Мы в Telegram
Добавить новость

Кинофестиваль на Северном речном вокзале посетили 8 000 человек

СМИ: На главу АНО «Цифровые платформы» напали в Москве

Гуцул заявила, что хотела бы ещё раз встретиться с Путиным

Мурашко: результаты доклинических испытаний вакцины от рака появятся в 2024 г.

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Hujjatlar: Respublika miqyosidagi majburiy obunaga Bosh vazir buyrug‘i va AOKA direktorining xati asos bo‘lgan

Hujjatlar: Respublika miqyosidagi majburiy obunaga Bosh vazir buyrug‘i va AOKA direktorining xati asos bo‘lgan

Ozodlikka turli viloyatlardan kelayotgan hujjat va ma’lumotlar¸ mamlakat bo‘ylab yana bir majburiy obuna kampaniyasi hokimiyat tizimlarining qattiq bosimi ostida borayotganini ko‘rsatmoqda.

Hujjatlardan ko‘rilishicha¸ bu kampaniyaga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘tkazgan yig‘ilishda berilgan buyruq va Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev yuborgan rasmiy xat asos bo‘lgan.

Ozodlikdagi hujjat va ma’lumotlar¸ Bosh vazir va Prezident Administratsiyasi bosimi ostida amalga oshirilayotgan majburiy obuna kampaniyasi asosiy og‘irligining yana maktab va va bog‘cha tizimi xodimlariga tushayotganini ko‘rsatadi.

Joriy prezidentning o‘zi 2018 - yil 14 - avgustda imzolagan qarorga muvofiq¸ o‘qituvchilarni majburan obuna qildirish taqiqlangan.

AOKA matbuot xizmatining Ozodlik bog‘langan mulozimi Xodjayev xatida obunaning "majburiyligi haqida so‘z yo‘qligi"¸ borayotgan jarayon Bosh vazir o‘tkazgan yig‘ilishda berilgan buyruqqa borib taqalishini bildirdi.

AOKA direktori maktubi

Ozodlikka nusxasi yuborilgan hujjatlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayevning 27 - oktabr kuni imzolagan xatidir.

“Vazirliklar va idoralar¸ xo‘jalik birlashmalari rahbarlari¸ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi¸ Toshkent shahri¸ viloyatlar¸ tumanlar va shaharlar hokimlariga” yuborilgan bu xat ikki sahifadan iborat¸ u yuborilgan 217 ta tizim va tashkilot nomi yozilgan ilova esa¸ 13 betni tashkil etadi.

Xatda berilgan topshiriqlarga AOKA direktori Vazirlar Mahkamasida 12 - oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 26 - oktabr kungi bayonnomasini asos qilib keltirgan.

Bu yig‘ilishda esa¸ xatda yozilishicha¸ prezidentning 2019 - yil 27 - iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhokama qilingan.

Davlat tizimlari axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish haqidagi bu qarorda “obuna” degan so‘z umuman uchramaydi.

Shunday bo‘lsa-da¸ go‘yo bu qaror ijrosiga bag‘ishlangan majlisdagi topshiriqlar sirasida Xodjayev¸ xat yuborilgan 217 ta tashkilot¸ korxona va hokimlik rahbariga bir hafta ichida:

“2021 - yilgi obunani uyushqoqlik bilan tashkil etish¸ samaradorlikka erishish¸ va bu bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish”ni topshiradi.

 

AOKA direktori topshirig‘ining hokimliklar tomonidan ijrosi

Ozodlikka nusxasi yuborilgan hujjatlardan yana biri Buxoro viloyat hokimi lavozimini vaqtincha bajaraëtgan Botir Zaripov 25 - noyabr kuni o‘tkazgan majlis qarorining 26 - noyabr kuni tasdiqlangan “Bayoni”dir.

Bu qarorga AOKA xati¸ unda tilga olingan hukumat majlisi va prezident qarori asos qilib keltirilgan.

Ikki betlik qarorga ilova qilingan 4 sahifalik ilovada endi¸ viloyatdagi davlat va xususiy tashkilotlar¸ shuningdek hokimliklarning qaysi nashrga qancha obuna bo‘lishiga oid aniq “majburiyat” - chora-tadbir belgilangan.

Qarorda viloyatdagi barcha davlat va nodavlat tizimlariga¸ “Buxoronoma”¸ “Buxarskiy vestnik”¸ Yangi O‘zbekiston¸ Xalq so‘zi¸ Narodnoe slovo¸ Pravda vostoka¸ Ovozi tojik¸ Buxoro sporti va Buxoro yoshlari nashrlariga obuna bo‘lish buyurilgan.

Ilovadan Xalq ta’limi boshqarmasi (2460 ta) va Maktabgacha ta’lim boshqarmasi(1235 ta) ning tashkilot va korxonalar kesimida eng ko‘p obuna “solig‘i” yuklangan tizim ekani ko‘riladi. Qiyos uchun¸ minglab xodimga ega viloyat IIBga jami 96 ¸ Milliy gvardiyaga esa 53 ta obuna majburiyati yuklangan.

