Namangan shahar hokimligi mulozimi shahar qabristonlaridagi obodonlashtirish ishlariga "shahar obodonlashtirish korxonasigina" jalb etilganini aytdi. Ayni paytda hokimlik rasmiy saytida qabristonni obodonlashtirish hashar yo‘li bilan amalga oshirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgan.