Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni etib belgilandi. Yurtimiz bo‘ylab bu yil ilk bor nishonlayotgan ushbu sana “Hosil bayrami” tadbirlari bilan uyg‘un o‘tmoqda.