Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

OzodMikrofon: Meni kaltaklab, qulog‘imni kar qilgan IIB xodimlari jazosiz qolmoqda

Samarqand viloyatining Narpay tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 36 yashar Musurmon Qarshiyev 2019 yil, noyabr oyida tuman Ichki ishlar bo‘limining ikki xodimi uni kaltaklagani, oqibatda kar bo‘lib qolganini iddao qilib, uning shikoyatlarini hech kim tekshirmayotganini aytdi.


Qarshiyevning iddaosicha, pulini olib qaytarib bermayotgan firibgar ustidan arz qilib tuman Ichki ishlar bo‘limiga 2019 yil 15 noyabr kuni borganida podpolkovnik va leytenant unvonidagi ikki xodim unga qo‘pollik qilib, kaltaklagan.


- Oqibatda chap quloq pardasi yirtilib, hozir kar bo‘lib qolganman. Shikoyat qilmagan joyim qolmadi. Prokuratura jinoyat alomati yo‘q, deb tergovni to‘xtatdi. Meni kaltaklagan IIB xodimlari jazosiz qolmoqda. Prezident qabulxonasiga ham shikoyat qildim, bosh prokuraturaga ham, hech kim shikoyatlarimni tekshirmayapti, - deb iddao qiladi Qarshiyev.


Narpay tuman prokuraturasi xodimi Sohibjon Gapparov Ozodlikka 2019 yil 31 dekabr kuni Qarshiyev da’vosi yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 109 moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atganini, biroq shu yilning 30 mart kuni IIB xodimlarining harakatlarida jinoyat ishi alomatlari yo‘qligi sababli ish to‘xtatilganini aytdi.


- Bu bo‘yicha qaror chiqqan va Qarshiyevga bu haqda ma’lum qilingan, - dedi Narpay tumani prokuraturasi xodimi.


Musurmon Qarshiyev esa tuman prokuraturasining qaroridan norozi bo‘lib, Samarqand viloyat prokuraturasi, O‘zbekiston bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Prezident qabulxonasi va O‘zbekiston Inson huquqlari markaziga arz qilgani, lekin hech qanday javob bo‘lmaganini aytadi.


- Bular IIBdagi sheriklarini yonini olib qaror chiqargan va men bundan noroziman. Ish qayta tergov qilinishini va meni kaltaklagan IIB xodimlari jazoga tortilishini istayman, - deydi Musurmon Qarshiyev.




Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.


SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.


OzodMikrofon sizga muntazir!


OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus