Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Xorijlik sayyohlarga hujum uyushtirgan guruh rahbari bir umrga qamaldi

Tojikiston Oliy sudi 2018 yilning iyulida Dang‘arada xorijlik velosayyohlarga hujum uyushtirganlar guruhi rahbari Huseyn Abdusamadovni umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.


Ushbu jinoiy ish doirasida yana 14 shaxs 1,5 yildan 16 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.


29 iyulda Tojikiston janubidagi Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida bir necha kishi avtomobilda Tojikiston bo‘ylab sayohat qilayotgan xorijiy velosipedchilarga hujum qilishi oqibatida to‘rt nafar sayyohatchi halok bo‘lgan va yana uch nafari og‘ir jarohat olgandi.


21 noyabr kuni Tojikiston Oliy sudi Huseyn Abdusamadovni jinoiy guruh tashkil etish, terrorizm, ekstremizm, odam o‘ldirish va Tojikiston fuqarolarini chet ellarda bo‘layotgan janglarga jalb etishda aybdor deb topdi.


Oliy sud ushbu guruhning ikki faol a’zosi - Karomatullo G‘aniev va Behruz Safoevni 16 yil qamoq jazosiga hukm etdi.


Go‘dagi borligi sababli guruhning yagona ayol a’zosi Bahriniso Haydarovaning hukm ijrosi keyinga qoldirildi.


29 iyul kuni Tojikiston janubidagi Dang‘ara tumanida mahalliy vaqt bilan 15.30 da velosipedda sayohatga chiqqan hollandiyalik Voke Ren Villem, shveysariyalik Xamel Markus va ikki nafar amerikalik - Austin Jey va Lauren Anne Munotz halok bo‘lgan edi.


Uch sayyoh voqea joyida, yana biri esa, Dang‘ara shifoxonasida vafot etgandi.


Jarohat olgan yana uch nafar sayyohga tibbiy yordam ko‘rsatilgandi.


Tojikiston ichki ishlar vazirligi faoliyati taqiqlangan "Islom uyg‘onish partiyasi"ni (IUP) mazkur hujumni uyushtirishda aybladi.


30 iyul kuni kechqurun "Islom davlati" ekstremist guruhi Tojikistondagi hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.


31 iyulda Tojikiston ichki ishlar vazirligi bayonot tarqatib, xorijlik sayyohatchilarga IUPning faol a’zosi Huseyn Abdusamadov rahbarligidagi guruh hujum uyushtirganini e’lon qildi.


Ushbu bayonotda aytilishicha, Huseyn Abdusamadov Eronning Qum va Mozandaron shaharlarida "ideologik va harbiy diversion" ta’limot olgan va Tojikistonda qidiruvda bo‘lgan.


Ko‘p o‘tmay Tojikiston ichki ishlar vazirligi saytida xorijlik sayyohlarga hujumda gumonlangan 10 kishining surati chop etildi.


Ular orasida ichki ishlar xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan to‘rt shaxs suratlari ham bor edi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus