Musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus islom bilim yurtiga qabul qilmaslik taklifi haqida Ozodlik mushtariylari savollariga javob berdi. Mulozimga ko‘ra, hanuz muhokama qilinayotgan bu taklifning bir sababi madrasa bitiruvchisi - bo‘lg‘usi imom va otin oyilarning yoshini oshirishdir.