Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Kattaqo‘rg‘onda ayolni yechinishga majburlagan militsiya zobiti 6,5 yilga kesildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi 21 noyabr kuni Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining sobiq tezkor xodimi San’at Umarovni 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi.


Bu haqda xabar bergan "Gazeta.uz"ning yozishicha, San’at Umarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 235-moddasi (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi «a», «z» bandlarida va 241−1- moddasida (Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (etishda) aybdor deb topilgan.


San’at Umarov bundan tashqari 3 yil mansabdorlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.


San’at Umarov jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.


Ozodlikning 4 iyul kuni e’lon qilgan "Kattaqo‘rg‘on militsiya bo‘limiga olib kelingan ayollar qip-yalang‘och qilib tahqirlandi" maqolasidan so‘ng, 5 iyul kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘z saytida Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili San’at Umarov ushlangani va uning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida rasmiy bayonot e’lon qilgan edi.


Samarqand shahar sudi 6 iyulda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili San’at Umarovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishi haqida ajrim chiqardi.


Ajrimga ko‘ra, San’at Umarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 2-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.


Iyul oyida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limining yetti nafar zobiti va safdori ishdan bo‘shatilgan edi.


Xizmat tekshiruvi davomida o‘z vazifalarini ijro etishda qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, xodimlarning xizmat olib borish faoliyatini tegishli tartibda nazorat qilmagan hamda shaxsiy tarkib bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlar olib borilishini yetarli darajada tashkil etmaganliklari uchun Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i Ilyos Abduqahhorov, uning birinchi o‘rinbosari Izzatillo Xo‘djamqulov hamda kadrlar bo‘yicha o‘rinbosari Zafar Sheraliev, shahar IIB JQB boshlig‘i Alisher Shukurov Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari xizmatidan bo‘shatilgan, viloyat IIB va shahar IIBning bir qator rahbar xodimlariga nisbatan boshqa intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.


Ushbu voqea sodir etilishi bilan bog‘liq holatlarda xizmat vazifalarini bajarmagan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB katta inspektor navbatchisi Nasim Aliev va navbatchi yordamchisi Jahongir Shodievlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan edi.


San’at Umarov 1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan. ​

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus