Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ingenuity vertolyoti Marsda ilk parvozini amalga oshirdi (VIDEO)

Perseverance roveri yordamida Marsga yetkazilgan Ingenuity vertolyoti boshqa sayyorada boshqariladigan parvozni amalga oshirgan birinchi dvigatelli uchish apparati sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.


Dronning uchirilish jarayoni Amerika aerokosmik agentligi (NASA)ning Youtube’dagi rasmiy kanalida translyatsiya qilindi.


Parvoz videotasviri keyinroq e’lon qilinadi. Hozircha NASA vertolyot quyi qismida joylashgan kamerasi yordamida olgan fotosuratni e’lon qildi. Suratda Mars yuzasi uzra ko‘tarilayotgan Ingenuity soyasi ko‘rinib turibdi.




Dronning parvozi 30 soniyaga yaqin davom etdi. U uch metrdan ziyodroq balandlikka ko‘tarildi.


Ingenuity yana to‘rt marta sinov tariqasida uchiriladi. Vertolyot, zichligi Yer atmosferasinikidan 100 karra past bo‘lgan Mars atmosferasida uchish texnologiyasini o‘zlashtirmoqda. Dron sinovi 30 Mars kuniga yaqin vaqt davom etadi.


Vazni qariyb ikki kiloga teng apparat bunga qadar Perseverance marsyurari ichida edi. Xuddi shu rover vositachiligida Ingenuity bilan Yerdagi boshqaruv markazi o‘rtasida aloqa ta’minlandi.


Perseverance roveri joriy yilning 19 - fevral kuni Marsdagi Ezero krateriga qo‘ngan edi. Mazkur krater bir zamonlar suvga to‘la bo‘lgani taxmin qilinadi.


Marsyurar sayyorada qadimda hayot mavjud bo‘lgani belgilarini topishga urinib ko‘radi hamda tuproqdan namunalar oladi.


Perseverance o‘tgan yilning iyulida Marsga jo‘natilgan. Qurilma "Mars-2020" missiyasi doirasida 700 yer sutkasiga yaqin vaqt davomida “Qizil sayyora”da ish olib boradi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus