O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoniga muvofiq endi tadbirkorlar internet yordamida bojxona yuk deklaratsiyalarini o‘z ofislaridan chiqmasdan turib, mustaqil ravishda to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.