Toshkentdagi “Malika” yarmarkasi egalaridan biri – Rossiyaning “Lessor Plyus” shirkati savdo majmuasi Toshkentning sobiq prokurori Mirag‘lam Mirzaev odamlari tomonidan reyderlik yo‘li bilan tortib olinganini iddao qilmoqda. Rus tadbirkorlari nomidan gapirgan peterburglik biznesmen Nikolay Baranov O‘zbekiston prezidentiga videomurojaat qilib, vaziyatni o‘rganish va huquq muhofazasi sohasida tartib o‘rnatishni so‘radi.