Добавить новость
World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Turkmanistonda eski kiyimda ko‘chaga chiqa ko‘rmang – fermaga jo‘natishadi

Turkmanistonning janubi‑sharqidagi Marv viloyatida ichki ishlar xodimlari yuvuqsiz va eski‑tuski kiyimda yurganlarni tutib ketmoqda.  Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, militsiya  ko‘chada odamlarni tilinchilik qilishda ayblab yoki uysiz deb olib ketyapti. Ozodlikning politsiyadagi manbasiga ko‘ra, rasmiylar odamlarni “tekin ishchi kuchi” sifatida davlat fermalarida ishlatmoqda.


Marv viloyatida politsiyaning shahar va shaharchalarni tilanchi va uysizlardan tozalash amaliyoti doirasida odamlar olib ketilyapti.  Viloyat markazida bir zavod ishchisi ko‘chadan o‘tib qolgan bir yo‘lovchining aralashuvi bilan qamalishdan arang qutulib qolgan.


“Men uysiz emasman. Yangisiga imkoniyatim bo‘lmagani uchun eski kiyimlarda yuraman”, deydi u o‘zini politsiya furgoniga tiqishga uringan politsiya xodimiga yalinib. O‘sha yerdagi odamlar u bekorchi emasligi, hozir ham ishga ketayotganini aytganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.


Marv shahridagi bir politsiya xodimi Ozodlikka Ichki ishlar vazirligi viloyat bo‘limi shaharni ko‘chada yotib yuruvchilardan tozalash haqida chindan ham buyruq berganini tasdiqladi. 


Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan xodimning aytishicha, politsiyaga nafaqat uysizlar, balki eski kiyimda yurganlarni ham tutish topshirilgan. U ham tutib ketilganlar tekinga fermada ishlatilayotganini tasdiqladi. Sog‘lomroq ko‘ringanlar qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun saralab olinyapti.


Ozodlik politsiya xodimining bu gaplarini tasdiqlay olmaydi, qattiq nazorat qilinadigan bu yopiq Markaziy Osiyo davlatida rasmiylar nodavlat OAVga gapirishni istamaydi.


Oxirgi qamashlar haqidagi odamlar shikoyatlarini tekshirish uchun Ozodlik muxbiri O‘g‘uzxon ko‘chasidagi politsiya bo‘limiga borib, u yerda tutib ketilganlarning oila a’zolari o‘z yaqinlari ahvolidan xabar olish uchun to‘planib turganiga guvoh bo‘ldi.


Politsiya rasmiylar to‘planganlarga ularning yaqinlari ko‘chada bir ahvolda yurgani uchun qo‘lga olinganini aytgan.


“Qo‘rqmayman”


Politsiya bo‘limida bir ayol rasmiylardan erini zudlik bilan ozod etishni talab qildi. Uning aytishicha, eri bozordagi ishidan uyiga qaytayotganda tutib ketilgan. Eri bozorda hammollik qilar ekan. Bozor ishchilarining alohida uniformasi yo‘q, sabzavot va meva tashish bilan shug‘ullanadigan ishchilar eski kiyimda bo‘lishi tabiiy u erda.


Ayolning politsiya ofitserlari bilan gaplashishi janjalga aylanib ketgan. Aholi hukumat odamlariga qarshi gapirishga qo‘rqadigan bir avtoritar davlatda bunday vaziyat juda noyob sanaladi.


Politsiya xodimlari ayolni bir gapdan qolmasa, ishini yo‘qotishi bilan tahdid qilgan.  Ammo Suv va oqava xizmatida ishlovchi bu ayol qattiq turib, ularga hech narsadan qo‘rqmasligini aytgan.


Ko‘chani tilanchilar va uysizlardan tozalash odatda katta bayramlardan avval yoki Ashhobod biror nufuzli xorijiy mehmonni qabul qilishidan oldin o‘tkaziladigan tadbirdir.


Keyinroq o‘sha ayol Ozodlikka ismini yozmaslik sharti bilan politsiya nihoyat erini ozod qilishga va’da berganini aytdi. Ayol ishini yo‘qotishdan qo‘rqmasligi, chunki olayotgan maoshi baribir asosiy ehtiyojlariga etmasligi, kamiga turli hukumat tadbirlariga deb, har oylikdan ushlab qolishlarini gapirdi.


Yaqinda u va uning jamoasiga davlat qurayotgan uylar uchun hissa qo‘shishlari kerakligini aytishibdi.


Turkmanistonda bu kabi yig‘imlar odatiy hol.


“Bolalarimning yeyishga ovqati yo‘q, Uyimiz qulab tushay deyapti. Nega davlat loyihalariga pul to‘lashim kerak”, dedi u Ozodlikka.  


Kambag‘allar ko‘zga ko‘rinmasin


Keyingi yillardagi ishsizlik darajasining balandligi, oziq‑ovqat narxlari ko‘tarilishi, hukumat yordami yo‘qligi ko‘plab turkmanlarni qashshoqlik yoqasiga olib borib qo‘ygan.


Turkmaniston shaharlarida ayol va erkaklarning ahlatxonalarda yegulik qidirib yurishi odatiy holga aylangan.


Mustabid prezident Gurbanguli Berdimuhammedov rahbarligidagi Turkman hukumati odamlarning muammolariga e’tibor qaratish u yoqda tursin, bu muammolar borligini ham tan olmaydi.


Aksincha, u tilanchilar va uysizlarni, qishloqlardan ish qidirib kelganlarni ko‘zdan yo‘qotish uchun politsiya kuchlarini ishga solmoqda.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus