Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

AQSh mudofaa vaziri Mettis Tramp bilan «kelisha olmagani» uchun ishdan ketmoqda

AQSh mudofaa vaziri iste’fo so‘rab, prezidentga yozgan maktubida ba’zi masalalar, jumladan, Rossiya bilan Xitoyga nisbatan siyosat yuritishda Tramp bilan to‘liq “kelisha olmagani” uchun lavozimidan ketayotganini ma’lum qildi.


Tramp Tvitterda mudofaa vaziri 2019 yil fevralida iste’foga chiqishi haqida xabar qilgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay Mettis prezident nomiga yozilgan xatida o‘z qarorini izohladi.


AQShning ham respublikachi, ham demokrat qonun chiqaruvchilari Tramp ma’muriyatining qattiqqo‘l vakillaridan birining ketishidan xavotir izhor qildi.


Demokrat senator Chak Shumerning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, ushbu iste’fo AQSh ma’muriyatida “tartibsizlik” mavjudligini anglatadi. Ayni chog‘da yaqinda Vakillar palatasiga spiker bo‘lishi kutilayotgan Nensi Pelosi Mettisning iste’foga chiqish haqidagi xatini o‘qib, “larzaga tushgani”ni aytdi.


Senatning Razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mark Uorner Mettisning iste’fosini “dahshat” deb atadi. Uning fikricha, mudofaa vaziri “Tramp ma’muriyatida hukm surayotgan boshboshdoqlik ichidagi barqarorlik oroli edi”.


Trampning “Islom davlati jangarilariga qarshi kurashayotgan” AQSh qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni e’lon qilishi AQSh harbiy rahbarlarini ham, qonun chiqaruvchilarini ham, ushbu mamlakatning xalqaro ittifoqchilarini ham hayron qoldirdi, hattoki jahlini chiqardi.


20 dekabrda yana prezident Afg‘onistondan ham ancha-muncha qo‘shinlarni olib chiqmoqchi ekani xususida xabarlar ham paydo bo‘ldi. Trampning bu fikriga Mettis qo‘shilmadi.


Reyterning nomini oshkor qilishni istamagan Oq Uy xodimiga iqtibosan ma’lum qilishicha, Mettis Tramp bilan oxirgi uchrashuvi chog‘ida ba’zi masalalarda fikri bir joydan chiqmagani uchun iste’foga chiqishini aytgan.


Trampni demokratlar ham, ba’zi respublikachilar ham Rossiyaga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘layotgani, NATOga a’zo ittifoqchilarga esa keragidan ortiq qattiqqo‘llik qilayotgani uchun tanqid qilib keladi.


68 yashar general Mettis Tramp ma’muriyatidagi eng boobro‘ amaldorlardan biri bo‘lib, demokratlarning ham, respublikachilarning ham maqtoviga sazovor bo‘lgan edi.


U iste’fo so‘rab yozgan maktubida, “strategik manfaatlari biznikiga teskari bo‘lgan mamlakatlarga yondashuvimiz qat’iy bo‘lishi kerakligi”ni qayd etdi.


Tramp Tvitterda Mettisning iste’fosini e’lon qilar ekan, uni maqtadi va yangi mudofaa vazirining ismi tez orada e’lon qilishini aytdi.


Mettis so‘nggi paytlarda Tramp ma’muriyatidan iste’fo berayotgan yagona amaldor emas. 7 noyabr kuni bosh prokuror Jeff Seshns lavozimini tark etdi. 9 oktabrda AQShning BMTdagi vakili Nikki Heyli yil oxirida ishdan ketishini bildirdi.


Davlat kotibi Reks Tillerson prezident bilan kelisha olmagani uchun 13 martda ishdan bo‘shatildi. Tramp keyinchalik Tvitterda u haqda “toshdan ham battar ahmoq” va “o‘ta yalqov”” deb yozdi. Oldinroq Tillerson uni “intizomsiz” deb atab, berilgan materiallarni o‘qishni yoqtirmasligini aytgan edi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus