Qozog‘istonda 25-dekabr kuni ertalab Bokudan Grozniyga uchayotgan "Azerbaijan Airlines" aviakompaniyasining Embraer 190 samolyoti halokatga uchradi. Uning bortida 64 yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgan, ulardan 38 nafari halok bo‘ldi.
Kuch tizimlariga yaqin Baza kanalining xabar berishicha, Checheniston poytaxtidagi aeroport dronlar hujumi tufayli samolyotlarni qabul qilmagan. Grozniy aeroportida samolyot tuman tufayli Maxachqalaga, keyin esa Aqtauga yo‘naltirilganini aytishdi....