612 713 (WhatsApp, Telegram, Viber)

+420 724 971 539 (WhatsApp, Telegram, Viber)

ozodlikmail@gmail.com

ozodcomments@gmail.com

uzbekweb@rferl.org

Skype: OzodSkype; OzodOvoz; OzodlikOnline

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Синоптик Леус сообщил, что на Солнце произошла вторая X вспышка за сутки

Детский хор из Кисловодска примет участие в Литургии в Храме Христа Спасителя

Патриарх Кирилл: Казанскую икону передадут в храм Христа Спасителя

«Иркутск» уступил в Вологде, пропустив три безответных мяча

Музыкальные новости

Песня под Ключ. Купить Песню под Ключ. Запись Песни под Ключ.

Около 200 учащихся школ и ссузов, а также дошкольников стали участниками Всероссийской акции «Неделя без турникетов» на предприятиях филиала «Северный» ООО «ЛокоТех-Сервис».

Продолжаются поиски псковича в куртке Nike

"Краснодар" уступил "Ахмату" и не смог обогнать "Зенит" в чемпионате России по футболу

Новости России

В Москве скончался советский и российский художник-мультипликатор Александр Горленко

Роснано обсуждает возможность дополнительного финансирования с правительством

Шизофрения или последствия развода? Почему Бритни Спирс вновь оказалась в центре скандала

Росія планує диверсії по всій Європі, – ЗМІ

Экология в России и мире

Сходила на Мосфильм на экскурсию «Волшебный мир Синема»

Песня под Ключ. Купить Песню под Ключ. Запись Песни под Ключ.

Дети-пациенты посетили развлекательный центр

Щедрое лето от OUTRIGGER

Спорт в России и мире

Соболенко уступила Свентек в финале турнира WTA-1000 в Мадриде

Соболенко и Швентек сыграют в финале турнира WTA в Мадриде

"Я играю и зарабатываю хорошие деньги, но...". Рыбакина назвала главную проблему в женском теннисе

Российский теннисист Рублев вышел в финал турнира «Мастерс» в Мадриде

Moscow.media

Travel-эксперт Тариел Гажиенко: какую страну выбрать для семейного отпуска

Компании в погоне за «золотой ИИ-лихорадкой» забыли о благополучии сотрудников

"Русские должны извиниться!": Таджики в гневе из-за запрета "тусить" в России

Вадим Арутюнов и его книга «Записки странствующего армянина»











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Роснано обсуждает возможность дополнительного финансирования с правительством

Из простушки в звезду: что пережила Ида Галич на пути к популярности

Посвященная бойцам СВО выставка картин откроется в Балашихе

Синоптик: 7 мая Москву ожидает почти треть месячной нормы осадков