Мы в Telegram
Добавить новость

Столичные росгвардейцы обеспечили безопасность на пасхальных мероприятиях

Патриарх Кирилл поздравил россиян с Пасхой

Захарова: на враждебные действия Прибалтики Москва ответит экономическими мерами

Переменная облачность и до 14 градусов тепла ожидаются в Москве 5 мая



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

"Korean&Migration" ishi: jabrlanuvchilar Mustaqillik maydoniga to‘plandi (VIDEO)

Toshkentda kelasi hafta "Korean&Migrations" xususiy bandlik agentligi ustidan mahkama jarayoni boshlanishi kutilar ekan shu agentlikning Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish haqidagi va’dalariga ishonib, millionlab so‘m to‘lab qo‘ygan, lekin xorijga ishga ketolmagan ellikka yaqin o‘zbekistonlik 1-2 iyul kunlari Toshkentning Mustaqillik maydonida to‘plandi.

Ular O‘zbekiston prezidenti qabulxonasi va Vazirlar Mahkamasiga murojaat qilganlar, ammo rasmiylar ularni "eshitishni ham xohlamagan".

O‘zbekistonning turli viloyatlaridan kelgan arzchilar Ozodlik bilan suhbatda xususiy bandlik agentligi ustidan jinoyat ishi ochilib, ish sudga oshirilgan bo‘lsa-da mablag‘lari shu vaqtgacha qaytarilmayotganidan norozi ekanliklarini aytishdi.

Fuqarolarning da’vosiga ko‘ra, "Korean&Migrations" xususiy bandlik agentligi xorijga ishga yuborish va’dasi bilan ularning har biridan 32 million 400 ming so‘mga qadar haq olgan, ammo shartnomada ko‘rsatilgan muddat yakuniga yetsa ham, hech kim ishga yuborilmagan.

O‘tgan yil kuzida litsenziyasi bekor qilingan "Korean&Migrations" xususiy bandlik agentligining ta’sischilari va rahbarlari ayni paytda O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha gumonlanib, hibsga olingan.

Agentlik ustidan mahkama 6 iyul kuni Toshkentning Yakkasaroy tumani sudida boshlanishi kutilyapti.

 

Toshkentning Mustaqillik maydoniga yig‘ilgan ellik kishidan biri, Samarqandning Urgut tumanidan bo‘lgan Nodir Jo‘rayevning Ozodlikka aytishicha, xususiy bandlik agentligi bilan yuzaga chiqqan ixtilof yuzasidan ularning dardini prezident qabulxonasidagilar ham Vazirlar Mahkamasi hamda Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi rasmiylari eshitgisi kelmagan.

"Biz "Korean&Migrations" agentligiga Mehnat vazirligi litsenziya bergani uchun ishongandik. Litsenziyasi bor, har holda aldamas, deb har birimiz 32 million 400 ming so‘m, o‘sha paytda bu 3 yarim ming AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan, shu pulni to‘laganmiz. Qarz olganlar bor. Kvitansiyalari saqlanib turibdi. Endi vazirlik xodimlari biz bu ishga aralasholmaymiz, deyapti. Aralasholmasa nega litsenziya bergan, nega uni ishini nazorat qilib bormagan? , - deydi Jo‘rayev.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan fuqarolar o‘larning istagi pullarini qaytarib olish ekanini aytishadi.

- Ularni qamaydimi, qamamaydimi, bizni ishimiz yo‘q. Pulimizni qaytarib bersa bu tashkilotga da’vomiz yo‘q, - deydi Mustaqillik maydoniga to‘plangan namanganlik ayol.

Mijozlarning Koreyaga ishga ketish uchun xususiy agentlikka to‘lab qo‘ygan pullarini endi kim qaytaradi?

Ozodlik bu savol bilan O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligiga bog‘landi.

Ismi ochiqlanmasligini istagan vazirlik rasmiysi "Korean&Migrations" litsenziyasi o‘tgan yil oktabr oyida tugatilgani, uning faoliyatini Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti tergov qilayotganini aytdi.

- Biz tergov ishiga aralasholmaymiz, - deb gapni qisqa qildi O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi rasmiysi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga esa bog‘lanib bo‘lmadi.

“Korean & migration” xususiy bandlik agentligining 11 nafar xodimiga nisbatan ochiq sud jarayoni boshlangani haqida O‘zbekiston Oliy sudi 2 iyul kuni xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, dastlabki mahkama majlisi Toshkentning Yakkasaroy tumani sudida 6 iyul kuni bo‘ladi.

25 milliard so‘mni kim qaytaradi?

"Korean&Migrations" hususiy bandlik agentligi ishi bo‘yicha tergov hujjatlari bilan tanishib chiqqan Toshkentdagi "Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, agentlikdan zarar ko‘rganlar 2 400ga yaqin odamni tashkil etadi, jabrlanuvchilar ko‘rgan umumiy zarar miqdori esa 25 milliard so‘m atrofidadir.

