Oson pul topish, yaxshi sharoitlarda yashash orzusida o‘zga yurtlarga ketib, odamfurushlarning qo‘liga tushib qolganlarning ayanchli qismatlari haqida ko‘p eshitamiz. Biroq bunday holat men bilan yuz bermaydi, degan o‘y-xayolga borib, o‘z haq-huquqini anglamagan fuqarolar hamon odam savdosi jabridan aziyat chekmoqda.