Viloyat hokimi qarorida¸ majburiy obuna jarayonini amalga oshirishni ta’minlash hokimlik matbuot kotibi va AOKAning viloyat bo‘limi rahbari zimmasiga yuklatilgan.

Majburiy obuna yuki yana o‘qituvchilar zimmasida

Ozodlikka bir-biridan mustaqil mulozimlardan kelgan hujjatlar bilan bir vaqtda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tuman Xalq ta’limi bo‘limi rahbari 3 - dekabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishdan yozib olingan audio¸ shuningdek maktablarga bajarish buyurilgan obuna rejasi nusxasi ham yuborildi.

Tumandagi barcha maktab direktorlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi audio boshlanishida A.Boboyev¸ viloyat hokimi “har kecha 7:00da selektor” o‘tkazib¸ obuna bo‘yicha hisobot so‘rashini aytadi.

Viloyat hokimi har seshanba kuni obuna bo‘yicha haftalik raqamlarni so‘rashini aytgan Boboyev¸ o‘qituvchilar obuna bo‘lishi shart qilib belgilangan nashrlar ro‘yxatini qayta-qayta takrorlaydi.

Audioda XTB rahbari Sariosië¸ Surxon ovozi¸ Xalq so‘zi¸ Yangi O‘zbekiston¸ Surxon yoshlari¸ Tafakkur jurnali¸ Pravda vostokaga obuna bo‘lish shart va majburiyligini bir necha bor ta’kidlaydi.

Bu nashrlarga obuna bo‘lish bo‘yicha viloyat hokimi bergan raqamlarni bajarmayotgan maktab rahbarlariga tahdid qilgan Boboyev¸buyruqning eng tepadan tushganini pisanda qilib¸ ularni “prezidentning gapiga amal qilmayman”¸ deb yozib berasan”¸ deb qo‘rqitadi.

O‘qituvchilar oyligi obuna "garovi"da

Bu audio bilan ayni kunda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani o‘qituvchilari nomidan Ozodlikka yozilgan jamoa maktubida¸ majburiy obuna bois ta’lim xodimlari oyligi “garovga olingani” aytiladi.

“O‘qituvchilarning noyabr oyining oylik ish haqi buxgalterlar tomonidan ishlangan, lekin plastikka tushirib berilmayapti. Sababi "OBUNA" masalasi. Maktablar tomonidan obuna masalasini qachon ijobiy tomonga hal qilinsa¸(viloyat hokimligan belgilangan majburiyat bajarilsa – tahr.) shunday keyin oylik ish haqlarini tushirib berilar ekan. Har bir o‘qituvchi o‘zining oylik ish haqqidan 10 % ni ixtiyoriy o‘tkazib berilishiga majburlanmoqda. Sho‘rchi XTB rahbariyatiga murojaat qilganimizda, ular hech narsa qila olmasligini , tuman hokimiyati tomonidan shunday topshiriq berilganligini aytishmoqda. O‘qituvchilarni himoya qila oladigan mard rahbar yoki tashkilot yo‘qmi “kelajagi buyuk O‘zbekiston”da?”¸ deyiladi jamoaviy xatda.

Ozodlik suhbatlashgan sho‘rchilik o‘qituvchilardan biri o‘zi va hamkasblaridan noyabr oyi oyligidan 250 ming so‘mni obunaga ushlab qolish so‘ralgan xatga qo‘l qo‘yishga majburlanayotganini qo‘shimcha qildi.

“Bizni ixtiyoriy obuna bo‘ldik¸ degan xat yozishga majburlashyapti. Biz hammamiz to‘planib¸ norozilikka chiqamiz, deb turibmiz. Prezident o‘qituvchini majburiy mehnat¸ majburiy obunaga tortmaslik haqida qaror chiqargan. Bular prezidentga qarshimisan¸ deb bizni majburiy obunaga zo‘rlayapti. Kimga ishonish¸ nima qilishni bilmay qoldik”¸ - deydi Ozodlik gaplashgan surxondaryolik o‘qituvchilardan yana biri.

Ozodlik gaplashgan o‘qituvchilar mamlakatdagi o‘qish jarayonlari onlayn rejimga o‘tkazilgan 2021 - yilga kelib, ta’lim sohasi xodimlari o‘zi va kasbiy faoliyati uchun zarur ma’lumot¸ kitob va qo‘llanmalarni internetdan olishini aytdi.

"Hozir bosma gazetani kim o‘qiydi? Xususan¸ naftalin isi keladigan Xalq so‘zi va Pravda vostoka o‘qituvchiga nima beradi? Hozir hamma ma’lumot internetdaku! Bular qaysi asrda yashayapti o‘zi?"

Prezident majburiy obunani taqiqlaganmi?

Islom Karimov davrida borligi rasman e’tirof qilinmagan qonunsizliklardan biri mamlakat miqyosidagi har yilgi majburiy obuna kampaniyasi edi.

Bu kampaniya davomida byudjet tashkilotlari¸ qolaversa¸ tadbirkorlarga davlat siyosatini ulug‘lovchi¸ mamlakatdagi haqiqiy vaziyat haqida lom-mim deyilmaydigan rasmiy nashrlar¸ ayni paytda¸ ta’sischisi davlat amaldorlarining o‘zi bo‘lgan xususiy nashrlarga obuna “solig‘i” solinar edi.

