Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga uch yil rahbarlik qilgan Muzaffar Pardaev hibsga olingan. O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasiga yaqin Ozodlik manbalariga ko‘ra, “yirik kamomad”da gumonlanayotgan Pardaev o‘n kundan buyon Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida so‘roq qilinmoqda.