O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Urganch tuman prokurorining 10 xil dori mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik to‘g‘risida “Xorazm dori-darmon” shirkati hamda Urganch tumani tibbiyot birlashmasiga yo‘llangan xati yuzasidan izoh berdi. Bosh prokuratura 21 iyun kuni Ozodlikka yo‘llagan bildiruvida Urganch tuman prokurori D.Madirimov xatining mazmuni yanglish ifodalanganligi sababli, u hozirda yuridik kuchga ega emasligi, xatda qayd etilgan dori vositalarini sotuvdan olib tashlash bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmaganini ma’lum qildi.