Мы в Telegram
Добавить новость

Ярмарка трудоустройства прошла в колледже Воскресенска

В Московской области сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в ранее совершенной краже из магазина

Южная Корея ввела санкции против двух российских судов, которые Сеул обвинил в перевозке военных грузов между Россией и КНДР

Путин и Лукашенко обсудят вторую фазу ядерных учений РФ с участием белорусских военных

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Kobulda tinch xaos hukm surmoqda. Polshalik jurnalist Tolibon Afg‘onistoniga safari haqida

Kobulda tinch xaos hukm surmoqda. Polshalik jurnalist Tolibon Afg‘onistoniga safari haqida

Shu kunlarda o‘zbek-afg‘on chegarasi orqali Tolibon hokimiyati ostidagi Kobulga safar qilgan polshalik jurnalist Agneshka Pikulitska-Vilchevska toliblar hokimiyatni qo‘lga olgandan bir oy o‘tib Afg‘onistondagi vaziyatni "tinch xaos" deb tasvirlaydi.

Uning The Diplomat nashridagi maqolasida yozishicha, xorij kuchlari olib chiqib ketilishi, chet elliklar va minglab afg‘onistonliklar tezda evakuatsiya qilinishi ortidan butun mamlakatda tartibsizlik hukm surmoqda.

"Yangi hukmdorlar qanchalik qattiqqo‘l bo‘lishini hech kim bilmaydi. Lekin ijtimoiy va siyosiy munosabatlar ancha yengillashgan kunlar ortda qolgani hammaga ma’lum", deb yozadi jurnalist.

Uning kuzatishicha, "xaos bilan birga tartib ham yuzaga kelgan". Uzoq yillar davomida mamlakatni quruqlik orqali kesib o‘tish mumkin emas edi. Hukumat nazorati ostida bo‘lmagan joylardagi Tolibon nazorat punktlari xavfli edi, yo‘llar bo‘ylab tez-tez jinoyatlar sodir etilardi. Endilikda mamlakat bo‘ylab sayohat qilish har qachongidan ham osonlashdi, deb yozadi maqola muallifi.

"Hayraton va Kobul orasidagi masofa 450 kilometrni tashkil qiladi, lekin eski, yomon saqlangan yo‘lda 10 soatdan ko‘proq yurishga to‘g‘ri kelishi mumkin".

Pikulitska afg‘onistonlik haydovchilar yo‘ldagi sanoqli Tolibon nazorat punktlariga yaqinlashayotganda musiqani o‘chirib qo‘yishiga guvoh bo‘lganini aytmoqda. Uning Tolibon qo‘mondon so‘zlaridan iqtibos keltirishcha, "musiqani rasman taqiqlash shart emas, odamlar bu gunoh ekanligini allaqachon biladi".

Jurnalistga ko‘ra, ko‘pgina nazorat-o‘tkazish punktidan nisbatan oson o‘tish mumkin. Garchi mamlakatning barcha yo‘llarida bo‘lmasa-da, sayohat qilish ancha xavfsiz. Odamlar aniq qoidalar yo‘qligiga qaramay, har qanday qonunbuzarlik uchun jazo qattiq bo‘lishini bilishadi.

Jurnalist Kobul markazida ishlovchi yo‘l politsiyachisi bilan suhbatlashgan. 26 yoshli Alamamad Amiriyning aytishicha, politsiyaga endi jarima solishga ruxsat berilmaydi. Uning fikricha, toliblar buni harom, deb biladi. Mamlakatdagi boshqa politsiyachilardan farqli o‘laroq, u yangi hukumat ostida ishlashda davom etishga qaror qilgan. Tolibon Amiriy Kobuldagi sobiq hukumatga xizmat qilgani uchun undan qasos olmaslikka va’da bergan.

Yangi hukumat Islom ruhida milliy yangilanishni va’da qilgan bo‘lsa-da, Tolibon mamlakatni boshqarish uchun sobiq respublikaning institutsional xotirasi, protseduralari va xodimlariga tayanmoqda. Ko‘plab ma’muriy xodimlar o‘z lavozimida qolishga va yangi hukmdorlar uchun ishlashda davom etishga qaror qilgan.

Ularsiz butun davlat boshqaruvi izdan chiqqan bo‘lardi.

Pikulitskaning yozishicha, shahar hayotini kuzatish afg‘on jamiyatidagi o‘zgarishlarni anglab olishga yordam beradi.

«Ko‘chalarda odam gavjum emas va hech narsa to‘liq ishlamaydi», deydi Amiriy.

«Elita ketdi, lekin oddiy odamlar qoldi. Ko‘chalar xavfsizroq. Odamlar toliblardan qo‘rqishadi. Tashqarida ayollar ham ozaydi».

Ayollar kiyimlari bo‘yicha rasmiy qoidalar hali-hanuz mujmal bo‘lsa-da, ayollar Tolibon qaytgani ular uchun nimani anglatishini yaxshi bilishadi.

Jurnalistning kuzatishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi faollar an’anaviy afg‘on liboslarini kiyib suratga tushib, #donottouchmyclothes heshtegi bilan post yozayotgan bo‘lishiga qaramay, odamlar kiyib yurgan liboslar isyon emas, qo‘rquvni aks ettiradi. "Noma’lum narsalarga duch kelgan ko‘plab ayollar uyda qolishni afzal ko‘rmoqda", deb yozadi polshalik jurnalist.

"Tolibon bo‘lmasa, bas"

Agneshka Pikulitska Kobul markazidagi savdo markazlaridan birida xarid qilayotgan 28 yoshli tish shifokori Hamida Karimiy bilan suhbatlashgan.

Uning chiroyli, o‘ziga ishongan chehrasi bilan qora, shalviragan abaya va qizil hijob o‘rtasida kontrast bor edi. U yangi yozilmagan qoidalarga mos keladigan konservativ kiyimlarni izlayotganini aytdi. Ammo u katta ishtiyoqsiz xarid qilayotgandi.

«Har doim tizzadan yuqori bo‘lmagan kalta kiyim kiyganman. Bu qulay edi va men hatto kechqurun ham ko‘chalarda o‘zim yura olardim. Endilikda faqat taksida yuryapman. Menga hujum qilishlari yoki haqorat qilishlari mumkinligini eshitdim, shuning uchun yangi kiyim sotib olishim kerak. O‘zim bunga hech duch kelganim yo‘q, lekin bunday hikoyalarni eshitganman», dedi Karimiy.

«Nemis tilini o‘rganayotgandim, lekin yaqinda kursni tashladim, chunki endi [erkaklar bilan birga] ta’lim olishga ruxsat yo‘q. Faqat ayollardan iborat guruhga qo‘shilishim mumkin edi, lekin hammamiz qo‘rqyapmiz. Hozir internetda o‘rganyapman».

Karimiy bemorlarni tashlab qo‘yishni istamagani uchun ishlashda davom etishga qaror qilgan. Ammo ish ham o‘zgargan. U endi klinikani erkak sherigi bilan birga ishlata olmaydi va faqat ayol bemorlarni qabul qilmoqda. Uni bunday qilishga majburlashmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z xavfsizligi uchun o‘zi shunday qaror chiqargan.

«O‘tgan oyda yaxshi o‘zgarishlar bo‘lmadi. Banklar, mahalliy davlat idoralari va vazirliklar yopiq. Muvaqqat hukumatdagi odamlar kimligini bilmaymiz. Bolalar maktabga borishdan qo‘rqishadi, qurolli erkaklardan qo‘rqishadi. Kechasi bosinqirab, uxlay olmayman».

Karimiy iloji boricha tezroq ketishni xohlaydi, lekin hozir buning uchun imkoniyat oz. Minglab afg‘onistonlik mamlakatni tark etish uchun imkoniyat izlamoqda. Qayerga borishlari muhim emas. Asosiysi, borgan erlarida Tolibon hukmronligi yo‘q bo‘lsa, bas, deb yozadi jurnalist.

Maqolada so‘zlari keltirilgan yana bir afg‘onistonlik - 19 yoshli Murtazo Sultoniy esa, Tolibondan qochishning turli usullarini sinab ko‘rgan, ammo hozircha hech qanday natijaga erishmagan.

U ikki yildan beri Kobul markazida sartaroshxona ishlatadi. Sultoniy sartaroshxona ichini bezatish uchun ko‘p mehnat qilgan. Tolibon kelishidan oldin, kuniga 20 ga yaqin mijozi bo‘lgan; hozir atigi ikki yoki uch odam kelyapti. Tolibon soqolni qisqartirishni taqiqlagani uchun, odamlar sartaroshxonaga tez-tez kelmay qo‘ygan.

«Odamlar qo‘rquvda. Tolibon do‘stlarim ishlatadigan bir nechta sartaroshxonaga borib, soqollarni qisqartirish va odamlar sochini g‘arbona uslubda olib qo‘yishni bas qilishni buyuribdi. Men Tolibondan qo‘rqmayman, lekin ish qiyin bo‘lyapti, biznes haqida qayg‘uryapman. Oyiga 500 dollar ijara haqi to‘laymiz va bu mushkul bo‘lib boryapti», dedi Sultoniy.

Sultoniy – etnik hazora, uning soqoli yo‘q. Bu esa kelajakda muammoga aylanishi mumkin. Tez orada u o‘z biznesini yopishga majbur bo‘lishi mumkin. Uning yonidagi DVD do‘koni allaqachon yopilgan.

Jozibasini yo‘qotgan Kobul

Pikulitskaning yozishicha, o‘tgan oyda Kobul o‘zining avvalgi jozibasini qisman yo‘qotgan.

Ijtimoiy muammolar, korrupsiya va ayollar huquqlarini aks ettiruvchi shahar bo‘ylab devorlarga chizilgan rasmlar o‘rnini diniy yozuvlar egallagan. Bir nechta devor rasmi saqlanib qolgan, lekin ular ham tez orada eski uch rangli bayroq bilan birga g‘oyib bo‘ladi. Hamma yerni oq shahodat egallamoqda. Hozirgi kunda ko‘cha sotuvchilari taklif qiladigan asosiy mahsulot ham Tolibonning shahodat yozilgan oq bayrog‘idir.

Ammo hamma ham Tolibon qaytganidan qayg‘urayotgani yo‘q. 23 yoshli bananfurush Vazir Muhammadiyning aytishicha, Tolibon hokimiyatni egallaganidan beri ko‘chada jinoyatchilik kamaygan.

«Tolibon Kobulga kelganida men xursand bo‘ldim. Ilgari banan va pulimni o‘g‘irlaydiganlarga to‘la edi bu yer. Meni uch marta talon-toroj qilishdi. Hozir endi xavfsiz», dedi u.

Biroq, yangi tizimning salbiy jihatlari bor.

«Ilgari men oyiga 10 ming afg‘onigacha topardim. Hozir 5–6 ming atrofida. Odamlar ko‘p oziq-ovqat sotib olishni xohlamaydi, ish yo‘q, odamlarda pul yo‘q va ular uylarini tark etishni xohlamaydilar. Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin hammasi o‘zgardi».

Iqtisodiy inqiroz qancha davom etishi noma’lum. Qurg‘oqchilik minglab odamni uyini tark etishga majburlagan. Afg‘oniston yaqin orada oziq-ovqat taqchilligiga yo‘liqishi haqida xavotirlar mavjud. Afg‘onistonning 9.5 milliard dollar qiymatga ega xorijiy zaxirasining katta qismi mamlakat tashqarisida saqlanadi. Zaxiralar muzlatilgan va banklar haftasiga chiqarish mumkin bo‘lgan pul qiymatini 200 dollarga cheklab qo‘ygan. Oxirgi uch oy mobaynida davlat xizmatchilariga maosh to‘lanmagan. Afg‘on bozorlari o‘z buyumlarini sotayotganlarga to‘la.

Hayvonot bog‘idagi toliblar

Tolibon uzoq muddatli istiqbolda qanday yo‘l tutishi ham aniq emas. Uyda tintuv o‘tkazish allaqachon boshlangan. Norozilik namoyishlari taqiqlandi, maktablarda jinslarni ajratish joriy qilindi. Bir nechta mahalliy jurnalist yangi politsiya tomonidan qattiq kaltaklandi.

Kobul ko‘chalarida yosh soqolli yigitlar paydo bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi viloyatlardan kelgan; boshqalar qamoqxonalardan bir necha hafta oldin ozod qilingan. Poytaxtda tolibni uchratish qiyin emas. Uzun soch va olinmagan soqol, an’anaviy ikki qismli kiyim, salla yoki kichik do‘ppi – ularning o‘ziga xos belgilari.

Ular Afg‘oniston va AQSh qo‘shinlaridan meros qolgan katta jiplarda ko‘chalarni nazorat qilmoqda. Ammo ularning aksari shunchaki shaharda yaxshi vaqt o‘tkazmoqda. Ular tez-tez hayvonot bog‘lari, istirohat bog‘lari va jamoat joylariga borishadi. Qo‘lga kiritilgan hokimiyatdan zavqlanib, selfiga tushishadi. Ularni kuzatib turib, afg‘on jamiyatining asosiy bo‘linishi nafaqat diniy va etnik, balki tabaqaviy bo‘lganini his qilish mumkin.

Tolibon jangarilari, shuningdek, Kobul qulashi bilan ochilgan, hozir bo‘sh qolayotgan qamoqxonalarga tez-tez borishadi. Ularning ba’zilari panjara ortida o‘tirgan, boshqalar shunchaki qiziqishini qondirish uchun bormoqda.

Tolibon hozircha jinoyatchilikning oldini olishga muvaffaq bo‘lmoqda. Xalq esa qo‘rquv ichida yashamoqda. Ammo yangi hukmdorlar mamlakatni samarali tarzda boshqara oladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi, deb yozmoqda The Diplomat nashridagi maqolasida Agneshka Pikulitska.

Maqolaning originali bilan mana bu link orqali tanishish mumkin. Muallif nuqtai nazari tahririyat nuqtai nazarini aks ettirmaydi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Путин и Лукашенко обсудят вторую фазу ядерных учений РФ с участием белорусских военных

Мещанский суд арестовал 4 фигурантов дела о хищении у юрлица в ПАО «Россети»

Роснефть попросила правительство РФ отказаться от ряда условий модернизации НПЗ и продлить сроки получения инвестнадбавки

Глава Хакасии в Москве встретился с чрезвычайным послом КНР в России

Музыкальные новости

Кадыров заявил, что встретился с Путиным в Москве и пригласил его в Чечню

Тариф – Большой Концерт.

«Пятёрочка» выяснила, где в России больше всего любят винегрет

Аксенов: двое жителей Крыма погибли при ракетной атаке в Крыму

Новости России

Путин и Лукашенко обсудят вторую фазу ядерных учений РФ с участием белорусских военных

Мастер-класс для школьников «Город и медиатворчество подростков. Открываем мир знаний вместе» пройдет 28 мая

Самая мощная машина 1950-х – мы покажем ее живьем!

Купающийся в Кошачьем пруду на востоке Москвы лось попал на видео

Экология в России и мире

Пациенты больницы принял участие в фестивале

Бизнес-эксперт Екатерина Паршина дала 3 совета, как не стать самодуром в компании

На курорт - с летним настроением

Сеть Modi сменила владельца

Спорт в России и мире

Определилась первая соперница Рыбакиной на Ролан Гаррос

Рахимова на отказе соперницы вышла в четвертьфинал турнира в Рабате

Даниил Медведев проиграл Рафаэлю Надалю тренировочный сет на «Ролан Гаррос»

Рафаэлю Надалю подмигнул слепой жребий // Первым соперником 14-кратного чемпиона будет четвертая ракетка мира Александр Зверев

Moscow.media

В РМАТ ПРОШЕЛ I БИЗНЕС-ФОРУМ ВЫПУСКНИКОВ РМАТ 1999-2023 ГОДА ВЫПУСКА, ПОСВЯЩЕННЫЙ 55-ЛЕТНЕМУ ЮБИЛЕЮ АКАДЕМИИ

Сотрудник Дубненского отдела вневедомственной охраны Главного управления Росгвардии по Московской области встретился с учащимися МОУ СОШ №1

Работники транспортных прокуратур совместно с воспитанниками «Семейного центра Можайский» посетили парк «Патриот».

Творческие способы использования мозаики из стекла в садовом дизайне











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В Московской области сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в ранее совершенной краже из магазина

Жителям Подмосковья рассказали о лесопожарной обстановке в регионе на 24–26 мая

Ярмарка трудоустройства прошла в колледже Воскресенска

Следователей СКР будут судить за рекордную взятку биткоинами.