Мы в Telegram
Добавить новость

Первый птенец появился у соколов-сапсанов с высотки МГУ

112: на Сокольнической линии произошел хлопок, началось задымление

Эксперты ДИТ Москвы рассказали, как обезопасить себя от мошенников в сфере туризма

В России введена обязательная маркировка соков, нектаров и морсов



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Prezidentga atalgan" go‘nglar yoki yana bir ko‘zbo‘yamachilik

Samarqand viloyatiga Jizzaxdan kirib kelaverishdagi yo‘l yoqasida 11 - yanvar kuni go‘ng ortilgan traktor va "Kamaz"larning saf tortgani kuzatildi.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan mahalliy fermerlar va haydovchilar o‘sha kuni hokimlikdan "kattakon kelishi"ga trassaga go‘ng olib chiqish haqida topshiriq olganliklarini aytishdi.

Ismi ochiqlanmasligini istagan jomboylik traktor haydovchisiga ko‘ra, tuman hokimligidan ularga qandaydir "kattakon" keladi, deb aytishgan:

"11 - yanvar kuni ertalab 8 da qandaydir kattakon kelarkan, deb hammamiz trassaga go‘ng olib chiqdik. Soat 16 gacha tushlik qilmasdan och o‘tirdik. Hech kim kelmadi. Kimga keragi bor bunaqa spektaklni?", - deydi traktor haydovchisi.

Bu holat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga safari bilan bir kunga to‘g‘ri kelgan.

Lekin Mirziyoyev shu kunning o‘zida Jizzaxdan Toshkentga qaytgan edi.

Ismi ochiqlanmasligini so‘ragan jomboylik fermer go‘ng ortilgan pritseplar yo‘l bo‘yiga "prezident ko‘rsin" uchun olib chiqilgan bo‘lishi mumkinligini aytadi.

"Prezident ko‘zini shamg‘alat qilish uchun qilinadigan shou bu. Shu kuni Mirziyoyev Jizzaxga bordi, bizga ham kelib qolishi mumkin, degan gap bo‘ldi. Shunga yerlar vaqtida o‘g‘itlanyapti, degan tasavvur yaratish uchun Jizzax tomondan kiraverishda yo‘lni chetiga go‘ng ortilgan traktor pritseplari qo‘yib qo‘yildi. 60ga yaqin pritsep o‘sha kuni o‘sha yerda turdi. Haydovchilarning qancha yumushi qolib, kechgacha o‘sha yerda o‘tirishdi, - deydi fermer.

Samarqand viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi Manuchehr Mirzayev Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston prezidentining Samarqandga kelishi haqida umuman gap bo‘lmaganini aytdi.

"Yo‘l chetiga go‘ng qo‘yilganidan xabarimiz yo‘q. Kim buyruq berganini ham bilmaymiz. O‘sha kuni prezidentimizning Samarqandga kelishi haqida ham umuman gap bo‘lmagan. Hokimimiz salomatligi bilan bog‘liq ta’tilda edilar", - dedi Mirzaev.

Birinchi marta emas

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan fermerlar O‘zbekistonda yo‘l bo‘yiga go‘ng ortilgan pritseplar yoki qoplarni qo‘yish bilan o‘g‘itlash ishlari risoladagiday borayotganini "kattalar"ga ko‘z-ko‘z qilish an’anasi avvaldan borligini aytishadi.

Surxondaryoning Denov tumanidan bo‘lgan fermer Eshquvvat Norboyev bu haqda Ozodlikka bunday dedi:

"Asosiy yo‘l yoqalab go‘ng uyumlari yoki dala chetiga qator-qator qoplarni tizib qo‘yishadi. Ko‘zbo‘yamachilik uchun. Toshkentdan qaysidir vazir yoki prezident kelarmish, deb.

Bu ishlar sira aqlga sig‘maydi. Birinchidan, shuncha ishchi sarson bo‘ladi. Shuncha odamni ovora qilib qilingan mehnat, vaqt zoye ketdi. Yerga go‘ngni solish kerak, nima keragi bor shamg‘alat qilishni?", - deydi surxondaryolik fermer .

Ikki yil avval Ozodlik Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida shunga o‘xshash voqea haqida xabar bergan edi.

"Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida ko‘zbo‘yamachilik davom etmoqda. Mana, bir haftaki, tumanning markaziy yo‘l yoqasida go‘ng ortilgan traktorlar tashrifi kutilayotgan kattakonlar ko‘zini bo‘yash uchun shay bo‘lib turibdi. Haydovchilarning qancha yumushi qolib ketayapti, bu bilan hokimning sariq chaqalik ishi yo‘q. U kishi axir kattakonlarga o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishlari kerak! Holvani hokim eydi, kaltakni yetim, deganlari shu-da!", - deb aytgan edi mahalliy fermerlardan biri.

