Добавить новость
World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Toshkentda uyma-uy propiska tekshirib yurgan uchastka noziri kaltaklandi

Toshkent shahrida uyma-uy propiska tekshirib yurgan uchastka noziri xizmat vaqtida, xizmat kiyimida kaltaklandi. Voqea 20 fevral kuni kechqurun Chilonzor tumanining 20- kvartalidagi ko‘p qavatli uylardan birining zina yo‘lagida ro‘y berdi.


Kaltaklangan IIB zobitining Ozodlikka aytishicha,  "bo‘ysunmaslik holati" bo‘lgan.


Chilonzor tuman Ichki ishlar bo‘limining Ozodlik suhbatlashgan xodimi militsiya katta leytenantiga qo‘l ko‘targan to‘rt shaxs qo‘lga olinib, surishtiruv olib borilayotganini aytdi.​


IIB xodimini kaltaklagani aytilayotganlarning o‘zlari yoki ularning vakillari bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.


Voqea guvohi bo‘lgan poytaxtliklardan biri Ozodlikka katta leytenant unvonidagi uchastka noziri I.M. domdagi xonadonlardan birida yashovchi yigitlardan hujjatlarini so‘raganida, ular militsiya xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatishgani va nozirning boshi hamda yuziga urib, jarohat yetkazishganini aytdi. 


- Domimizning yettinchi qavatida savdogar yigitlar yashaydi. Uchastkovoyimiz pasportlarini so‘ragan, propiskasi yo‘q bo‘lganmi, qarshilik qilishgan. G‘ala-g‘ovur ovozini eshitib chiqsak, haligi yigitlar uchastkovoyni yerga bosib, boshiga va yuziga tepishyapti. Keyin uchastkovoyning yordamchisi yetib keldi. Yigitlarni militsiya bo‘limiga, uchastkovoyni esa, qonga belangan holda kasalxonaga olib ketishdi, - dedi ismi ochiqlanmasligini so‘ragan chilonzorliklardan biri.


Ozodlik muxbiri kaltaklanib, kasalxonaga tushgan militsiya katta leytenanti I. M.ning o‘zi bilan bog‘lanib, voqea tafsilotlarini so‘radi.


Militsiya zobiti bo‘ysunmaslik holati bo‘lgani, lekin bu bo‘yicha da’vosi yo‘qligini aytdi.


- Ozgina ma’muriy ish bo‘yicha nepodchinenie bo‘lib qoldi. Keling, menda pretenziya yo‘q. Men hozir bolnichniydaman, hech narsa aytolmayman sizga, - deb gapni qisqa qildi katta leytenant I.M.




Janjal ro‘y bergan turar-joyning domkomi Ozodlikka militsiya zobiti bilan janjallashganlar qashqadaryolik savdogarlar ekanini aytdi. 


- Bu yigitlar Abu Sahiyda savdo qilishadi. Qashqadaryodan kelishgan. Kvartirani kiraga olib turishadi. Propiskasi bor-yo‘qligini bilmayman, lekin yomon yigitlar emas. Janjal nimadan bo‘lgan, bilmayman, uni Chilonzor militsiyasidan so‘raysiz, - dedi mahalla faoli.


Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limining Ozodlik suhbatlashgan xodimi militsiya katta leytenantiga qo‘l ko‘targan to‘rt shaxs qo‘lga olinib, surishtiruv olib borilayotganini aytdi.


- Bu bo‘yicha sizga ma’lumot berolmayman, surishtiruv bo‘lyapti, - dedi IIB xodimi. 


O‘zbekistonda fuqarolarning militsiya xodimlari bilan tortishishi tez-tez uchrab tursa-da¸ militsiya zobitining do‘pposlanishi va unga jarohat yetkazilishi kamdan-kam uchraydigan hodisadir.


O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining “Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish” deb nomlangan 219-moddasiga ko‘ra¸“qarshilik ko‘rsatish, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish  - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.


Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish — uch oydan olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


 

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus