Добавить новость

Кеннеди-младший заявил, что экономика РФ стала сильнее из-за санкций США

Стелу в память об участниках ВОВ открыли в Мытищах

ЧЕЧНЯ. Аэрофлот наращивает частоту рейсов из Москвы в Махачкалу и Грозный

Lidovky: Польша и Прибалтика хотят отгородиться от России железным занавесом

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Transparency International: Qozog‘istondagi namoyishlar elitar korrupsiyaga ko‘z yumish oqibatidir

Transparency International: Qozog‘istondagi namoyishlar elitar korrupsiyaga ko‘z yumish oqibatidir

Qozog‘istondagi yanvar voqealari ustuvor sohalardagi korrupsiyaga yo‘l qo‘yib berish naqadar xatarliligini yaqqol ko‘rsatdi, deya qayd etmoqda “Transparency International”. Xalqaro tashkilot tadqiqotida aytilishicha, Nursulton Nazarboyev qarindoshlarining shubhali aktivlari haqida maqolalar e’lon qilinganiga qaramay, sobiq prezident oilasi a’zolarining korrupsiyaga aloqadorligiga doir ayblovlar e’tibordan chetda qolgan.

“Transparency International” tashkilotining 25 - yanvar kuni e’lon qilingan “Korrupsiyani idrok etish indeksi”da Qozog‘istonga 100 balldan 37 ball berilgan. 2021 - yil yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston 2020 - yilga nisbatan bir ballga past baholandi. Mamlakat “Korrupsiyani idrok etish indeksi”da sakkiz pog‘ona quyiga tushib ketib, Shri-Lanka va Gambiya bilan birga 102-qatorni band etmoqda va hamon korrupsiyaga berilgan davlatlar sirasida turibdi.

Ommaviy namoyishlar va korrupsiya ayblovlariga loqaydlik

Yanvar oyida Qozog‘istonni larzaga solgan yoqilg‘i qimmatlashi, korrupsiya va ijtimoiy tengsizlikka qarshi norozilik korrupsiya bilan kurashning ahamiyatini ko‘rsatdi. Ommaviy namoyishlar neft-gaz sektorida, huquqni muhofaza qilish va sud idoralarida korrupsiyani jilovlash, shuningdek, “fuqarolik jamiyatiga o‘rin berish” zarurligini ko‘rsatmoqda, deb hisoblaydi “Transparency International”.

So‘nggi o‘n yillikdagi juz’iy yutuqlarga qaramay, Qozog‘istonning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi ko‘rsatkichi umumjahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan hanuz sezilarli darajada past. Mamlakatda yangi aksilkorrupsiya qonunchiligi qabul qilingan, hukumat shov-shuvli tekshiruvlar o‘tkazib turadi, ammo sud qilingan yuqori martabali mulozimlar odatda afv etiladi yoki muddatidan oldin ozodlikka chiqariladi, deb yozadi “Transparency International”.

Tashkilot Nazarboyevning qarindoshlariga nisbatan ilgari surilgan korrupsiya ayblovlari e’tiborsiz qolganini ta’kidlab, Nazarboyev oilasi a’zolarining chet mamlakatlardagi umumiy qiymati 785 million dollarga teng mol-mulklari haqidagi Ozodlik radiosining 2020 - yildagi surishtiruvini misol sifatida keltiradi. O‘sha surishtiruvda Ozodlik Nazarboyevlarning AQSh va Yevropadagi chorbog‘lari, saroylari va hashamatli kvartiralari haqida ma’lumot to‘plagan edi. Surishtiruv ko‘plab OAVlarda yoritildi, ammo davlat idoralari ushbu shohona xaridlarga qiziqish bildirgani yo‘q.

“Transparency International” yana bir tadqiqotga – “Pandora Papers”ga ham havola beradi. Unda Nazarboyevning norasmiy xotini deb ishoniladigan ayol qozog‘istonlik oligarxlarga aloqador shirkatlardan ko‘pmillionli hadya olgani to‘g‘risida so‘z boradi. Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni o‘rganish markazi (OCCRP) Asel Qurmanboyevani boy qilgan ushbu bitimga bag‘ishlab kattagina material e’lon qildi, lekin mamlakat ichida vakolatli idoralar mazkur to‘lovning asl sababi bilan qiziqmadilar ham.

Prezidentga hisobdor aksilkorrupsiya xizmati asosan qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sektorlarini kuzatadi. Neft-gaz, moliya va qurilish doxil yirik sohalar mas’ul davlat idorasining nazaridan chetda qolayotir, deb hisoblaydi qarorgohi Berlinda joylashgan xalqaro tashkilot.

“Zalolat o‘pqoni”: avtoritarizm, inson huquqlari buzilishi va korrupsiya

Korrupsiya darajasi butun dunyoda o‘zgarishsiz saqlanmoqda, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining qariyb 75 foizida so‘nggi o‘n yillikda korrupsiyaga qarshi kurashda o‘sish qayd etilmagan yoki vaziyat yanada yomonlashib, avtoritarizm, inson huquqlari buzilishi va korrupsiya kabi elementlardan iborat “zalolat o‘pqoni” vujudga kelgan, deya ma’lum qildi “Transparency International” 25 - yanvar kuni.

Tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Oltinoy Mirzabekovaga ko‘ra, 2021 - yil Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida “fuqaroviy huquqlar uchun halokatli” bo‘lgan, “korrupsiyaga botgan rahbarlar siyosiy partiyalardan tortib, faollar va mustaqil matbuotga qadar – barcha o‘zgacha fikrlovchilarni bo‘g‘ib tashlamoqda”.

“Hukumatlar COVID-19 pandemiyasining aholiga ta’sirini kamaytirish uchun hech nima qilmagani ustiga, pandemiyadan huquq va erkinliklarni cheklash, avtoritarizmni yanada mustahkamlash yo‘lida foydalandi”, deydi Mirzabekova.

“Korrupsiyani idrok etish indeksi” Jahon banki, Jahon iqtisodiy forumi, konsalting shirkatlari va tahlil markazlari kabi 13 ta tashqi manba ma’lumotlari asosida 180 mamlakat va hududni ularning davlat sektoridagi korrupsiya darajasi bo‘yicha baholaydi. Mamlakat 0 dan 100 gacha shkalada qancha kam ball olsa, shunchalik korrupsiyalashgan deb qabul qilinadi. Indeksda o‘rtacha ko‘rsatkich (43) ketma-ket 10 yildan beri o‘zgarmay kelmoqda, mamlakatlarning uchdan ikki qismi 50 dan past ko‘rsatkich qayd etadi.

Somali (13 ball), Suriya (13) hamda Janubiy Sudan (11) indeksning eng quyi pog‘onalarini egallagan bo‘lsa, Daniya, Finlyandiya va Yangi Zelandiya bir xil – 88 ball to‘plab, reytingda yetakchilik qilmoqda. Ulardan quyida Singapur hamda G‘arbiy va Shimoliy Yevropaning yetti mamlakati joy olgan.

Turkmaniston (19), Tojikiston (25) va Qirg‘iziston (27) Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi bir necha mamlakat “korrupsiya va avtoritarizmning vayronkor oqibatlarini namoyish etdi”, ularning rahbarlari esa “o‘zlarini sud ta’qibidan saqlash, yanada ko‘proq boylik va hokimiyatga ega bo‘lish uchun demokratiyaga zid usullardan foydalandi”, deb yozadi tadqiqot mualliflari.

2020 - yil avgustdagi prezident saylovidan so‘ng Aleksandr Lukashenko umummilliy norozilikni shafqatsizlarcha bostirgan, so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligi bo‘g‘ib tashlangan Belarus (41) burnog‘i yilga qiyosan olti ball kam oldi.

Rossiyada (29) “korrupsiya va inson huquqlari buzilishi butun mamlakat miqyosida odatiy holga aylandi”, deya ma’lum qildi “Transparency International”.

Ozarbayjon (30) hukumati ham “o‘zgacha fikrlovchilar va erkin matbuotni ta’qib qilgan”.

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi 14 mamlakatda o‘sish qayd etilmagan yoki hatto vaziyat battar yomonlashgani kuzatilgan bo‘lsa, mintaqadagi bir necha mamlakat, xususan Armaniston (49), Moldova (36), Ukraina (32) va O‘zbekiston (28) o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilab olgan.

“Transparency International” hukumatlarni – korrupsiyaga qarshi kurash va inson huquqlariga doir o‘z majburiyatlariga uyg‘un tarzda ish ko‘rishga, dunyo ahlini esa o‘zgarishlarni talab qilish uchun birlashishga chaqirdi.

“Hukumat, biznes va ommaviy axborot vositalari bir guruh odam tomonidan nazorat qilinadigan avtoritar shart-sharoitda ijtimoiy harakatlar hokimiyatni tergashning so‘nggi yo‘lidir. Aynan o‘qituvchilar, mayda tadbirkorlar, talabalar va oddiy odamlar qo‘lidagi hokimiyat hisobdorlikni ta’minlaydi”, deydi “Transparency International” bosh ijrochi direktori Daniel Eriksson.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

"СВЯТОЙ ЛЕНИН" В ПРЯМОМ ЭФИРЕ ЗАНИМАЕТСЯ ТЕННИСОМ ПРЯМО НА ТЕННИСНОМ КОРТЕ!

«Это вопрос справедливости». Для многих простых россиян захотели ввести еще один налог

Синоптики пообещали москвичам до 30 градусов жары и грозы 30 июня

В Тульской области вырос экзотический сад размером с Красную площадь

Музыкальные новости

Певцу Сосо Павлиашвили исполнилось 60 лет

Певица Алиса Вокс заявила, что страдает от аутоиммунного заболевания крови

Расписание игр «Локомотива» на сезон 2024/2025

Выставка социальной рекламы донорства органов открылась в Казани

Новости России

Четыре воздушных судна 30 июня в аэропорту Владивостока прилетают и вылетают вне графика

Джованни Рибикезу об Ысыахе Туймаады: Я давно уже ничего подобного не видел!

Разуваева: свыше 70 пар вступили в брак на праздниках в День молодежи

"СВЯТОЙ ЛЕНИН" В ПРЯМОМ ЭФИРЕ ЗАНИМАЕТСЯ ТЕННИСОМ ПРЯМО НА ТЕННИСНОМ КОРТЕ!

Экология в России и мире

Итоги творческой встречи с Алексеем Данилиным

"Интеррос", "Атомайз", Эрмитаж и Т-Банк готовят второй этап проекта «Цифровое искусство»

«Авиаторы» возглавили рейтинг самых популярных солнцезащитных очков у россиян – «585*ЗОЛОТОЙ»

Отборочный этап «Абилимпикса» прошел в Реутове

Спорт в России и мире

Лучшая теннисистка России повторила достижение Рыбакиной

Уимблдон. 1 июля. Мирра Андреева и Синнер сыграют последним запуском, Медведев стартует в 15:00

Тарпищев: не стоит переоценивать победу Касаткиной на турнире WTA в Истборне

Елена Рыбакина и Юлия Путинцева узнали соперниц на старте Уимблдона-2024

Moscow.media

В Петербурге рассказали о спросе на кроссовер JAECOO J8

Инициатива об увеличении лимитов ОСАГО в рамках европротокола – мнение экспертов

Призрачный остров...

Военные следователи провели рейд по бывшим мигрантам в Феодосии











Топ новостей на этот час

Rss.plus






ЧЕЧНЯ. Аэрофлот наращивает частоту рейсов из Москвы в Махачкалу и Грозный

Движение на улицах столицы перекроют из-за велогонки La Strada

Плятт, который любил Марецкую. Конфликты и женщины пастора Шлага

На драфте НХЛ выбрано 26 россиян