Мы в Telegram
Добавить новость

Умерла актриса из фильмов «Вий» и «Зигзаг удачи»

23 мая: какой сегодня праздник, что было в этот день

Более 60 тыс. москвичей поставили наивысший балл конкурсу «Лучший реализованный проект в сфере строительства»

Суд арестовал начальника УЭБиПК по Свердловской области из-за взятки



World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

OzodDayjest: Tarixchi olim o‘zbek tilining rivojlanishdan to‘xtab qolganini iddao qildi

OzodDayjest: Tarixchi olim o‘zbek tilining rivojlanishdan to‘xtab qolganini iddao qildi

Toshkent hokimligi o‘tkazgan ko‘p milliard so‘mli tenderda Ortiqxo‘jayevga aloqador shirkat g‘olib deb topildi. Mutaxassis globallashgan dunyoda o‘zbek tili zamon talablariga mos bo‘lishi zarurligidan bahs etdi. Bolasini mehribonlik uyiga topshirayotganlarni onalik huquqidan mahrum etish taklif etildi. Joriy hafta o‘zbek matbuoti shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

__________________________________________________________

Toshkent shahar hokimligi tenderida “Akfa Engineering”ning sobiq rahbariga tegishli kompaniya g‘alaba qozondi

Toshkent shahar hokimligi Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi binosini rekonstruksiya qilib, atrofini obodonlashtirish uchun 35,5 mlrd so‘mli tender e’lon qilgan. Tenderda “Discovery Invest” (Power Construction Planet) kompaniyasi g‘alaba qozongan (www.gazeta.uz, 13 - oktabr).

Bu kompaniyaning asosiy ta’sischisi – “Akfa Engineering Management” kompaniyasining sobiq direktori Ismoil Isroilovdir. “Discover Invest”ning 67 foiz ulushi Ismoil Isroilov, 33 foizi esa kompaniya rahbari hisoblangan Abdurasul Zohidovga tegishli.

I. Isroilov “Kolorpak” bosmaxonasida (36,7 foiz) va Zo‘r TV teleradiokanalida (50 foiz) ulushlarga ega. 2020 - yil yanvarida A.Zohidov “Discover Invest” kompaniyasi direktori sifatida “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan (u Tashkent City va Ashxobod bog‘lari, Kongress markazi bo‘lgan “Hilton” mehmonxonasi, “Imzo”, “Artel” zavodlari, “Akfa Medline” va boshqa inshootlarni qurgan).

Intellektual mulk agentligiga ko‘ra, “Discover Invest” savdo belgisi “Power Construction Planet” kompaniyasiga tegishli bo‘lib, belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza yagona ta’sischisi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘lgan “J-United Group” tomonidan berilgan.

Avvalroq mahalliy matbuot Toshkent shahridagi davlat byudjeti mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladigan bir qancha loyihalar “Discovery Invest”ga tendersiz berib yuborilgani xaqida xabar bergandi.

Mutaxassis o‘zbek tilining ingliz va rus tillariga qaramligini kamaytirish yo‘lini aytdi

So‘nggi uch-to‘rt yil ichida o‘zbek tilini rivojlantirish va obro‘sini ko‘tarish, davlat tilida ish yuritish uchun qonunlar qabul qilindi, qo‘mitalar va markazlar tuzildi, lekin ezgu ishlar kutilgandek natijalar berayotgani yo‘q, deb hisoblaydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti doktoranti, tarix fanlari nomzodi Baxtiyor Alimjonov (“Ishonch” gazetasi, 12 - oktabr).

“Negaki biz qonunlar va qonunosti hujjatlarni qabul qilayotganda va turli markazlar tuzayotganda bugun dunyoda mavjud bo‘lgan til holati va so‘nggi ilmiy texnologiyalardan foydalanayotganimiz ham, ularni hisobga olayotganimiz ham yo‘q”, degan olim.

Bugungi globallashgan dunyoda o‘zbek tili zamon talablariga mos bo‘lishi zarur. Ammo u oxirgi o‘n yilliklarda rivojlanishdan to‘xtab qoldi.

“Men buning bir qancha sabablari bor, deb o‘ylayman. Nazarimda, hozirgi o‘zbek tili “yopiq” sistemaga aylanib qolganga o‘xshaydi. Biz hozir tilni sheva va lahjalar bilan to‘yintiryapmiz, xolos”, degan B. Alimjonov.

Qayd etilishicha, til rivoji xorijiy so‘zlar va atamalarni ilmiy, adabiy mushohada qilib, “hazm” qilish darajasiga bog‘liq. Ammo oxirgi ilmiy adabiyotlardagi atamalar umuman o‘zbek tiliga tarjima qilinmadi. Bu esa o‘zbek ijtimoiy-gumanitar sohasi dunyo fanidan ancha orqada ekanidan dalolat beradi.

Mutaxassisga ko‘ra, o‘zbek tili rivojlanishi uchun milliy adabiyot, kino, san’at, fan mutanosib ravnaq topmog‘i lozim. Ana shunda rus va ingliz tiliga qaramlik ham kamayadi.

“O‘ylaymanki, til siyosati borasida olimlarimiz va hukumatimiz oldida katta ishlar turibdi. Prezidentning til borasidagi tashabbusi nazariyada va amaliyotda qo‘llansa, yangi avlod olimlari, san’atkorlari, shoiru yozuvchilari, jurnalistlari jonbozlik ko‘rsatishsa, moliyalashtirish ko‘paytirilsa, albatta, marra bizniki bo‘ladi”, degan tarix fanlari nomzodi B. Alimjonov.

O‘zbekistonda bolasini mehribonlik uyiga topshirish holatlari ko‘payayotganidan xavotir izhor qilindi

Mehribonlik uyi o‘zbek xalqi ota-bobolardan meros emas, ammo keyingi paytlarda mehribonlik uylari kamayish o‘rniga ko‘payyapti (“Inson va qonun” gazetasi, 12 - oktabr).

“Oilasi buzilgach, bolasini mehribonlik uyiga topshirib qo‘yib, o‘zidan soxta jabrdiyda yasab olgan toshbag‘ir onalar ko‘paymoqda. Bolamni boqishga qurbim yetmayapti, boshpanam yo‘q, bolam bilan otamnikiga sig‘mayapman deb, mahalladan hujjat to‘g‘rilab, yakkayu yolg‘iz bolasini mehribonlik uyiga topshirayotgan onalarni onalik huquqidan mahrum qilish kerak, degan bo‘lardim. Chunki Konstitutsiyamizning 64-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” deb ko‘rsatilgan. Ota-onalar bu majburiyatni bajarmaslikka o‘rgansa, kelajakning ahvoli nima kechadi?” deb yozgan muallif.

O‘zbekistonda har 100 ming bolaning 255 nafari internatlarda yashaydi. Bu jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘pdir. Ota-ona qaramog‘isiz qolganlarning asosiy qismi 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Lekin so‘nggi yillarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar soni oshib bormoqda. Maqolada bu holat xavotirli ekani aytilgan.

“Avvallari momolarimiz kamida o‘ntadan farzand ko‘rgan. Na gaz, na suv bo‘lgan, bugungi imkoniyatlarning yuzdan biri ham bo‘lmagan, ammo bolamni boqishga qiynalayapman, u yetmayapti, bu yetmayapti deb ostona hatlab ko‘chaga chiqib doston qilmagan, bolalar uyiga topshirishni-ku xayoliga ham keltirmagan, bu haqda o‘ylashning o‘zi or hisoblangan”, deb yozgan “Inson va qonun” nashri.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Президент России Путин возложил цветы к монументу Победы в Минске

Новая школа заработает в ТиНАО в сентябре: За парты сядут больше тысячи учеников

Футболисты «Академии спорта» в Лобне стали призерами Первой лиги

Фармацевтов Подмосковья поздравили с их профессиональным праздником

Музыкальные новости

Кадыров заявил, что встретился с Путиным в Москве и пригласил его в Чечню

Появился трейлер исторического детектива «Плевако» с Сергеем Безруковым в роли легендарного российского адвоката

Воскресшего Иисуса могут дополнительно установить в церквях, вместо черепа.

«В детстве хотела быть мальчиком!» Актриса Ольга Хохлова рассказала о бурном детстве и лихих 90-х в шоу «Вкусно с Анфисой Чеховой» на ТВ-3

Новости России

Лариса Гузеева рассказала, как ее обманули в блинной Ленинграда

В Мытищах воспитанники студии «Арт‑Поколение» освоили каллиграфию

СК: Сотрудник оборонного завода в Подмосковье задержан за надписи на бирках

Культурный центр построили в столичном районе Краснопахорский

Экология в России и мире

Светлые оттенки весенней моды: стильные идеи для женщин в возрасте

Шины FORZA прошли первые этапы тестирования на российских дорогах

Пациенты больницы принял участие в фестивале

Вкусно и безопасно: гастроэнтеролог Садыков назвал 5 продуктов, снижающих холестерин

Спорт в России и мире

Dagospia: Синнер и Калинская вместе поужинали в ресторане в Париже

Россиянка Рахимова вышла в полуфинал турнира WTA в Рабате

Хромачёва и Сизикова пробились в финал турнира WTA в Рабате в парном разряде

Новаку Джоковичу исполнилось 37 лет в Швейцарии | Виды спорта

Moscow.media

В Судаке проверили бывших мигрантов, не вставших на воинский учет

Творческие способы использования мозаики из стекла в садовом дизайне

С чего начинается любое заболевание?

В РМАТ ПРОШЕЛ I БИЗНЕС-ФОРУМ ВЫПУСКНИКОВ РМАТ 1999-2023 ГОДА ВЫПУСКА, ПОСВЯЩЕННЫЙ 55-ЛЕТНЕМУ ЮБИЛЕЮ АКАДЕМИИ











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Пуноппан в «Домике»: в Воронеже открывается корейский стритфуд Chiko

Bloomberg: в ЕС обсуждают введение санкций против главы МО Ирана Аштияни

Свыше 500 мероприятий провели в «Умной библиотеке» Химок с начала года

В Мытищах воспитанники студии «Арт‑Поколение» освоили каллиграфию