Добавить новость
World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Tarmoqda notanish repchining hijobni madh etuvchi ashulasi tarqamoqda

Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida hijob mavzusi qizg‘in muhokamaga sabab bo‘layotgan ayni kunlarda Young zapik taxallusli noma’lum repperning  “Hijobli ayol” degan ashulasi paydo bo‘ldi. Joriy hafta Telegram va Youtubeda tarqay boshlagan bu qo‘shiq muallifining shaxsi jamoatchilikka oshkor etilmayotir.  Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ ushbu qo‘shiq dindor qatlamning 5 sentabr kuni “ro‘molli ayollar himoyasiga bag‘ishlab” O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazishi rejalangan fleshmobi gimni sifatida aytilgan.


Hijobli qizga muhabbat izhori


Qo‘shiq  reperning “hijobli qizni o‘rash (tanishib olish) istagi aks etgan jumla bilan boshlanadi.


Hijobi yarashadi o‘ziga


Men esa qarolmayman yuziga


Hijobli go‘zalni o‘ragim kelar


Nega sevgim aytolmayman o‘ziga?


"Qo‘shiq"ning keyingi qatorida “hijobli qizning taqvosi” tarannum qilinadi.


Har kuni besh vaqt nomoz


Ko‘ksida sevgi  Olloh


Har nomozida yaqinlariga


So‘raydi Ollohdan panoh.


Hijobli ayolni sevib qolgan lirik qahramon tilidan kuylagan reper bu qizning “uyida o‘z taqdiriga yozilgan yorni xotirjam kutib o‘tirishi¸ hayo va iboli ekanini” alohida ta’kidlaydi.


Qo‘shiqda “hijobdan jannat ifori tarqalishi”¸ “hijobli qizning Ollohga yaqinligi” haqidagi  reklama sloganiga yaqin jumlalar takrorlanadi.


Young zapik taxallusli repperning boshqa qo‘shiqlari¸ xususan “Internet malikasi” qo‘shig‘ida dindor bo‘lmagan va internetda ko‘p o‘tiradigan qizlarning xiyonatga moyilligi¸ vafosizligi “uqtiriladi".


Isyonmi?


Huquq tizimlarining ehtimoliy ta’qibidan qo‘rqib ismi aytilmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan Misr madrasalaridan birida o‘qigan toshkentlik bloger bu repning hijob himoyasiga uyushtirilishi rejalangan fleshmob gimni sifatida aytilganini bildirdi.


"Bilasiz¸ Vazirlar Mahkamasi maktablarda yagona forma  joriy qilish haqida 666-sonli qarorni qabul qildi. Mamlakat fuqarolarida hukumat qaroriga qarshi tinch namoyish o‘tkazish borasida konstitutsion huquq bor. Shu huquq asosida 5 sentabr kuni ro‘mol o‘rash va hijob kiyish huquqini talab qilib tinch namoyishlar rejalangan edi. Ammo hukumat bunga yo‘l bermadi. O‘sha tadbirda bu qo‘shiq barchani birlashtiruvchi leytmotiv bo‘lsin¸ deb qabul qilingan edi. O‘xshamay qoldi"¸ dedi toshkentlik bloger.


Toshkentlik psixolog¸ ommaviy g‘alayonlar chog‘ida ruhiy holat mavzusida tadqiqot olib boratgan Dilafro‘z Davletova  Ozodlik bilan suhbatda internetning o‘zbek segmenti dogmatik  va toqatsiz yuzerlar maydoniga aylanganini ta’kidlaydi:


- Real hayotda o‘z fikrini izhor qilishga imkoni bo‘lmagan o‘zbek radikal dindorlari o‘z ichidagi par (bug‘)ni tarmoqda chiqarishmoqda. Bu qo‘shiq shunga misol. Qo‘shni respublikalarda esa dindor dogmatiklarga qarshi isyon alomatlari bor. Masalan¸ tojik rassomi Ma’rifat Davlatovaning yalang‘och qizlarni tasvirlagani yoki qirg‘iz qo‘shiqchisi Zeraning siynaband bilan ashula aytgani ham o‘ziga xos isyondir¸  deydi suhbatdosh.


“Bu kabi isyonlarning tarmoqda bo‘lgani hayotda bo‘lganidan ko‘ra ma’qulroqdir”¸ deb qo‘shib o‘tadi bu tahlilchi.


Mulozimlar ma’qullamaydi


O‘zbekistonda qo‘shiqchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "O‘zbekkonsert"ning 21 sentabr kuni Ozodlik suhbatlashgan xodimi Young zapik ismli repchining litsenziya olgan qo‘shiqchilar ro‘yxatida yo‘qligini aytdi.


Ismi efirda aytilishini istamagan mulozim “hijobni propaganda qiladigan qo‘shiqlarni ijro qilishga” rasman izn yo‘qligini ham tushuntirdi.


Unga ko‘ra¸ o‘tgan oy "O‘zbekkonsert"da bo‘lgan yig‘ilishda aynan shu masala muhokama qilingan.


"O‘zbekkonsert" davlat muassasasida "Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy, axloqiy tarbiyasidagi o‘rni va san’atkor odobi" mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda diniy qo‘shiqlar aytgan¸ hijob o‘rab rasmga tushgan va soqol qo‘ygan qo‘shiqchilar  tanqid qilindi"¸ deydi mulozim.


Dindorlar ham qarshi


O‘zini Foruq Umar deb tanishtirgan toshkentlik 21 yashar talaba “har qanday qo‘shiq¸ shu jumladan hijob tarannum qilingan qo‘shiq" ijrosiga qarshi ekanligini aytadi.


"Islomda faqat urush paytida nog‘ora chalishga izn bor. Siz aytgan qo‘shiq hozir tarqalib yuribdi Telegramda. Ba’zi musulmonlar buni bilib-bilmay targ‘ib qilib gunohga  ham  botayapti"¸ deydi asl ismini ochiqlashni istamagan bu suhbatdosh.


Unga ko‘ra¸ “bir qo‘shiqchining hijobdagi iboli qizni "o‘rab"¸ sevgi izoh qilishga urinishining o‘ziyoq behayolikdir”.


O‘zbek reperining  “hijobni targ‘ib qilgan” qo‘shig‘i tarqalgan bir paytda Dog‘istonda rep "islomga zid axloqsizlik" deb topildi.


Rossiyaning eng konservativ jamiyatlaridan biri bo‘lgan Dog‘iston  reperlar va boshqa estrada xonandalari uchun taqiq joriy qilingan hududga aylanishi mumkin.


O‘zbekistonlik repper MC Donining 8 sentabr¸ El-Jey va estrada xonandasi Yegor Kridning 9 sentabrda Maxachqalada o‘tkazilishi mo‘ljallangan konsertlari xavfsizlik xavotirlari ortidan bekor qilindi. Bunga tadbir oldidan ijtimoiy tarmoqlarda avj olgan haqorat va turli tahdidlar sabab bo‘ldi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus