Добавить новость
World News


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ayol ikki o‘g‘li va o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bolalar o‘ldi, ayol tirik.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashaydigan 27 yashar ayol 15 aprel kuni o‘zi va uxlab yotgan ikki nafar o‘g‘liga benzin sepib, o‘t qo‘ygan.


Yuz foiz kuyish jarohati olgan bolalar o‘lgan, ayol 80 foizlik kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Ayol va bolalarni qutqarishga harakat qilgan er 15 foiz kuyish jarohati olgan.


Bu voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Sho‘rchi tumanining Navro‘z mahallasida yashaydigan 27 yashar S.T.(ayol va uning fuqaroviy erining ismi Ozodlikka ma’lum, lekin tergov siri bo‘lgani sababli oshkor etilmaydi - tahririyat) 14 apreldan 15 aprelga o‘tar kechasi o‘zi va farzandlari uch yashar Shohruh, bir yashar Umarga benzin sepib o‘t qo‘yib yuborgan.


Bu voqeani tasdiqlagan Surxondaryo viloyati prokuraturasining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimiga ko‘ra, voqea ayol va uning eri o‘rtasidagi janjal oqibatida kelib chiqqan:


“Voqea 15 aprel kuni yarim kechasi soat ikkilarda sodir bo‘lyapti. S.T. 25 yashar fuqaroviy eri N.O. bilan o‘zining ijarada turgan uyida janjallashib qolgan. Birinchi surishtiruvlarga ko‘ra, janjal rashk oqibatida kelib chiqqan. Keyin ayol kanistrada turgan ikki litr benzinni uxlab yotgan bolalari va o‘zining ustiga sepib yoqib yuborgan. Bu voqeadan xabar topgan qo‘shnilar militsiya va o‘t o‘chiruvchilarga darhol xabar bergan”, deydi mulozim.


Prokuratura tergovchisining aytishicha, bu ish yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining qasddan odam o‘ldirish va o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:


“Ikki bola voqeaning ertasi kuni kasalxonada jon berdi, chunki kuyish darajasi qariyb yuz foiz bo‘lgan. Onasi 80 foiz kuygan va u hozir kasalxonada. Erkakning kuyish darajasi 15 foiz va u ham kasalxonada. Tergovchilar hozir surishtiruv olib boryapti”, dedi prokuratura mulozimi.


Navro‘z mahallasining ismi sir qolishini so‘ragan faollaridan birining Ozodlikka aytishicha, ayol fuqarolik erining boshqa qizga uylanmoqchi ekanligini eshitganidan so‘ng janjal qilib, o‘ziga o‘t qo‘ygan:


“Bu yigit bu ayol bilan shar’iy nikohdan o‘tib, birga yashab yurardi. Men olgan ma’lumotga ko‘ra, hali rasman uylanmagan yigitning ota-onasi boshqa qizga uylantirmoqchi bo‘lishgan ekan. Yigit shu haqda ayolga aytgan va u janjal qilgan. O‘sha kech ikkisining o‘rtasidan qanday gap o‘tgan, buni bilmayman, lekin ayol rashk sabab o‘zi va bolalarning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan”, deydi mahalla faoli.


Ozodlik bog‘langan Sho‘rchi tumani kasalxonasining shifokoriga ko‘ra, ayolning ahvoli og‘ir:


“80 foiz kuyish darajasi olgan, ahvoli juda og‘ir. Boshqa hech narsa aytolmayman”, dedi kasalxona shifokori.


O‘zbekistonda maishiy muammolar sabab, yaqin qarindoshlarning bir-birini o‘ldirish holatlari uchrab turishi haqida Ozodlik bir necha bor xabar bergan.


Andijon shahar Ishchilar mahallasida yashagan 66 yashar ayol 31 mart kuni o‘ziga o‘t qo‘ydi va 2 aprelda kasalxonada jon berdi. O‘tgan yili dekabrda bu ayolning 9-sinfda o‘qiydigan nevarasi o‘z akasidan tuqqani shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.


Moskvada muhojirotda bo‘lgan o‘zbekistonlik 32 yoshli Dilfuza ismli ayol yaxshi ko‘rgan yigiti Sirojiddin boshqa qizga uylanganini bilganidan so‘ng o‘ziga o‘t qo‘ygan edi.


Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 35 yoshli erkak 22 mart kuni 2-guruh nogironi bo‘lgan 57 yoshli otasini bo‘g‘ib o‘ldirgan.


Joriy yilning 26 mart kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida 35 yashar aka 33 yoshlik tug‘ishgan ukasini pichoqlab o‘ldirgan edi.


14-mart kuni Samarqand viloyat, Kattaqo‘rg‘on tumanida uka uy ustida talashib akasi va yangasini bolta bilan chopib o‘ldirgan edi.

Читайте на сайте


Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. Абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city
Музыкальные новости
Новости России
Экология в России и мире
Спорт в России и мире
Moscow.media










Топ новостей на этот час

Rss.plus