O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab 10 kilometr masofaga yugurish marafoni o‘tkazildi. Marafon doirasida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli vertolyotlar orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i olib o‘tildi.