"Mirziyoev lyustratsiyasi": Hukumat “jarrohlik yo‘li bilan” o‘qituvchilarni zulmdan ozod qilmoqchimi?
21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bosh vazir “O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilish illatini jarrohlik yo‘li bilan bartaraf qilamiz” deb aytdi.
O‘zbek o‘qituvchilarning mashxur qiziqchi aytmoqchi traktorchidan ham pasayib ketgan obro‘sini hukumat qay tarzda tiklay oladi. Bu savol javobini Ozodlikning Qurultoy dasturida qidirdik.