Добавить новость

Прощание с единственным сыном модельера Зайцева Егором прошло в Щелкове

В Москве бережно хранят память о защитниках родины в годы ВОВ

Владимир Барсуков провел выездное заседание в Коломне

Вдова Зайцева-младшего заявила о продолжении работы Дома моды



World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Olmazor: Lavozimga qaytgan hokim o‘rinbosari tadbirkorning qurilishini "buzdirib tashladi"

Olmazor: Lavozimga qaytgan hokim o‘rinbosari tadbirkorning qurilishini

Abdurasul Vahobov Toshkent shahar, Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytgani to‘g‘risidagi xabarlarni 6 - noyabrda Ozodlikka shaxsan tasdiqladi.

Vahobov kun.uz nashri jurnalistlariga 2019 - yilning avgustida hujum qilgani uchun o‘sha yilning sentabrida ishdan olingan edi.

Hokimlik matbuot xizmatining bildirishicha, Abdurasul Vahobov hokim o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishga qaytgan.

Haydalgan mulozimning ishga tiklangani to‘g‘risidagi xabarlar ketidan uning “noqonuniy harakatlari”ga oid shikoyat ham yetib keldi.

Qo‘l telefoniga Ozodlik qilgan qo‘ng‘iroqqa javob bergan kishi Abdurasul Vahobov ekanligini, Olmazor tuman hokimi lavozimiga qaytganini uning o‘zi tasdiqladi. Biroq ishga qachon qaytgani, lavozimga tiklanishi rasman qanday izohlanganiga oid savollarga javob berishni istamadi. “Savollaringizni kadrlar bo‘limiga bering”, dedi Vahobov.

Ayni paytda Toshkent shahar hokimligi rasmiy saytining Olmazor tuman hokimligi sahifasida hokim o‘rinbosarlari ro‘yxatida Abdurasul Vahobovning ismi yo‘q. Ro‘yxatning tuman hokimining arxitektura, kapital kurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosariga ajratilgan bo‘limida ism-familiya hamda surat yo‘q. Biroq bu joy vakant ekanligi ham aytilmagan. Aksincha, bu o‘rinbosarning qabul kunlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Abdurasul Vahobovning hokim muovini lavozimiga qaytganini 2 - noyabr kuni xabar.uz xabar qildi. Mazkur sayt nusxasini e’lon qilgan hujjatdan Abdurasul Vahobov hokim o‘rinbosari lavozimiga bir necha oy oldin qaytgan, degan xulosaga kelish mumkin: Olmazor tuman hokimligining 2020 - yil, 1 - iyuldagi xatiga “Tuman hokimining o‘rinbosari v.b. A.Vahobov” imzo chekkan.

Na shahar hokimligi, na tuman hokimligi matbuot xizmatlari Ozodlikning 6 - noyabrda qilgan qo‘ng‘iroqlariga javob berdi.

Gazeta.uzning 4 - noyabrda xabar qilishicha, Abdurasul Vahobov tuman hokimi o‘rinbosari lavozimiga qachon qaytgani to‘g‘risida ma’lumot bermagan, ammo «2020 - yil may oyida u hali bu lavozimda bo‘lmaganini bildirgan.

Hokim muovinining jurnalistlarga hujumi

Abdurasul Vahobovning kun.uz nashri ikki jurnalistiga 2019 - yilning avgustida qilgan hujumi o‘z vaqtida kuchli rezonans uyg‘otgan edi.

2019 - yilning 14 - avgustida nashr xodimlari «Xiva stroy» MChJ rahbarining tahririyatga yo‘llagan murojaati yuzasidan izoh olish maqsadida Olmazor tuman hokimligiga borgani, hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov videotasvirga olmaslikni talab qilib operatorga tashlangani va o‘zini bosib ololmay, tajovuzkorona harakatlarini davom ettirib, tahririyat mulki bo‘lgan videokamera shtativini sindirib tashlagani xabar qilingan edi.

Oradan ikki kun o‘tib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hokim o‘rinbosarining jurnalistlarga qilgan munosabatini "nomunosib, qo‘pol muomala", deb baholagan.

Bu bayonot e’lon qilingan kun - 2019 - yilning 16 - avgustida Abdurasul Vahobov Toshkent shahar hokimligi sayti orqali kun.uz muxbirini tovlamachilikda aybladi. Shu kuniyoq kun.uz o‘z muxbiri Rahmatilla Isroilov “tuhmat qilgani uchun” Abdurasul Vahobovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, Bosh prokuraturaga shikoyat yo‘llaganini bildirdi.

Toshkent shahar, Olmazor tuman prokuraturasi 2019 - yilning 11 - sentabrida Abdurasul Vahobovning kun.uz jurnalistlariga tajovuz qilgani haqidagi da’voni o‘rganib, hokim muovini harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q, deya qaror chiqardi.

2019 - yilning 27 - sentabrida Abdurasul Vahobov Olmazor tuman hokimi lavozimidan bo‘shatilgani xabar qilindi. O‘sha paytda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Abdurasul Vahobov prokuratura tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida emas, o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketganini bildirgan.

Abdurasul Vahobov bilan ziddiyatga kirishgan ikki jurnalist uning lavozimga qaytgani yuzasidan fikr bildirishni istamadi.

Abdurasul Vahobov o‘rnini hech kim bosolmaydigan kadrmi?

Bir qator nashrlar 2019 ning sentabrida Jahongir Ortiqxo‘jayev Abdurasul Vahobovning yaqinlariga aytgan mana bu so‘zlarni qayd etgan edi:

"Ijtimoiy tarmoqlarda sizning o‘g‘lingiz Abdurasul Vahobov to‘grisida har- xil salbiy fikrlar va izohlar bildirilishi mumkin. Sizlarga sidqidildan bir iltimosim bor, ularga ahamiyat bermang va o‘zingizni qiynamang. Sizni farzandingiz bilan 1,5 yil avval tanishib, shu davr mobaynida men uni fidoyi va jonkuyar, kecha-yu kunduz xalq dardini yengil qilish maqsadida yurgan qalbi toza inson sifatida ko‘rdim".

Hokim o‘rinbosari v.b. Abdurasul Vahobovning ismi tilga olingan shikoyat

Vahobovning lavozimga tiklangani o‘rganilayotgan soatlarda Ozodlikka Toshkentdan uning ismi tilga olingan shikoyat keldi.

Toshkentlik G‘.R.ning yozishicha, 2017 - yilning 1 - noyabrida Olmazor tuman hokimining 1196-son qaroriga asosan, Nurafshon ko‘chasidan Sog‘bon tomonga ketishda, Sebzor chorrahasidagi bekatni zamonaviy ko‘rinishga keltirish va savdo do‘koni qurish uchun ukasi Sh.G‘.ga yer ajratilgan.

Qurilish ishlari 2018 - yil fevralida boshlangan, lekin tuman xokimi o‘rinbosari A.Vahobovning shaxsan iltimoslari va tushuntirishlari (obyezd bo‘ladi, tashrif bor, “Makro” qurilyapti) bilan ikki marta qurilish ishlari to‘xtagan va qurilmalar buzib tashlangan.

“Kuni kecha, ya’ni 1 - noyabrdan loyiha bo‘yicha tuman hokimining 1196-qaroriga asosan yana qurilish ishlari boshlandi, lekin 4 - noyabr kuni qurilmani buzish uchun tuman hokimining o‘rinbosari A.Vahobov boshchiligida hokimning yana bir o‘rinbosari Qahhor ismli shaxs, gaz xizmatning bir necha xodimi kelib, o‘zboshimchalik bilan, hech qanday hujjat ko‘rsatmagan holda qurilmani buzishni boshladilar”, deb yozdi G‘.R. Ozodlikka 6 noyabrda. U o‘z shikoyatiga qurilishga doir hujjatlar nusxalarini, foto va videolar taqdim etdi.

G‘.R.ning xabar qilishicha, u aytayotgan qurilish 5 - noyabrga o‘tar kechasi, ya’ni 5 - noyabr soat 00:00 dan 06:00lar orasida buzib ketilgan.

Ozodlik so‘nggi hodisa yuzasidan Olmazor tuman hokimligidan rasmiy izoh ololmadi. Ozodlik tadbirkorning iddaolari borasida  rasmiylarning munosabatiga ochiq.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Посол США рассказал о "тряске" в Вашингтоне из-за поездки Путина по Азии

Ураган «Эдгар» добрался до Уфы. В столице Башкирии коллапс, затопило аэропорт

Выяснилось, как сейчас живёт звезда "Кавказской пленницы" Наталья Варлей

Вперёд — к 40-летию! Ульяновский проект познакомит с мастерами симбирского модерна

Музыкальные новости

В 11 регионах России будет снижена допустимая доля трудовых мигрантов

ЦСКА показал защитную маску Владислава Торопа после перелома черепа

"Это начало". На Западе раскрыли, с чем столкнутся США из-за шага Путина. В Евразии им не место

Минское «Динамо» без проблем вышло в ⅛ финала Кубка Беларуси

Новости России

Вперёд — к 40-летию! Ульяновский проект познакомит с мастерами симбирского модерна

Уилан призвал Белый дом принять меры для возвращения в США его и Гершковича

Засушливое пекло до +40 градусов: Вильфанд предупредил россиян о возвращении аномальной жары

На берегу бухты Нагаева открыли памятник «Пионерам освоения Колымы и Чукотки»

Экология в России и мире

Kenzo, коллекция menswear весна-лето 2025

Новые портативные ирригаторы Revyline RL 410 Pink появились в продаже с курьерской доставкой по Сочи

Поэт. Радио Поэт. Стихи поэтов. Русские поэты. Писатели и поэты. Известные поэты. Поэт года. Поэты России. Лучшие поэты. Поэт песенник.

Спрос на «русское» золото 585 пробы стабильно растет – исследование «585*ЗОЛОТОЙ»

Спорт в России и мире

Калинская обыграла Азаренко и вышла в финал турнира в Берлине

"Стараюсь играть не хуже него": Калинская о своих отношениях с Синнером

Россиянка Грачёва выступит за сборную Франции на Олимпиаде

Потапова вышла в полуфинал турнира WTA в Бирмингеме

Moscow.media

Ученые раскрыли стоящие за редкими заболеваниями скрытые ДНК-механизмы

Бабушка не дошла за внучкой в детсад: в Орле на пешеходном переходе машина сбила женщину-пенсионерку

Николаю Николаевичу Дроздову сегодня исполнилось 87 лет!

В этом году отремонтируют два моста через Ручей на трассе Югорск – Таежный в Югре











Топ новостей на этот час

Rss.plus






На берегу бухты Нагаева открыли памятник «Пионерам освоения Колымы и Чукотки»

Посол США рассказал о "тряске" в Вашингтоне из-за поездки Путина по Азии

Ураган «Эдгар» добрался до Уфы. В столице Башкирии коллапс, затопило аэропорт

Вперёд — к 40-летию! Ульяновский проект познакомит с мастерами симбирского модерна