Maral ikki yosh farzandini boqish uchun jinsiy xizmat ko‘rsatuvchi ayolga aylandi. Oilasining yagona boquvchisi bo‘lgan 38 yoshli ayol to‘rt yil oldin moliyaviy tanglik uni fohishalikka majbur qilganini aytdi.
"Shunday paytlar bo‘ldiki, bolalarimga haftalab issiq ovqat pishirishga ham, maktab anjomlari sotib olishga ham qurbim yetmasdi," deydi Maral. Uning ismi shaxsini himoya qilish maqsadida o‘zgartirilgan.
Maral Turkmanistonda keng tarqalgan qashshoqlik, ishsizlik va og‘ir...