Добавить новость


World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Tojikiston - MDHda eng qashshoq mamlakat

MDH Statistik ma’lumotlar qo‘mitasining hisobotiga ko‘ra, Tojikiston aholisining 30 foizdan ko‘prog‘i qashshoqlik domida kun kechirmoqda. Ushbu hisobotda Qirg‘iziston va Qazoqistonda qashshoqlik darajasi 25,4 va 2,6 foizni tashkil etgan. Ammo O‘zbekiston va Turkmanistondagi holat bo‘yicha ma’lumot mavjud emas.


19 iyun kuni MDH Internet sahifasida chop etilgan hisobotda Tojikiston Mustaqil Davlatlar Hamdӯstligida eng qashshoq mamlakat sifatida ko‘rsatilgan


Unda ta’kidlashicha, qashshoqlik darajasi Jahon Banki o‘rnatilgan xalqaro metodologiya asosida aniqlangan.


Ayni metodologiyaga muvofiq, kuniga 1,9 dollardan kam daroma ko‘rgan shaxs kambag‘al hisoblanadi.


BMT Jahon oziq-ovqat dasturi 2017 yil oxirida e’lon qilgan hisobotida ham Tojikiston aholisining 30 foizdan ortig‘i to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani aytilgandi.


Unda urg‘u berilishicha, Tojikistonda 2,5 million odam oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan.


Bu raqam Qirg‘izistonda 6,5, O‘zbekistonda 6,3 foizni tashkil etadi.


Hisobotda, ayniqsa, Tojikistonning qishloq joylarida vitaminli va kaloriyali ovqatga to‘ymagani sababli 5 yoshga to‘lmagan ko‘p bolalar jismoniy rivojlanishdan qolgan.


Ayni damda, 20 iyun kuni Tojikiston parlamenti quyi palatasida “Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish” bitimining muhokamasi jarayonida mamlakatdagi qashshoqlik vaziyatiga e’tibor qaratildi.


Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirining muovini Saida Umarzoda parlament sessisyasida chiqish qilib, mamlakatdani qashshoqlik darajasini izohlab berdi.


- Tojikistonda biron daromad manbalariga ega bo‘lmagan, ish joyi bo‘lmagan va nogiron farzandi bo‘lgan shaxs qashshoq hisoblanadi. Qashshoq oilalarga hukumat tomonidan moliyaviy yordam yetkazilib, ularga elektr quvvatidan foydalash puli 50 foiz miqdorida kam belgilangan, - dedi Saida Umarzoda.


Rasmiy ma’lumotlarga binoan, bugun Tojikistonda 80 mingdan ortiq oila qashshoqlar ro‘yxatiga kiritilgan.


Bu oilalar yiliga davlatdan 400 somoniy yoki 46 dollar miqdorida moliyaviy yordam oladi.


Tojikiston parlamenti raisi Shukurjon Zuhurov qishloq joylardagi yo‘qsil oilalarga moliyaviy yordam miqdori juda kam ekanligidan tashvish bildirdi.


- Bunday oilalarga oyiga 20 somoniy yoki 2,5 dollar miqdorida yordam beriladi. Bu pul qishloqdan tuman markaziga borishga ham yetmaydi. Ya’ni, ushbu moliyaviy yordamning ma’nisi qolmagan. Bu masalani boshqatdan ko‘rib chiqish lozim,-dedi Shukurjon Zuhurov.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus