Добавить новость
World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Kiyevga borgan Erdo‘g‘on Rossiya va Ukraina o‘rtasida vositachilik taklif qildi

Prezident Vladimir Zelenskiy payshanba kuni Ukrainaga  tashrif buyurgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning  Kiyev va Moskva  o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik taklifini olqishladi.


Reuters agentligining xabar berishicha, Erdo‘g‘on bu borada qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini aytgan. 


Anqara Kiyevdagi uchrashuvdan so‘ng keskinlik pasayishini kutmoqda. Kiyevdagi muzokaralar chog‘ida  hozirning o‘zida ukrain qurolli kuchlari ega bo‘lgan turk harbiy dronlarini Ukrainada ishlab chiqarish hamda erkin savdo to‘g‘risidagi bitim va yana qator kelishuvlar imzolangan.


G‘arb davlatlari Ukraina chegarasi yaqinida 100 000 dan ortiq rus askarlari to‘planganidan xavotirda, ammo Rossiya Ukrainaga bostirib kirish rejalarini rad etib keladi. Shu bilan birga, G‘arbdan keng qamrovli xavfsizlik kafolatlarini ham talab qilmoqda.


Erdo‘g‘onning safari NATOga a’zo Britaniya, Polsha va Niderlandiya rahbarlarining ziddiyatli vaziyatda Kiyevga tashrifidan so‘ng amalga oshirildi. Turkiya Kiyev va Moskva bilan iliq munosabatlarga ega,  biroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, NATO a’zosi sifatida kerakli ishni qilishini aytdi.


Anqara noyabr oyida keskinlikni yumshatishga yordam berishni taklif qilgan. O‘tgan  oy turk diplomatik manbalari Rossiya va Ukraina bu taklifga xayrixoh ekanini ma’lum qigan.


Anonimlik sharti bilan gapirgan Turk rasmiysiga ko‘ra,  Erdo‘g‘on har ikki tomonni vazminlikka chaqiradi va Anqara «juda muhim» bo‘lgan har ikkala davlat bilan hamkorlikni davom ettirishni istaydi.


«Turkiyaning yondashuvi mojaroda bir tomonni tanlash yoki biror davlatga qarshi turish emas. Erdog‘onning tashabbusi  taranglikning yumshatishiga umid qilamiz» ,- deydi rasmiy vakil.


Turkiya Qora dengizda Ukraina va Rossiya bilan chegaradosh. Erdo‘g‘on mintaqadagi mojaroni qabul qilib bo‘lmaydigan deb atadi va Rossiyani ehtimoliy bosqin mulohazasizlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi.


Rossiya bilan mudofaa va energetika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yganiga qaramay, Turkiya Moskvaning Suriya va Liviyadagi siyosatiga, shu bilan bir qatorda 2014 - yilda Qrimni qo‘shib olishiga qarshi chiqqan edi. Turkiya  Ukrainaga murakkab uchuvchisiz dronlarni yetkazib berib, Kiyev yaqinida bunday qurilmalarni ko‘proq ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu tabiiyki Rossiyaga yoqmaydi.


Qora dengiz bo‘yida joylashgan Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2021 - yilda 7 milliard dollarni, Ukraina eksporti esa 4,1 milliard dollarni tashkil qildi. Ukrainaning Turkiyaga eksportining 70% don va metallurgiya mahsulotlariga to‘g‘ri kelgan.


Ikki tomon o‘rtasidagi erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralar don va metallurgiya savdosidagi  kelishmovchiliklar tufayli qariyb o‘n yilga cho‘zildi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus