Мы в Telegram
Добавить новость

Мантурова утвердили в Госдуме на пост первого зампреда правительства России

В 7 корпусах подмосковного ЖК «Прибрежный Парк» начали монтаж инженерных систем

В Москве плановые отключения горячей воды отложили до 20 мая

Регистрация на проект «Предпринимай» открылась на платформе «Город идей»



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Test o‘tkazadigan tashkilotning 48 yashar xodimasi 7 kun isitma ichida ishladi, 3 kun yotib, vafot etdi

Test o‘tkazadigan tashkilotning 48 yashar xodimasi 7 kun isitma ichida ishladi, 3 kun yotib, vafot etdi

Yakkasaroy tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazining (SEOM) 48 yashar xodimi Xolisxon Jalolova ish jarayonida o‘tkir bronxopnevmoniyaga chalinib, olamdan o‘tdi.

Oilasi va hamkasblaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Jalolovaning tana harorati shu yilning 9 iyulidan 38 – 38 yarim darajagacha ko‘tarilishni boshlagan. Oilasi ayolning isitma ichida bir hafta ishlagani, so‘ngra ahvoli og‘irlashib shifoxonaga tushib qolgani va 3 kun ichida vafot etganini aytmoqda.

Yakkasaroy tumani SEOM rahbariyati, idoraning parazitologiya laboratoriyasida ishlagan Xolisxon Jalolovaning ish jarayonida kasallanib, vafot etganini tasdiqladi, ammo bu haqda boshqa ma’lumot bermadi.

48 yashar Jalolova, qizi Mukambar Umarovaning aytishicha, 21 yildan buyon shu sohada ishlab kelayotgan edi.

Ayolning isitmasi shu yilning 9 iyulidan ko‘tarila boshlagan, koronavirus uchun bir marta test topshirgan va unda virus aniqlanmagan.

- Men onamga aytib yurgan edim: “Ona, uyda qoling, qon bosimingiz baland”, desam ko‘nmagandilar: “Xalqning boshiga ish keldi, men ishlashim kerak”, dedilar. Iyul oyi boshida ishxonada bir kishida koronavirus tasdiqlandi. 9 iyuldan onamning issig‘i chiqa boshladi, 38 yarim darajaga chiqdi. Ishxonaga borib bizdan test olinglar, desalar, tabletkalarni ichib turing, o‘tib ketadi, deb olishmagan. Bir marta test olishganida, koronavirus aniqlanmagan, lekin men bu test tahlilining sifatli o‘tkazilganiga ishonmadim. Chunki, o‘zim aprelda koronavirus bilan og‘ridim va onamdagi simptomlar meniki bilan ayni edi. Shu bilan onam 16 iyulgacha 38 – 39 darajagacha isitma bilan ishga qatnadi. 17 iyul kuni isitmasi 40 darajaga chiqdi. O‘sha kun shifoxonaga yotqizdik, - dedi Mukambar.

Unga ko‘ra, onasiga shifokorlar “o‘tkir bronxopnevmoniya” tashxisini qo‘ygan va COVID-19ga test topshirishni tayinlagan.

Mukambar Umarova, o‘shandan keyin onasidan test uchun tahlil olinmaganini da’vo qildi:

- Shanba kuni edi. Ishxonasidagilar shanba-yakshanba kunlari test olishni to‘xtatish haqida topshiriq bor, deb olmadi. Men Sog‘liqni saqlash vazirligi, SEOMni respublika idorasini ishonch raqamlarini saytidan topib, qo‘ng‘iroq qildim. Telefonni hech kim ko‘tarmadi. Oxiri 21 iyul kuni onam olamdan o‘tdilar. O‘sha kuni o‘pkasida yallig‘lanish 70 foizga yetib bo‘lgan ekan.

Shu tariqa, 25 yashar Mukambar Umarova, onam koronavirus uchun test olinadigan tashkilotda ishlab turib, vaqtida test qilinmadi va buning ortidan ahvoli og‘irlashib, vafot etdi, deb da’vo qilmoqda.

