“The New York Times” gazetasi yozishicha, Bahrayn boshqa Fors ko‘rfazi davlatlari ko‘magida Eronning mintaqa mamlakatlariga qarshi harakatini qoralovchi, Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun kuch ishlatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etishga urindi. Binobarin, bu tashabbus BMT Xavfsizlik kengashining bir necha doimiy a’zosi qarshiligiga duch keldi.