Suriyada 11 kun ichida prezident Bashar Asadni hokimiyatdan ag‘dargan qurolli islomiy muxolifatning Damashqqa yurishi chog‘ida tarmoqlarda o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jangarilarning o‘nlab videolari tarqaldi.
8-dekabr kuni Suriyada Asadlar xonadonining yarim asrdan ko‘p davom etgan hukmronligi nihoyasiga yetdi - Bashar Asad rejimi quladi.
Bu rejimni qulatgan “Hay’at Tahrir ash-Shom” nomli qurolli guruh safida o‘nga yaqin, jumladan “Tavhid va Jihod” deb nomlangan o‘zbek jangarilari...