Ayni paytda, Umarova onasiga rasman kovid infeksiyasi aniqlanmagani uchun ish vaqtida virus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga belgilangan imtiyoz, rag‘batlantirish va tovon pullarini ham to‘lanmagani, onasining xasligi bois, bu to‘lovlar bilan qiziqmaganini ham aytdi.

Quyida Mukambar Umarova bilan suhbatni tinglang:

Marhuma bilan bir tashkilotda ishlashini aytgan va ismini ochiqlamaslikni so‘ragan hamkasbining aytishicha, Xolisxon Jalolova koronavirus epidemiyasi boshlanganidan so‘ng dezinfektorlik qilgan.

Jalolova koronavirus aniqlanmagan aholi punktlari – mahallalar, xonadonlar va ko‘pqavatli uylarini dezinfeksiya qilgan.

Hamkasbi, Jalolova xasta holida bo‘lsa ham, o‘z ixtiyori bilan ishini davom ettirgani, ammo maxsus himoya kiyimlarisiz ishlaganini aytdi.

Bu xodimga ko‘ra, Yakkasaroy tumani SEOMning xodimlari, koronavirus rasman aniqlanmagan hududlarda niqob, qo‘lqop va oq xalatdagina ishlaydilar, ularga maxsus himoya kiyimlari berilmaydi.

SEOM xodimi: “Aholi orasida koronavirus chiqayotgan bir paytda SEOM xodimlari virus chiqmagan hududlarda ham to‘liq himoya kiyimlari bilan ta’minlanishi zarur”, deb alohida ta’kidladi.

Marhuma Jalolovaning yaqinlari uning ish jarayonida olingan so‘nggi suratlaridan birini Ozodlikka taqdim qildi:

Yakkasaroy tumani SEOM rahbari Muqaddas To‘rayeva bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Mulozim qo‘l telefoniga qilingan qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Tashkilotning epidemiolog vrachi Irina Safarovna Jalolova bu tashkilotda ishlaganini tasdiqladi va uning koronavirusga chalingan bemorlar uchun ajratilgan shifoxonaga yotqizilganidan xabari borligini ham aytdi. Ammo, boshqa ma’lumotlarni birinchi rahbardan olishni tavsiya qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik agentligi (SEOA) va uning hududiy bo‘linmalari tashkilotlari hozirda koronavirus alomatlari kuzatilgan kishilardan tahlil namunalarini olib, test o‘tkazishga mas’ul yagona tashkilot bo‘lib qolmoqda.

Ba’zi xususiy klinikalar ham koronavirusga test olishi mumkin, ammo yakuniy natijani SEOA tasdiqlab berishi lozim.

O‘zbekistondagi rasmiy raqamlarga ko‘ra, kuniga 350dan – 500 nafargacha odam koronavirusga chalinmoqda va shu bois, hozirga kelib ushbu tashkilot xodimlari kunu tun ish rejimida ishlamoqda.

Ozodlikka SEOA xodimlaridan kelayotgan o‘nlab shikoyatlarga ko‘ra, ular himoya kiyimlari bilan hanuz yetarli darajada ta’minlanmagan, ayrimlari hatto himoya kiyimlarisiz – faqatgina niqob va qo‘lqop bilan aholi punktlarini dezinfeksiya qilmoqda.

Bundan tashqari, agentlikning qator idoralarida virus yuqqan xodimlar aniqlangach ham, boshqa xodimlar ishxonalarda qolib, ishini davom ettirayotgani Ozodlikka ma’lum.

Jumladan, Ozodlikka rasman ma’lum bo‘lishcha, iyul boshida agentlikning bir necha o‘n xodimi Covid-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan, Ozodlik kasalxonaga yotqizilgan xodimlardan to‘rt nafari bilan gaplashgan edi.