Ko‘zbo‘yamachilik prezident dakkisidan keyin ham davom etmoqda

O‘zbekistonda ko‘zbo‘yamachilik qilish marhum prezident Islom Karimov davrida muhim siyosiy tadbirlarning bir qismiga  aylangan edi.

Shavkat Mirziyoyevning o‘zi 2015 - yilda Bosh vazir bo‘lib ishlagan davrda uning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyati Qo‘shtepa tumanidagi avtomobil yo‘li chetidagi paxtasi terib olingan chanoqlarga qaytadan paxta yelimlab chiqilgan.

O‘tgan oy Mirziyoyevning Xorazmga safari oldidan yo‘l chetiga "soxta issiqxonalar" o‘rnatib chiqilgani haqda Ozodlik xabar bergandi.

Mirziyoyev iqtidorga kelganidan keyin o‘zining joylarga tashrifi oldidan viloyat, tuman va shaharlardagi mutasaddi rahbarlar tomonidan qilinayotgan ko‘zbo‘yamachiliklarni bir necha marta qoralagan.

“Men devor ortida nima borligini, O‘zbekistonda qaysi ko‘cha supurilgani yo obodligini juda yaxshi bilaman. Bitta narsani aytmoqchiman: yo‘lni supurganingiz bilan hech nima o‘zgarmaydi, odamlar rahmat demaydi, la’nat aytadi. Bizni do‘stlarimiz ham ko‘p, dushmanlarimiz ham. Siz mana shu ishlaringiz bilan dushmanlarning tegirmoniga suv quymoqdasiz. Butun viloyatlar va tumanlar rahbarlari, mana shuni bilib oling”, degan edi prezident 2018 - yil 13 - aprel kuni Sayxunobod tumanida qilgan chiqishida.

 

Ammo bu tanqidlarga qaramay, prezident boradigan hududlar yo‘llarini shosha-pisha asfalt qilish, tomlarni bo‘yash, byudjet xodimi ishchilarini ko‘cha tozalashga chiqarish, yo‘l bo‘yiga xo‘jako‘rsinga issiqxonalar qurish, ko‘chatlar ekish yoki ochilgan paxtani terdirmay turish kabi o‘nlab ko‘zbo‘yamachilik holatlari haqida Ozodlikka xabarlar kelgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

В Москве наградили лауреатов конкурса детского рисунка «Наследие моего района»

Заворотнюк похоронили на аллее деятелей искусств Троекуровского кладбища

Авербух на прощании с Заворотнюк заявил, что она добилась всенародной любви

Музыкальные новости

В Екатеринбурге Росгвардия обеспечила правопорядок на переходном матче Чемпионата России по футболу

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Благотворительный Вечер в «Геликон-Опера»: Искусство во Имя Добра

Уссурийский ЛРЗ расширяет форматы промышленных экскурсий на предприятие

Новости России

Заворотнюк похоронили на аллее деятелей искусств Троекуровского кладбища

«ТМК-ТАГМЕТ» из Таганрога стал бронзовым призером чемпионата России по настольному теннису

Новая сильнейшая вспышка произошла на Солнце 1 июня

Появились первые кадры с могилы актрисы Анастасии Заворотнюк

Экология в России и мире

Eleganzza весна-лето 2024

Раскрыт секрет, как и где отдохнуть в России летом за 11 тыс. рублей

«585*ЗОЛОТОЙ» выступила партнером медиафестиваля творческой молодежи YOUPITER

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Спорт в России и мире

Россиянин Котов уступил итальянцу Синнеру в третьем круге "Ролан Гаррос"

Мирра Андреева вышла во второй круг Открытого чемпионата Франции

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"

Пресс-служба WTA мемом отреагировала на тяжёлую победу Свёнтек над Осакой

Moscow.media

НА ДЕТСКОМ ФЕСТИВАЛЕ ИСКУССТВ «НЕБО» СОСТОИТСЯ 5 ПРЕМЬЕР И ПОКАЖУТ НОВИНКИ ОТ ВЕДУЩИХ МОСКОВСКИХ ТЕАТРОВ

ТСД SAOTRON RT-T50: высокопроизводительный терминал сбора данных промышленного класса

Лёд и пламень

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой

Заворотнюк похоронили на аллее деятелей искусств Троекуровского кладбища

Подмосковный Комлесхоз опубликовал прогноз пожарной опасности на выходные

Навка на прощании с Заворотнюк вспомнила о ее вере в добро