-Hozir bu ish bo‘yicha tergov tugab, Yakkasaroy tumani sudida ko‘rilyapti. 2400ga yaqin odamdan bandlik agentligi 25 milliard so‘mga yaqin pul olgan, lekin ular ishga ham yuborilmagan, pullar qaytarilmagan. Shirkat rahbarlaridan biri Janubiy Koreya fuqarosi, pullar chetga chiqarib yuborilgan, degan taxmin bor. Agar chetga chiqarib yuborilgani tasdiqlansa, ularni qaytarish ancha yilga cho‘zilishi mumkin", - deydi Tashanov.

"Korean & Migration" O‘zbekistonda norozilikka sabab bo‘layotgan yagona xususiy tashkilot emas.

Bundan Germaniya, Chexiya, Turkiya kabi mamlakatlarga ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolardan bir necha o‘n million so‘mdan olgan Human, International Job Organization, Trust Vision kabi xususiy bandlik agentliklari janjal markazida qolgan edi.

"Ishsizlik sabab odamlar osongina aldanib qolyapti"

"Ezgulik" tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, so‘nggi ikki yil ichida uning tashkilotiga firbgarlarning chetga ketish va’dasiga aldangan yuzlab fuqarolardan arizalar tushgan.

- So‘nggi ikki yil ichida o‘nlab xususiy bandlik agentliklari ochildi. Firibgarlik oshdi. Buni sababi birinchidan ishsizlik. Odamlar osongina aldanib qolyapti, firibgarlar ularning vaziyatidan osongina foydalanib, boyib qolishyapti. Ikkinchidan Jinoyat kodeksida firibgarlik uchun, 168-moddada 3 yilgacha qamoq belgilangan. Ba’zi hollarda amnistiyaga tushib qamoqdan chiqishyapti. Bu juda yengil jazo. Hozir biz firibgarlik uchun jazo kuchaytirilishini talab qilyapmiz, - deydi Tashanov.

O‘zbekiston Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi so‘nggi ikki yil ichida oltmishga yaqin xususiy bandlik agentligiga litsenziya bergan.

2019-2020 yillar davomida Ozodlik radiosi qator xususiy bandlik agentliklari o‘zbekistonliklarni aldagani to‘g‘risidagi maqolalarni e’lon qilgan. Buning ortidan ularning ayrimlari faoliyati to‘xtatilgan, ayrimlariga nisbatan esa jinoyat ishlari ochilgan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Не всегда готовы: в России упал спрос на детские лагеря у моря

«Динамо» – на первом месте. Перед заключительным днем 27-го тура таблица ЧР приобрела уникальный вид

Синоптики спрогнозировали москвичам дождь и до +11 градусов 6 мая

Войну на истощение России не выиграть: Три источника пополнения ВСУ и одно возможное решение

Музыкальные новости

Вадим Арутюнов и его книга «Записки странствующего армянина»

Рассылка Песни или Музыки на все Радиостанции России, СНГ и Мира, а также по всем СМИ России.

Путин с Собяниным приехали в Храм Христа Спасителя на Пасхальное богослужение

Презентация новых Apple iPad пройдёт в удобное для европейцев и китайцев время

Новости России

В России растет число жалоб на таксистов-извращенцев

Стоп, снято: мошенники придумали новые схемы с фейковыми фотосессиями

Не всегда готовы: в России упал спрос на детские лагеря у моря

«Динамо» – на первом месте. Перед заключительным днем 27-го тура таблица ЧР приобрела уникальный вид

Экология в России и мире

В четверг начинается арктическое вторжение на Москву: в субботу уже -3С, а вечером пойдут дожди

Около 200 учащихся школ и ссузов, а также дошкольников стали участниками Всероссийской акции «Неделя без турникетов» на предприятиях филиала «Северный» ООО «ЛокоТех-Сервис».

В Турции российскую туристку выгнали с криками из люксового магазина без объяснения причин

Производственные площадки АО «Желдорреммаш» в апреле посетило более 4700 школьников и студентов

Спорт в России и мире

Свентек выиграла титул WTA в Мадриде

«Титул, которым я горжусь больше всего»: Рублёв одолел Оже-Альяссима и выиграл второй турнир серии «Мастерс» в карьере

Российский теннисист Рублев вышел в финал турнира «Мастерс» в Мадриде

«У меня больше нет сил бороться». Елена Рыбакина раскритиковала WTA

Moscow.media

Компании в погоне за «золотой ИИ-лихорадкой» забыли о благополучии сотрудников

СТОЛИЧНЫЕ РОСГВАРДЕЙЦЫ ОБЕСПЕЧИЛИ БЕЗОПАСНОСТЬ МЕРОПРИЯТИЙ, ПОСВЯЩЁННЫХ ПАСХЕ ХРИСТОВОЙ

Travel-эксперт Тариел Гажиенко: какую страну выбрать для семейного отпуска

"Русские должны извиниться!": Таджики в гневе из-за запрета "тусить" в России











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Реклама сотовой сети Билайн на Сухаревской площади, 1996 год, Москва

Синоптик Тишковец: 9 мая 2024 года в Москве может установить рекорд холода за 25 лет

Россия ответит на враждебные действия со стороны Прибалтики, — МИД

Синоптики спрогнозировали москвичам дождь и до +11 градусов 6 мая