Мы в Telegram
Добавить новость

Духовное управление мусульман озвучило условие для запрета никаба в России

На дорогах Подольска выявляют должников-налогоплательщиков

Эксперты: Китай отрабатывает не вторжение, а блокаду Тайваня

МЧС назвало причиной пожара в хостеле в Истре аварийную работу электросети

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Mirziyoyev energotizimdagi avariyadan saboq chiqarishga chaqirdi - elektr hanuz to‘liq tiklangani yo‘q

Mirziyoyev energotizimdagi avariyadan saboq chiqarishga chaqirdi - elektr hanuz to‘liq tiklangani yo‘q

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 - yanvar kuni  o‘tgan videoselektorda seshanba kuni O‘zbekiston va mintaqada yuz bergan blekaut sabablari va oqibatlariga to‘xtaldi. U vaziyatni shaxsan nazoratiga olganini aytib,  texnogen avariyadan saboq chiqarish muhimligini  ta’kidladi.

“Mana, kuni kecha elektr ta’minoti bo‘yicha sodir bo‘lgan texnik uzilish bir zumda butun mintaqa hayotida kuchli aks-sado berganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Bu avariyadan o‘sha zahotiyoq xabar topib, darhol Hukumat komissiyasini tuzishga topshiriq berdim. Komissiya, tarmoq va hudud rahbarlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, avariya hamda uning iqtisodiyot va aholi hayotiga salbiy ta’sirini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni shaxsan nazoratimga oldim", deya Mirziyoyev so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Prezident matbuot xizmati.

Ayni paytda, Mirziyoyev topshirig‘i bilan tuzilgan maxsus hukumat  komissiyasi oradan bir sutka o‘tib, hodisa yuzasidan matbuotga biror bayonot bergani yo‘q.

O‘zbekiston Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdumalik Nazirovning ma’lum qilishicha, mamlakatda elektr energiya ta’minotini tiklash ishlari 27 - yanvar kuni ham davom etadi.

Chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 holatiga  respublikaning 75 foiz qismida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan, issiqlik, tabiiy gaz va suv ta’minotida hanuz muammolar bor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi  tibbiyot muassasalari 25 - yanvarning o‘zidayoq uzluksiz energiya ta’minotiga o‘tkazilganini bildirdi.

Ammo Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra, rasmiy bayonotlarga zid ravishda, tabiiy gazga ulangan aksar hududlarda bosim juda pastlab ketgan, ko‘p qavatli uylar hanuz isigani yo‘q, ichimlik suvi esa bir tekisda yetkazilmayotir.

 

 

Blekaut turli hududlarda 3 soatdan 10 soatgacha davom etdi

25 - yanvar kuni O‘zbekiston va qo‘shni 2 davlat Qozog‘iston va Qirg‘izistonda, mintaqa tarixida kuzatilmagan keng ko‘lamida elektr toki uzilishi, zulmat yoki blekaut yuz berdi.

Toshkent vaqti bilan soat 11larda O‘zbekistonning qariyb hamma hududi, qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonnning ham katta qismi elektr tokidan birdan uzilib qoldi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, blekaut turli hududlarda taqriban 3 soatdan 10 soatgacha davom etgan. Ammo, mamlakat tarixida kuzatilgan mislsiz texnogen hodisadan bir kun o‘tib, O‘zbekistonning ayrim hududlarida hanuz chiroq yongani yo‘q.

Rasmiy xronologiya

26 - yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 15 ga qadar berilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonning 75 foiz qismida elektr ta’minoti tiklangan.

Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida Energetika vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdumalik Nazirov ma’lum qildi.

Nazirov shuningdek, blekautning rasmiy xronologiyasini ham bayon qildi:

"Blekaut 25 - yanvar kuni 10:57 da Sirdaryo IESda nosozliklar yuzaga kelishi bilan boshlandi. Buning oqibatida esa 1600 Megavatt quvvat yo‘qotildi. Natijada yuzaga kelgan nosozlikni to‘xtatish va zararning oqibatlarini kamaytirish uchun boshqa generatorlarning ishlashi ham to‘xtatildi. Bunda keng ko‘lamli avariya holatining oldini olish maqsadi ko‘zlangandi. Sababi tizimlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Shundan so‘ng, elektr ta’minotini tiklash ishlari doirasida birinchi navbatda Chorvoq GES faoliyati tiklandi.

O‘z navbatida qo‘shni davlatlar tomonidan ham yordam ko‘rsatildi. Gaz konlari faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu juda muhim omil, sababi elektr toki ishlab chiqarish gaz bilan uzviy bog‘liq", dedi u.

Ayrim hududlarda nosozliklar bor

26 - yanvar kuniga kelib respublikadagi 8 hududda - Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

“Biroq, ayrim nosozliklar tufayli transformator punktlari, podstansiyalar va kabel tarmoqlarida muammolar paydo bo‘lishi va elektr ta’minotida uzilishi kuzatilgan holatlar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ba’zi xonadonlar hali ham elektr energiyasiga ulanmagan bo‘lishi mumkin. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan bartaraf etiladi», deyildi vazirlik 26 - yanvar kuni e’lon qilgan yana bir xabarda.

Energetika vazirligi matbuot kotibi Elmira Bekmurodovaning AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, seshanba kuni mamlakat elektr tizimida yuzaga kelgan nosozliklar tufayli gaz ishlab chiqarish hajmi kamaygan, shu bois, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq Issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha obyektlari va aholiga yo‘naltirilishini bildirdi.

Buning oqibatida, 26 - yanvardan boshlab, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritildi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilarga esa tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi.

 

Kommunal xizmat: Qozonxonalar qayta ishga tushdi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga ko‘ra, 26 - yanvar soat 09:30 ga kelib, mavjud 500 ta qozonxonadan 444 tasi ishini qayta tiklagan.

Toshkent shahridagi markaziy isitish qozonxonalari 3-4 soat oralig‘ida to‘liq ish rejimiga o‘tishi va ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar isiy boshlashini va’da qilgan edi.

 

Vazirlikning qayd etishicha, ayni paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida aholiga ichimlik suvi yetkazib berish 100 foizga tiklangan.

 

“Hududgazta’minot”: tabiiy gaz ta’minotida muammolar bor

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi hududidagi viloyatlari, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining bir qator tumanlari hamda Toshkent shahrida, blekautdan bir sutka o‘tib, tabiiy gaz yetkazib berishda bosimning pasayishi yoki uning yo‘qligi kuzatilmoqda.

“Hududgazta’minot” AJ tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini bildirdi.

Ayni paytda tashkilot aholini ogohlantirmoqda:

“Hozirgi vaqtda gaz yetishmasligi yoki uni yetkazib berish paytida bosim pasaygan manzillarda gaz ishlatadigan barcha jihozlarni o‘chirib qo‘yish va binolarda gaz hidi yo‘qligini tekshirish kerak”.

Blekaut sababli, O‘zbekiston bo‘ylab 25 - yanvar kuni elektr ta’minotida yuzaga kelgan va uzoq davom etgan uzilishlar tufayli “Gazli”, “Sho‘rtan” va “Muborak” neft-gaz qazib olish boshqarmasiga qarashli 64 ta konning ishi vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Bu esa “O‘ztransgaz” AJ magistral gaz quvurlari hamda “Hududgazta’minot” AJ mahalliy tarmoqlarida gaz bosimining pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan.

26 - yanvar kuni, aksar konlarda ish tiklangani va tez orada tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti izga tushishi va’da qilindi.

Shoxobchalarda turnaqator navbatlar

Feysbuk, Telegram, Instagram, Odnoklassniki kabi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilayotgan postlarga ko‘ra, respublikaning aksar hududlari, hatto Toshkent shahrida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin va metan gazga yana navbatlar yuzaga kelgan.

 

Aholiga berilayotgan tabiiy gaz ta’minotiga oid xabarlar turlicha. Ayrim hududlarda, masalan Namanganda seshanba kuni elektr uzilgan paytda tabiiy gaz bosimi ortgani kuzatildi.

Ammo, bugunga kelib, barcha tabiiy gazga ulangan hudularda, aslida past bosim yanada pasaygani kuzatilmoqda. Buni, “Hududgazta’mnot” jamiyati ham tan oldi va ta’minot blekautdan oldingi holiga qachon qaytishi hozircha noma’lum.

Tarmoqlar: Uylar hanuz isimadi, ichimlik suvi yo‘q

Aksar yirik shaharlarda markaziy isitish tizimiga ulangan uylar hanuz isimagani haqida va bu qozonxonalarning bosqichma-bosqich ishga tushayotgan bilan bog‘liq ekani rasman izohlandi.

Bundan tashqari, ichimlik suvi borasida ham, rasmiy bayonotlarga zid ravishda, bir tekis ta’minot kuzatilmayotganidan shikoyatlar kuzatilmoqda.

Hatto, Toshkent shahrining ayrim hududlariga suv yetkazib berilmagani va natijada, 25 - yanvar kechga yaqin Toshkentda aholiga suv yetkazib beruvchi ko‘ngilli mobil guruhlar paydo bo‘lgani kuzatildi.

Bozorlar: Sham hanuz tanqis

Tarmoqda trendga chiqqan xabar mamlakat bo‘ylab sham narxining 1 yarim ming so‘mdan 7 ming so‘mga oshib ketgani bo‘ldi.

Chirog‘imiz yonib qolar, deb kutib o‘tirgan aholi, 25 - yanvar svet yonavermagach tushdan keyin bozorga chopgani va uzundan-uzoq navbatlar, hatto ur-yiqit bilan sham sotib olayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Hatto Toshkentning O‘rikzor bozorida ham ayni holat qayd etildi.

 

Hozirga kelib, bozorlarda ahvol oldingi holiga qaytgan, osoyishtalik kuzatilmoqda. Ammo, bu osoyishtalik sham narxini tushirmagan. Kuzatilishicha, bozorlarda sham narxi 4 yarim - 5 ming so‘m atrofida qolmoqda.

 

Hozircha blekaut mamlakat iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazgani borasida rasmiy raqam aytilgani yo‘q. 

Telegram-kanallarda  poytaxt va viloyatlarda gazga moslashgan  umumiy ovqatlanish markazlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani xabar qilindi.

"Gaz shoxobchalaridagi vaqtincha cheklov shahar taksisi, viloyatlararo yo‘lovchi tashish, yetkazib berish xizmatlari narxlarini 15-20 foizga qimmatlashtirdi", deb yozdi iqtisodchi Otabek Bakirov o‘zining Telegram-kanalida.

Uning ta’kidlashicha, blekaut yetkazgan zarar  yanvar oyidagi inflyatsiya ko‘rsatkichlarida aks etmay qolmaydi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В мытищинском парке прошел «Открытый микрофон»

Воробьев пожелал выпускникам школы № 10 в Реутове успешно сдать экзамены

"Плоские тарифы" предложили установить на рейсах Москва-Благовещенск-Москва

Стало известно подробное расписание выступлений артистов на фестивале «Дикая Мята» в 2024 году

Музыкальные новости

Санкт-Петербург не смог обойти Москву в рейтинге жизни населения

Бизнес-эксперт Екатерина Паршина дала 3 совета, как не стать самодуром в компании

Мария Шахова при поддержке ИРИ продолжает разрушать стереотипы о России

Кадыров заявил, что встретился с Путиным в Москве и пригласил его в Чечню

Новости России

Эксперты: Китай отрабатывает не вторжение, а блокаду Тайваня

В Подольске наградили лауреатов премии имени Игоря Васильевича Герасимова

МЧС назвало причиной пожара в хостеле в Истре аварийную работу электросети

В мытищинском парке прошел «Открытый микрофон»

Экология в России и мире

Пациенты больницы принял участие в фестивале

Бизнес-эксперт Екатерина Паршина дала 3 совета, как не стать самодуром в компании

Сотрудники отеля Yalta Intourist поздравили ветеранов с Днём Великой Победы

Волшебное путешествие в мир музыки и кино

Спорт в России и мире

Фалей уступила в квалификации открытого чемпионата Франции по теннису

Dagospia: Синнер и Калинская вместе поужинали в ресторане в Париже

Россиянки Хромачёва и Сизикова пробились в финал парного турнира в Рабате

Рахимова на отказе соперницы вышла в четвертьфинал турнира в Рабате

Moscow.media

СТАВОК БОЛЬШЕ НЕТ

Институт iSpring будет готовить учителей для экономики знаний

Принцеса на горошине.

CorpSoft24 синхронизирует учетные записи в облаке











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В Москве построят три новых объекта по программе создания мест приложения труда

В мытищинском парке прошел «Открытый микрофон»

На дорогах Подольска выявляют должников-налогоплательщиков

В Дмитрове частично ограничено движение автотранспорта до 29 мая