O‘zbekistonda uy quruvchilar va davlat fermerlar hamda fuqarolarning yer va uy-joylariga da’vo qilganda, qonun osongina suiiste’mol qilinishi mumkin.
Britaniyadagi Olster universiteti va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbek forumi hamkorlikda tayyorlagan hisobot xulosasi ana shunday.
The Diplomat nashri hisobotning asosiy nuqtalarini sharhlagan.
2019-yil 18-yanvar kuni Namangan viloyati Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov tumandagi 450 ga yaqin fermerga tumanning madaniyat markazida...