Мы в Telegram
Добавить новость

Мэр Москвы поздравил медиков с профессиональным праздником

Полпред Президента в УФО назначен врио секретаря Генсовета партии «Единая Россия»

Опубликовано видео ночного побега террористов из ростовского СИЗО

Baza: имам пытался договориться с террористами, захватившими СИЗО в Ростове



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Pop bozorida savdo qilayotgan ona-bolani bozordan chiqarish uchun IIB otryadi tashlandi (VIDEO)

Pop bozorida savdo qilayotgan ona-bolani bozordan chiqarish uchun IIB otryadi tashlandi (VIDEO)

Namangan viloyatining Pop tumani markazidagi bozor hududida savdo qilayotgan ona-qizni bozordan haydash uchun butun boshli IIB otryadi tashlandi va bu reydga shaxsan tuman IIB rahbari o‘rinbosari boshchilik qildi.

1 - dekabr kuni yuzlab odam ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan bu voqeaning Ozodlikka yuborilgan videotasvirida¸ aftidan¸ tegishli hujjatlari yo‘qligi bois IIB zo‘ravonligiga nishon bo‘lgan ona va qizning ehtirosli gaplari¸ voqeaga tomoshabin bo‘lib turgan olomonning esa¸ aftidan, IIB xodimlariga qarata “sharmandalar” degani eshitiladi.

Pop tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umid Eshonov 3 - dekabr kuni Ozodlikning bozordagi voqea haqidagi savolini eshitib¸ telefonini butunlay o‘chirib qo‘ydi.

Ozodlikka shaxsi ochiqlanmaslik sharti bilan gapirgan toshkentlik advokat bu videodagi hodisa IIB xodimlariga “mansab vakolatidan chetga chiqish” aybi bo‘yicha jinoyat ishi ochishga asos bo‘lishini bildirdi.

Ona-qizga qarshi 10 ga yaqin IIB xodimi tashlandi

Ozodlikka yuborilgan videodagi voqea¸ uni yuborgan namanganlik tadbirkorning aytishicha¸ 1 - dekabr kuni Pop tumani markazidagi eski bozor hududida bo‘lgan.

Unda ratsiya ko‘tarib olgan IIB dala formasidagi mansabdor va yashil formadagi o‘nga yaqin IIB xodimining ikki ayolni peshtaxta ustidagi narsalarni yig‘ishtirishga majburlayotgani¸ asabiy holatdagi ayollarning esa ularni qarg‘ayotgani ko‘riladi.

Ozodlikdagi videotasvir IIB xodimlarining kuch ishlatib¸ ayollarni mashinaga itarib tiqayotgani bilan tugaydi.

“1 - dekabr kuni Pop IIBsi zamnachalnigi Umid Eshonov bozorga kelib¸ quruq meva va sabzavot sotib turgan Tojixon opani haydashga tushdi. To‘polon shundan chiqdi. O‘zining yonidagi melisalar yetmagandek¸ ratsiya bilan ikkita Damas chaqirtirdi va ona-qizni bosib olib ketishdi. Eski bozorda yoymachilarga kun berishmaydi”¸ - deydi voqea guvohlaridan biri.

Guvohlarga ko‘ra¸ Tojixon ismli ayol va uning 20 yashar qizi eski bozor buzilishga tushgunicha osh pishirib sotish bilan shug‘ullangan. Bu bozor yopiladigan bo‘lganidan keyin ular quruq va ho‘l meva sotishga o‘tgan.

“Ayolning eri yo‘q¸ o‘zi oila boqadi. Uyalmay, so‘laqmonday erkaklar shu ikki himoyasiz ayolga tashlandi. Videoda ham qo‘llarini qayirgani ko‘rinadi. Qizining aytishicha¸ ularni Damasga bosib olib ketishganda hamma yog‘ini piypalab tashlashgan. Butun bozorning ko‘z oldida shunaqa vahshiylikdan tap tortishmadi. Bularning tepasida zamnachalnik Umidning o‘zi turdi”¸ - deydi yana bir voqea guvohi.

Aytilishicha¸ ona-qizlar IIB ga olib ketilib¸ u yerda so‘roq qilinganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Ularga nisbatan ichki ishlar bo‘limida noqonuniy xatti-harakat sodir etilgan-etilmagani¸ ularning qandaydir jazoga tortilgan-tortilmagani haqida Ozodlikda hozircha ma’lumot yo‘q - IIB zo‘ravonligiga uchragan ona-qiz bilan bog‘lanishga hozircha muvaffaq bo‘linmadi.

Ozodlik gaplashgan poplik savdogarlar mahalliy rahbarlarni tuman markazidagi eski bozorda savdo qiluvchilarni yangisiga ko‘chirish¸ ularning savdosiga to‘sqinlik qilish uchun IIB orqali “qo‘rqitish va bosim” qilib kelayotganlikda aybladi.

 

Ozodlik Pop bozorida ro‘y bergan voqeaning rasmiy tafsilotlarini surishtirish maqsadida Pop tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umid Eshonov bilan bog‘landi.

Ozodlik savolini eshitgan mulozim avvaliga suhbat¸ uning ortidan esa¸ mobil telefonini butunlay o‘chirib qo‘ydi.

Shu bois Ozodlik videoda aks etgan reydni IIB mulozimlari qaysi asosda amalga oshirganiga oid rasmiy izoh olish imkoniga ega bo‘lmadi.

