Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Peshonadagi ajinlar bilan yurak xuruji o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlandi

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, peshonasiga juda ko‘p va chuqur ajin tushgan shaxslarning yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi o‘z tengqurlariga qiyoslaganda yuqoriroq bo‘lishi mumkin.


Kishi qarir ekan, uning yurak xastaliklariga chalinish xavfi oshib boradi. Ammo turmush tarzini o‘zgartirish hamda tibbiy intervensiya yordamida buning oldini olish mumkin.


Yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni vaqtida ogohlantirish oson emas. Bunday kasalliklarga olib keluvchi yuqori xolesterin yoki yuqori qon bosimi kabi illatlarni aniqlash oson emas.


Yevropa kardiologiya jamiyati kongressida taqdim etilgan tadqiqot mualliflari esa, peshonadagi ajinlar va kasallikka chalinish ehtimoli o‘rtasida biror bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlash uchun tadqiqot o‘tkazishgan. Ularning aytishicha, yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar vaqtida ogohlantirilsa, ular ko‘proq mashq qilib yoki dietalarini o‘zgartirib, kasallikka chalinish ehtimolini ozaytirishlari mumkin.


Kishilarning tashqi ko‘rinishi yordamida yurak qon-tomir kasalligiga chalinish ehtimolini aniqlash bo‘yicha bundan avval ham tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ular natijasida erkaklarda soch to‘kilishi, quloq suprasidagi chiziqlar hamda teri ostida xolesterin to‘planishi hamda yurak kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik borligi aniqlangan.


Joriy izlanish davomida esa peshonadagi gorizontal ajinlar hamda yurak-tomir kasalliklari o‘rtasida biror bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlash uchun 3200 odam sog‘lig‘i 20 yil davomida kuzatilgan.


Tadqiqot qatnashuvchilari peshonalaridagi ajinlarga qarab, uch guruhga bo‘lingan: ajinsiz shaxslarga 0, peshonasini chuqur ajin bosganlarga 3 ball berilgan. Izlanish boshlangan paytda ularning yoshi 32, 42, 52 yoki 62 da bo‘lgan.


Qatnashuvchilarning 15,2 foizida 2 va 3 balli ajinlar bo‘lgan, 6,6 foizida bir balli ajinlar bo‘lgan, 2,1 foizida esa umuman ajin bo‘lmagan.


Bir balli ajinga ega shaxslarning yurak qon-tomir xastaliklariga duchor bo‘lish ehtimoli ajinsiz shaxslarga qaraganda ozgina yuqoriroq ekanligi aniqlangan.


2 va 3 ball berilgan ajinlarga ega shaxslarning o‘lish xavfi esa, ajinsiz shaxslarnikidan deyarli 10 marta yuqori ekanligi kuzatilgan. Bu natija yosh, jins, ta’lim, chekish-chekmaslik, qon bosimi, yurak urishi hamda diabet kabi omillar e’tiborga olinganidan keyin aniqlangan.


Izlanish mualliflari so‘zlariga ko‘ra, peshonadagi ajinlar qanchalik chuqur bo‘lsa, yurak qon-tomir kasali tufayli halok bo‘lish xavfi shuncha oshadi.


Peshona ajinlari yurak qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini aniqlashda qon bosimi hamda lipid profili kabi mavjud uslublardan ustun emas. Shunday bo‘lsa-da, ular yordamida vaqtida bemorlarni ogohlantirish mumkin.


Hozircha ajin va yurak kasalliklariga chalinish o‘rtasidagi bog‘liqlik sababi nimada ekanligi noma’lum.


Bunday izlanish ilk marta o‘tkazilgani uchun uning natijalari yangi tadqiqotlar yordamida tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus