Мы в Telegram
Добавить новость

Оборот розничной торговли в Сергиевом Посаде составил 12 млрд рублей

Минюст РФ внес Freedom House в реестр нежелательных организаций

В Подмосковье онкохирурги удалил женщине 2 опухоли яичников весом 14 кг

Не маленькая еще? «Дочка» Пугачевой потратила 1 млн рублей



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Uch oy avval prezident tanqid qilgan To‘ra Bobolov ishdan ketdi

Uch oy avval prezident tanqid qilgan To‘ra Bobolov ishdan ketdi

Surxondaryo viloyatiga 3 yil 7 oy davomida hokimlik qilgan 52 yashar To‘ra Bobolov lavozimidan ozod qilindi.

Prezident matbuot xizmati Bobolovning boshqa ishga o‘tgani uning iste’fosiga sabab bo‘lgani haqida yozdi. Hozircha Bobolovning yangi lavozimi ma’lum emas.

Vaziyatdan xabardor manbalarga ko‘ra, Bobolovning ishdan ketishi masalasi 3 oy avval hal bo‘lgan, biroq uning o‘rniga munosib nomzod tanlash jarayoni cho‘zilgan.

Bobolovning tuman prokurori va hokimlariga tahdid qilgani aks etgan audiolari uning o‘zining “boshiga yetgani” taxmin qilinmoqda.

27-sentabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Bobolovni ushbu audiolar uchun tanqid qilib, unga ish haqining 40 foizi miqdorida jarima solgan.

Sentabrning boshida prezident Mirziyoyev ham Bobolovni ushbu audiolar uchun tanqid qilib, ishdan olish bilan tahdid qilgan.

Vaziyatdan xabardor manbalar iddaosicha, Bobolov Zaynilobiddin Nizomiddinovga yaqin shaxslardan biri bo‘lgani sabab uni ishdan olish masalasi yozdan beri kun tartibida bo‘lgan.

Qariyb ikki yildan beri panjara ortida qolayotgan bloger Otabek Sattoriyning qamalishida ham To‘ra Bobolovning qo‘li borligi iddao qilib kelinadi.

3 oy kutilgan qaror

Prezident matbuot xizmati 26-dekabr kuni tushga yaqin tarqatgan xabarga ko‘ra, To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan.

O‘zbekiston prezidentining bunga oid farmonida Bobolov “boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan” ishdan ketgani aytilgan, biroq uning qaysi ishga o‘tkazilganiga aniqlik kiritilmagan.

Prezidentning boshqa bir farmoni bilan Bobolovning o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov tayinlangan. Bu vazifaga tayinlanguniga qadar Ulug‘bek Qosimov Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovning 27-sentabr kuni o‘tkazgan shov-shuvli videoselektoridan so‘ng tarmoqlarda To‘ra Bobolovning ishdan ketishiga oid xabarlar bir necha bor tarqaldi.

Umurzoqov o‘sha yig‘ilishda bir nechta hokimni tanqid qilib, ularni prezident komandasi va davlat tizimini sharmanda qilganlikda ayblagan edi.

Shu kunning o‘zida 5 ta tuman hokimi ishdan olindi. To‘ra Bobolov esa jarima bilan qutulgan edi.

Umurzoqov o‘shanda Bobolovga nisbatan intizomiy chora ko‘rilganini aytgan edi:

“To‘ra Bobolov, siz o‘rnak bo‘lmayapsiz. Internetda chiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topshirig‘i bilan sizga intizomiy jazo chorasi sifatida oylik ish haqining 40 foizi miqdorida jarima qo‘llandi”.

Oktabrning boshida esa Shavkat Mirziyoyev ham To‘ra Bobolovning prokurorga qilgan tahdidli audiosini eslatib, uning ishdan olinishiga sha’ma qilgandi:

“Surxondaryoda, janob, prokuror bilan gaplashayotgan bir hokim bor - 29 ta maktab. Sen prokuror bilan telefonda gaplashishdan oldin maktablar qurilishini joyiga qo‘yib qo‘y. Charchagan bo‘lsang, ishdan olaman seni ham”.

Ushbu voqealardan so‘ng 3 oy davomida tarmoqlarda bir necha bor To‘ra Bobolovning iste’fosi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi.

Surxondaryo hokimligiga yaqin yana bir manbaning aytishicha, To‘ra Bobolovning ishdan olinishi masalasi 3 oy avval hal bo‘lgan, biroq uning o‘rniga nomzod topish jarayoni cho‘zilgan xolos.

Manbaga ko‘ra, Surxondaryoning Afg‘oniston bilan chegarada joylashgani sabab u yerga munosib nomzod topish ko‘p vaqt olgan.

To‘ra Bobolov keyingi paytda Afg‘onistonning yangi hukumati vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralarda ishtirok etgan. Shuningdek, O‘zbekiston hukumatining Afg‘onistonga jo‘natgan gumanitar yordamlarini yetkazib berishga ham boshchilik qilib kelayotgan edi.

Tekshir-tekshirlar

Ozodlikning Surxondaryo viloyat hokimligiga yaqin manbalariga ko‘ra, keyingi 3 oy davomida viloyatda Toshkentdan kelgan maxsus komissiya tekshiruv o‘tkazgan.

 

“Menimcha tekshiruv natijalari yaqinda e’lon qilinsa kerak. Prezidentning o‘zi kelmasa ham, Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Surxondaryoga kelib, katta yig‘ilish o‘tkazib, shu tekshiruvlar natijasini e’lon qiladi, degan gaplar bor. Lekin ko‘p narsani baribir bosti-bosti qilishga ulgurishdi”, dedi xavfsizlik sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan manba.

Surxondaryoda tekshiruvlar bo‘lishi haqida Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov 27-sentabr kungi yig‘ilishda ham gapirgan edi:

“Tegishli mutassaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks o‘rgansin, muammolarga echimi bilan taklif tayyorlasin, kerak bo‘lsa aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan jinoiy ish ochishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilsin”.

Hozircha Umurzoqov tilga olgan ushbu tekshiruv natijalari borasida matbuotda biror ma’lumot ochiqlanganicha yo‘q.

“So‘kong‘ich” hokim

To‘ra Bobolovning iste’fosiga sabab bo‘lgani aytilayotgan o‘sha audiolardan birinchisi joriy yil avgust oyi oxirida tarmoqlarda tarqalgan edi.

O‘sha audioda Bobolovning yig‘ilishga kelgan Angor tumani prokurorini haqorat qilgani aks etgan. Bobolov prokurorga vazifalarini bajarmagani va tashkilotlarga nisbatan jinoyat ishi ochgani uchun tanbeh bergan.

Biroz o‘tib, To‘ra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster rahbarini qo‘pol ravishda qoralagan yangi audiosi tarmoqlarda tarqaldi.

Bu audioyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan va To‘ra Bobolovga nisbatan noroziliklarni keltirib chiqargandi.

Ayni paytda Ozodlik suhbatlashgan manbalar To‘ra Bobolovning ushbu audiolari atayin tarqatilganini iddao qildi.

Bobolovning prokurorni so‘kkan audiosi aslida 2021-yilning dekabridagi voqea bo‘lib, u oradan 9 oy o‘tibgina tarmoqlarga sizdirilgan. Bu Surhondaryo viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan.

Vaziyatdan xabardor manbalardan biri To‘ra Bobolovning Prezident Administratsiyasi sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga tegishli shaxslardan biri bo‘lganini iddao qildi.

“Nizomiddinovning odamlari hammasi tozalandi. Bobolovning shu paytgacha o‘rnida qolganining o‘zi qiziq”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz manba.

Joriy yil iyulida Zaynilobiddin Nizomiddinovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligidan olinishi ortidan unga yaqinligi aytilgan bir qancha mulozimlar lavozimidan olindi.

Bobolov va Sattoriy

To‘ra Bobolov matbuotda eng ko‘p gapirilgan hokimlardan biridir. Mahalliy matbuotda Bobolov maqtalgan maqolalarning son-sanog‘i yo‘q.

Ayni paytda tarmoqlarda keyingi ikki yilda Bobolov eng ko‘p tanqid qilingan hokimlardan ham biridir.

Ayniqsa, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning qamalganidan keyin Bobolovning bunda qo‘li borligi iddaolari ko‘paydi.

Taniqli publitsist Sharof Ubaydullayev ham Ozodlik bilan suhbatda Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov o‘zining “ketini yopish uchun bloger Otabek Sattoriyni qamoqqa tiqqanini" idaao qilgan.

Mahalliy jurnalistlar bu borada Bobolovning o‘zidan so‘raganida, u bu iddaolarni rad qilgan.

YouTube portalidagi “Xalq fikri” videoblogida tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan Otabek Sattoriy 2021-yil 10-mayida 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Xalqaro tashkilotlar Otabek Sattoriyning sohta ayblovlar bilan qamalganini ta’kidlab kelishadi.

Human Rights Watch xalqaro tashkiloti bayonotida, Otabek Sattoriyning qamalishi haqida sud tomonidan chiqarilgan hukm so‘z erkinligiga qarshi zarba va mahkama xatosi bo‘lib hisoblanadi, deyilgan.

Kassirlikdan hokimlikka ko‘tarilgan Bobolov

To‘ra Abdiyevich Bobolov 1970-yilda Surxondaryoning Angor tumanida tug‘ilgan.

U 1992-yilda Toshkent iqdisodiyot universitetini tugatgan.

U mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida kassirlikdan boshlagan.

Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i va boshqa bir qancha lavozimlarida ishlagan.

Hokimlikka tayinlanishidan avval Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

2019-yil 1-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyatga yangi hokim etib To‘ra Bobolovni tayinladi.

2020-yilda Bobolov Surxondaryo viloyat hokimligiga qayta tayinlandi.

2020-yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida deputatlikka saylangan.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Лесной пожар потушили в Железнодорожном

«Большие семейные выходные» ждут свердловчан в начале лета

Качканар уже начал отмечать День города

Команда HOTU: как живут профессиональные киберспортсмены из Якутии

Музыкальные новости

Активиста Булатова оштрафовали на 50 тысяч рублей за дискредитацию армии

Футбол Беларуси. Минское «Динамо» сразилось с «Шахтером» из Солигорска

Юные туляки стали лучшими на первенстве России по карате спорта глухих

Легенда "Спартака" Ловчев: немного перестал уважать Галицкого за отставку Ивича

Новости России

Идея для завтраков, удивительные калитки и дикий кабан с «Гастрономической карты России»: как мы заново открыли для себя ресторан «Карелия»

Кадыров сообщил, что встретился в Москве с королем Бахрейна Аль Халифой

"Добро пожаловать восвояси": После призыва "не обострять" из-за никабов последовал жёсткий ответ эксперта

Команда HOTU: как живут профессиональные киберспортсмены из Якутии

Экология в России и мире

Июньские дни духовности: Православные праздники месяца от ясновидящей Галины Янко

Команда ювелирной сети «585*ЗОЛОТОЙ» приняла участие в благотворительном забеге от фонда «Антон тут рядом»

Relax-медитация объединит города России

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

Спорт в России и мире

Арина Соболенко сняла траур по Кольцову и завела новые романтические отношения

Екатерина Александрова уступила Линетт во втором круге турнира в Страсбурге

Почеттино может возглавить «МЮ», Надаль думает о продолжении карьеры. Главное к утру

Рахимова на отказе соперницы вышла в четвертьфинал турнира в Рабате

Moscow.media

Страхование грузов: как «Грузовичкоф» защищает клиентов от убытков 

Принцеса на горошине.

Шапки женские на Wildberries — скидки от 398 руб. (на новые оттенки)

«Эдит Про» доработает биллинговую систему АО «ЭнергосбыТ Плюс»











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Идея для завтраков, удивительные калитки и дикий кабан с «Гастрономической карты России»: как мы заново открыли для себя ресторан «Карелия»

Качканар уже начал отмечать День города

Собянин пригласил москвичей и гостей столицы на фестиваль «Рыбная неделя»

"Добро пожаловать восвояси": После призыва "не обострять" из-за никабов последовал жёсткий ответ эксперта