Shunindek, Ozodlik tashkilotning Namangan viloyati boshqarmasi ham, koronavirusga chalingan xodimlari aniqlanganini ortidan karantinga yopilganini xabar qilgan. 15 iyul kuni markazdan olingan ma’lumotda, xodimlar SEOM binosida qolib, ishini davom ettirayotgani aytilgandi.

Shu paytgacha, O‘zbekistonda koronavirus kasalligiga chalingan yoki virusga chalingach vafot etgan tibbiyot xodimlari umumiy soniga oid rasmiy raqamlar Ozodlikka ma’lum emas. Ammo, alohida hududlar uchun berilgan ayrim ma’lumotlar bor.

Jumladan, Samarqand viloyatida shu yilning 15 martidan 21 iyulga qadar 67 nafar tibbiyot xodimi bemorlarni davolash va xizmat vaqtida COVID-19 kasalligini yuqtirib olgani ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, Buxorodagi birgina muassasada 5 tibbiyot xodimi virus yuqtirib olgani haqida ham Ozodlik xabar qilgan.

Shu yilning 13 aprelida Andijonda koronavirusga chalingan 90 bemorning 78 nafari tibbiyot xodimi ekani viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov ma’lum qilgan edi. Bundan tashqari, koronavirusdan vafot etgani rasman ma’lum qilingan O‘zbekistondagi ilk bemor ham shifokor ekani rasman ma’lum qilingan.

Ayni paytda O‘zbekistonda Covid-19 bo‘yicha test natijasini aniqlashga mas’ul ushbu agentlikdagi ahvol mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishi mumkinligidan xavotirlar ham mavjud.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Москве появилось более 1,7 тыс. новых камер фиксации нарушений ПДД

Строители завершили монолитные работы в медцентре в Ромашкове

В Москве прошел показ российского бренда одежды Душегрея

Воробьев: качество питьевой воды в Пушкино вырастет к 2026 году

Музыкальные новости

Гол Чалова с пенальти принес ЦСКА победу над «Зенитом» в матче РПЛ

Дети из Узбекского землячества Бурятии увидели театр кукол «Ульгэр»: Россия и Культура

Оксана Федорова представила на выставке-форуме «Россия» премьеру фильма «Петербург Шаляпина и Рахманинова»

В Армении прошел крупнейший на постсоветском пространстве «Бессмертный полк». Видео. Фоторяд

Новости России

Воробьев: качество питьевой воды в Пушкино вырастет к 2026 году

В среду, 15 мая 2024 года отмечается народный праздник Борис и Глеб Сеятели

Семак подпишет новый контракт с "Зенитом" 25 мая

Супруги чуть заживо не сгорели в китайском кроссовере: он вспыхнул на ходу

Экология в России и мире

Дети из землячества Узбекистана в Улан-Удэ стали зрителями театр кукол «Ульгэр»: Россия и Культура

Делаем образ стильным при помощи одной яркой детали

Традиции и инновации: Развитие онлайн-казино в Казахстане

Сергей АРУТЮНОВ на своём сольном концерте в Государственном Кремлёвском Дворце презентовал дуэт с Родионом Газмановым. Артисты вместе исполнили хит “Люси”

Спорт в России и мире

Павлюченкова не смогла выйти в третий круг турнира WTA 1000 в Риме

Финалистка юниорского Уимблдона-2023 получила временное отстранение за допинг

Медведев с трудом одолел 121-ю ракетку мира на турнире в Риме

Теннисист Хачанов вышел в третий круг "Мастерса" в Риме

Moscow.media

«Байкал Сервис» открыл новый терминал на юго-востоке Москвы

Еще 36 м надвижки на мосту через Каму

Осень в Хибинах...

При силовой поддержке столичного спецназа Росгвардии задержан домушник, маскировавшийся под курьера службы доставки











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Бойцы войск теробороны Польши потеряли снайперскую винтовку BOR после учений

В одном из районов Чувашии могут снести 46 домов из-за истекшей аренды на землю

Спикер Кремля Песков: санкции США некритичны для атомной отрасли России

Родители смогут посмотреть документы детей в мобильном приложении «Мой id»