Britaniyalik professor Kristian Lasslett surishtiruvlaridan birida o‘tmishda O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi matbuot xizmatini boshqargan Komil Alllamjonov ta’sis qilgan “Soliq info” xususiy nashrining soliq tizimi xodimlari¸ qolaversa¸ tadbirkorlarga majburan sotilgani batafsil taftish qilindi. Surishtiruvda bugun o‘zini mustaqil matbuot homiysi sifatida taqdim etayotgan Komil Allamjonovning¸ aynan o‘z gazetasining davlat bosimi vositasida majburan sotilgani ortidan boyigani aytildi.

Karimov davridagi majburiy obunaning asosiy yuki o‘qituvchilarga tushar va ular qo‘liga ham olmaydigan nashrlar obunasi uchun oyligidan “o‘lpon” undirilar edi.

Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin majburiy obunaga nisbatan e’tirozlar ochiq aytila boshlagani ortidan¸ prezident 2018 - yil 14 - avgustidagi 3907-sonli qarori bilan o‘qituvchilarni majburiy obuna qildirishni taqiqladi.

Bu qarorning 16-moddasida “xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish taqiqlansin”¸ deb yozilgan.

AOKA obuna majburiyligini inkor qildi

Prezident Administratsiyasi huzuridagi AOKA matbuot xizmati prezident qarori asosida borayotgan majburiy obuna kampaniyasiga agentlikning aloqasi borligini rad etdi.

“Gap qaror emas, Bosh vazir yig‘ilishi haqida. Bosh vazir yig‘ilishida shunaqa topshiriq beriluvdi. Ular agentlikdan umumlashtirilgan ma’lumotni bizga kiritinglar deb so‘ragan. O‘sha ma’lumotni bizga bersanglar¸ biz uni yuqori turuvchi organga beramiz deyilgan. AOKAni majburiy obunaga umuman daxli yo‘q, va umuman xatda kimnidir obuna qildiringlar degan gapni o‘zi yo‘q”¸ deb javob berdi AOKA matbuot xizmati mulozimi Ozodlikning 4 - dekabr kungi savoliga.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi prezident qarorida taqiqlanganiga qaramay, o‘qituvchilarning  yana majburiy obuna kampaniyasi nishoniga aylangani haqidagi savollarni hozircha javobsiz qoldirdi.

“Majburiy obunaga yo‘l qo‘yilmasligi haqida doim ta’kidlaydi, vazir ham¸ vazirlik ham” degan vazirlik Axborot xizmati mas’uli¸o‘qituvchilarning obunaga majburlanayotganini tasdiqlovchi Ozodlik taqdim etgan hujjatlarga munosabat bildirmadi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Умерла актриса Галина Свербилова

Российский ВПК производит в 7 раз больше техники и боеприпасов, чем весь Запад

Жилищный запрос: новостройки юга России за год подорожали в полтора раза

Столб густого чёрного дыма был виден за сотни метров: В Москве за считаные минуты сгорел автокран

Музыкальные новости

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Фонд «Восход» выпустил на «Атомайз» первые в России венчурные ЦФА

РОСГВАРДЕЙЦЫ ЗАДЕРЖАЛИ МУЖЧИНУ С ПОДДЕЛЬНЫМИ ДОКУМЕНТАМИ В МОСКВЕ

Transfermarkt: Головин стал самым дорогостоящим российским футболистом

Новости России

Кинофестиваль на Северном речном вокзале посетили 8 000 человек

В Китае на глубине 16 метров найден шеститонный саркофаг с сокровищами

Таджикистан в тревоге: гастарбайтеры возвращаются домой без российской поддержки

Легкая кардиопогрузка: новый прибор продлит срок хранения донорского сердца

Экология в России и мире

Новые электрические щетки Revyline RL 085 Black доступны в филиале марки в Ставрополе

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Адские цены на Сочи и Анапу заставили российских туристов найти новые пути экономии

Фонд «Восход» выпустил на «Атомайз» первые в России венчурные ЦФА

Спорт в России и мире

Свёнтек сравнялась с Шараповой по победам на турнирах Большого шлема

Уимблдон и Олимпиада? Что нужно знать о планах Рыбакиной после Ролан Гаррос

Теннисистка Андреева заявила, что хочет войти в топ-20 рейтинга WTA ради собаки

Испанец Карлос Алькарас выиграл Открытый чемпионат Франции по теннису

Moscow.media

Об отношении к русским в Азербайджане

"Дети в шоке". В Новоуральске машина ДПС сбила байк с детьми 13-ти и 8 лет

Сотрудники военных следственных органов Следственного комитета России по всей стране оказывают помощь подшефным детским учреждениям

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Делегация Псковской области отправилась на всероссийский фестиваль студвесны среди СПО в Ставрополь

Команда из Мытищ победила в турнире Подмосковья по стритболу

Суд назначил на 19 августа рассмотрение дела о банкротстве блогера Блиновской

СМИ: На главу АНО «Цифровые платформы» напали в Москве