“Agrobank”ning Jizzax viloyati Arnasoy tumani filiali pilla rejasini bajarmagan¸ o‘tgan yilgi kreditini qoplay olmagan fermerlarga ish haqi uchun belgilangan kredit berishni to‘xtatdi. Ozodlikka murojaat qilgan fermerlar¸ bu ishning hokim buyrug‘i bilan qilinayotganini aytdi; hokim va bank rahbari esa¸ bu xabarni inkor qilishga urindi.