Videoni ko‘rgan huquqshunos sharhi

Ozodlik videodagi voqeaga huquqiy izoh berishni so‘rab o‘zbekistonlik advokatga murojaat qildi. Video bilan tanishib chiqqan advokat¸ shaxsi ochiqlanmasligini so‘rab¸ bu jarayonda bir necha qonun buzilish holatlari sodir etilganini bildirdi.

“Menimcha¸videodagi to‘polondan oldin IIB xodimlari ko‘chada savdogarlik qilayotgan ayollardan "narsalaringni yig‘ishtir"¸ deb talab qilishgan bo‘lishi kerak. Narsalarni yig‘ishtirmasdan, IIB xodimlarini haqorat qilganligi uchun, o‘sha ayollarni IIBga material qilish uchun olib ketishgan. Ularni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) deb ayblab, 15 sutkaga qamashga hujjat qilishgan bo‘lishlari mumkin. Agar shunday qilishgan bo‘lsa¸ bu noto‘g‘ri harakat bo‘ladi. Chunki bu yerda ular bezorilik qilishgani yuk, faqat haqorat qilishmoqda¸ bu haqoratga esa IIB xodimlarining noqonuniy talablari sabab bo‘lgan”¸- dedi huquqshunos.

Ozodlikka videoda aks etgan harakatlar asosida sharh bergan tajribali advokat¸ Pop bozoridagi voqeaning videodagi tasviri davomida kuzatilgan qonun buzilishlarni IIB xodimlarining o‘zi sodir etganini aytadi.

“Birinchidan¸ IIB xodimlari savdo bilan shug‘ullanayotgan ayollarga "narsangni yig‘ishtir" deyishga haqqi yo‘q. Mazkur holat bir guruh IIB xodimlarining tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qilish¸ deb baholanib, Jinoyat Kodeskning 192-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi.

Ikkinchidan¸ tadbirkorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan soliq idoralari tomonidan monitoring va hujjatli tekshiruvlar o‘tkazilib, agar hujjatsiz ishlayotgan bo‘lsa, o‘shandagina hujjat tuziladi va qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuboriladi. Lekin bu videoda men bironta soliq xodimini ko‘rganim yo‘q. Shu sababli IIB xodimlari o‘zboshimchalik bilan savdogarlarga tahdid qilishgan deb baholanib, Jinoyat Kodeksining 206-moddasi 2-qismi bilan ularni mansab vakolatidan chetga chiqish jinoyatida ayblashga asos bo‘ladi”.

Ichki ishlar tizimi xodimlari tomonidan sodir etib kelinayotgan noqonuniy xatti-harakatlar¸ xususan¸ ularning jinoyatda yoki qonun buzishda gumonlangan xotin-qizlarga nisbatan shafqatsizligi ko‘pdan jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lib kelmoqda.

2018 - yil iyulida Ozodlik Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan bozorda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanib, bo‘limga olib kelingan ayollarning bu yerda qip-yalang‘och qilib tahqirlangani aks etgan videoni e’lon qilgan edi.

O‘zbekistonliklarni junbushga solgan voqea ortidan ichki ishlar tizimining qator mulozimlari ishdan ketgan¸ ayollarni yechintirilganlarga esa¸ qamoq jazosi tayinlangan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

18 передвижных камер переехали на новые места во Владимирской области

В Бразилии открываются «Русские сезоны»

Бахчеводы сообщили о повышении цен на арбузы и дыни

Суд по делу журналиста WSJ Гершковича пройдет в закрытом режиме

Музыкальные новости

В аэропорту Пулково задержали девять рейсов и отменили еще два

МОК не допустил до Олимпиады сильнейших борцов и тхэквондистов из России

Филипп Киркоров, Люся Чеботина, SHAMAN – 25 ярких звезд в Открытой студии «Авторадио» на «Премии МУЗ-ТВ 2024»

Звезды оперной сцены представят I Международный фестиваль «Мир классического романса»!

Новости России

В Бразилии открываются «Русские сезоны»

В Московской области сотрудники Росгвардии задержали граждан, подозреваемых в совершении грабежа

Суд по делу журналиста WSJ Гершковича пройдет в закрытом режиме

HeadHunter: число вакансий в компаниях малого бизнеса РФ выросло на треть за год

Экология в России и мире

Proenza Schouler Pre-Fall 2024

Зубные щетки Revyline Perfect DUO и зубная паста Organic Detox против кариеса в Назрани

Театр и Цирк, Культура и Концерт, Россия и Дети: «Волшебный платок бабушки Дари» - это захватывающее путешествие в мир бурятской сказки, которое не оставит равнодушным ни одного зрителя

Modest fashion day 2024

Спорт в России и мире

Рублёв и еще два российских теннисиста не сыграют на Олимпиаде в Париже

Лучший теннисист Казахстана узнал позицию в обновленном рейтинге ATP

Хачанов вылетел с турнира ATP в Хертогенбосхе после первого же матча

Самсонова поддержала Андрееску после победы над ней в финале турнира в Хертогенбосхе

Moscow.media

В Коми ввели штрафы за «склонение к абортам»

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Свыше 5,2 миллиона жителей Московского региона получают набор социальных услуг в натуральном виде

Прогулка по Москве 1962 года

Храм Преображения Господня в Коммунарке











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В районе Лефортово в четыре раза снизилось количество нелегальных построек

Томская область вошла в число лидеров по борьбе с контрафактом

18 передвижных камер переехали на новые места во Владимирской области

HeadHunter: число вакансий в компаниях малого бизнеса РФ выросло на треть за год