Мы в Telegram
Добавить новость

FT: сделка по газопроводу Россия и Китая застопорилась из-за требований Пекина

Стивен Сигал посетил павильон Амурской области на ВДНХ

Наталья Сергунина: В Москве начался прием ...

В Ярославле с приходом жаркого циклона Эль-Ниньо температура вырастет от 35 градусов

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Mustaqil bloger Ozodbek Qurbonov "15 sutkaga qamaldi"

15 - iyul kuni Toshkentdagi Prezident Administratsiyasi binosi oldidan ushlab ketilgan mustaqil bloger  Ozodbek Qurbonov poytaxtning Yakkasaroy tuman IIBsida saqlanmoqda.

16 - iyul kuni Ozodlik gaplashgan IIB navbatchisi blogerning ushlab turilganini tasdiqladi, ammo uning nimada gumoni qilinayotgani yoki ayblanayotganini bilmasligini aytdi.

Yangi ta’sis etilgan “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi faollari blogerga nisbatan "mayda bezorilik" aybi qo‘yilgani va u 15 sutkalik ma’muriy qamoqqa hukm qilinganini aytishmoqda.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari 15 - iyul kuni Prezident Administratsiyasi oldida yuz bergan hodisa va 23 yashar blogerning taqdiri haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q.

YouTube dagi "Kuch birdamlikda" kanali bosh muharriri bo‘lgan Ozodbek Qurbonov hukumatga qaratilgan tanqidiy  va “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi  yetakchisi Xidirnazar Allaqulov faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi chiqishlari bilan tanilgan. 

Guvohlarning aytishicha, 15 - iyul kuni u “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasining Konstitutsion sudga jamoaviy arizasi topshirish jarayonini yoritayotgan bo‘lgan.

 

"Kuch ishlatildi"

15 - iyul kuni tarmoqlarga joylashtirilgan videomurojaatida “Haqiqat va taraqqiyot” partiyasi yetakchisi, professor Xidirnazar Allaqulov Prezident Administratsiyasi binosida joylashgan Konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilgani borganida 40-50 nafar shaxslar hujumiga uchraganini da’vo qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shikoyat arizasi topshirish jarayonini yoritish uchun borgan bloger  Ozodbek Qurbonov noma’lum shaxslar  tomonidan mashinaga bosib olib ketilgan.

Partiya faollari  O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi binosi oldida o‘zlariga qarshi uyushtirilganini iddao qilayotgan hujumda, ularning so‘zlariga ko‘ra,  "aksari ayollar" va  ichki ishlar xodimlari qatnashgan. 

"Ozod Qurbonovni urib, qo‘llarini qayirib, mashinaga tiqishib, o‘g‘irlab olib ketishdi", deb aytgan professor Allaqulov 15 - iyul kuni qilgan videochiqishida.

 

Allaqulovning so‘zlariga ko‘ra,  7 nafar partiya faollari O‘zbekistonda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan  besh  partiya faoliyati noqonuniy moliyalanayotgani masalasini ko‘rib chiqishni so‘rab,  Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishgan.

U  23 yashar blogerga qilingan hujumni uning siyosiy faoliyati bilan bog‘laydi.

15 - iyul kungi hodisada partiyaning yana bir faoli  Muhammadamin Ermatov ham ushlab ketilgan.  Ozodlik bilan suhbatda u hodisa tafsilotlari haqida gapirib berdi:

- Biz Konstitutsiyaviy sudga 100 kishi imzolagan shikoyatni topshirgani borgandik. Kirishimiz bilan formali-formasiz odamlar bosib ketdi, va o‘sha erda meni va faolimiz Muxtor aka Ubaydullayevni Yunusobod tuman IIBsiga olib ketishdi, Ozodbekni  Yakkasaroyga olib borishibdi.  Meni Muxtor aka bilan qo‘yib yuborishdi darrov, kechirim so‘rab. Faqat Qurbonovni ushlab qolishibdi. Unga ma’muriy 183 moddani qo‘yib (“Mayda bezorilik”-tahr.), hozirgina sudlab, 15 sutka berishibdi – hozirgina xabarini oldik! Sud hukmini ham o‘qib qo‘yibdi, - deb aytdi Muhammadamin Shermatov.

Ozodlik bloger Qurbonov Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIBsida ushlab turilganini aniqladi. Biroq tuman Ichki ishlar boshqarmasi navbatchisi Ozodbek Qurbonov nima asosda ayblanganini ayta olmasligini ma’lum qildi:

- Blogermi u, jurnalistmi – bilmadim. Lekin fuqaro Ozodbek Qurbonov hozir bizda. U nimada ayblanayotganini sizga ayta olmayman – ROVDga o‘zingiz kelib bilishingiz mumkin.

Ozodlik shu yil boshida Rossiyada faoliyat yuritgan  termizlik Ozodbek Qurbonov bilan suhbatlashgan. Unda bloger Rossiyada Allaqulov partiyasi uchun imzo kampaniyasiga qo‘shilganlar "25-30 mingga yetgani"ni xabar qilgandi.

Rossiyada Allaqulov tarafdorlarining imzosini to‘plagan bloger  Toshkentga kelganidan so‘ng ham partiya faoliyatini yoritishda davom etgan. Professor Allaqulovning so‘zlariga ko‘ra, u  partiyaning  internet administratori sifatida faoliyat olib borayotgandi. 

Ozodbek Qurbonov 12 - iyul kuni Toshkentning Yunusobod tumani Majburiy ijro byurosi xodimlari  ogohlantirishsiz Allaqulovning uyiga kelib, uydagi maishiy jihozlar - televizor, kir yuvish mashinasi va mikroto‘lqinli pechni musodara qilgani to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib tarmoqlarda xabar tarqatgandi.

Joriy yilning 21 - iyun kuni Adliya vazirligi “talab etilganidan qariyb 3 marta kam imzolar taqdim etilgani” vajidan Allaqulov partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgandi. 

Partiya faollari o‘zlariga nisbatan bosimlar to‘xtamayotganini aytmoqda.

O‘zbekistonda prezident saylovlari shu yilning 24 - oktabrida bo‘lib o‘tadi. Parlamentdagi mavjud besh partiya rahbarlari prezidentlikka nomzod bo‘ladigan saylovlarda ko‘pchilik  amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi muddatga saylanishiga shubha qilmaydi. 

2019 - yil dekabridagi parlament saylovlarini kuzatgan YeXHT missiyasi O‘zbekistondagi nisbatan erkinlashgan matbuot siyosiy muxolifatning o‘rnini bosa olmaganini aytgan edi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В Москве прошёл первый слёт Международной ассоциации детских организаций

Дайджест новостей «Грузовичкоф» за май

30 лет назад в Астрахани появился первый университет

Фестиваль детской науки впервые прошел в Астрахани

Музыкальные новости

Более 30 компаний из Нижегородской области пришли на первую встречу регионального сообщества инклюзивного бизнеса «Открыто для всех»

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Дело об избиении в Московской области азербайджанцем молотком участника СВО расследуют повторно

Новости России

Фестиваль детской науки впервые прошел в Астрахани

В Москве прошёл первый слёт Международной ассоциации детских организаций

Четвертый класс пожарной опасности спрогнозировали в Подмосковье до 5 июня

Выставку ко Дню медицинского работника подготовили в центрах госуслуг

Экология в России и мире

Пегас сделал важное заявление по Египту: стали известны цены на туры на предстоящую зиму

Российский лоукостер запустил рейсы в Анталию из Махачкалы

Фотопрогулка по советским городам. Классная серия!

Eurasianet: Азербайджан публично и цинично уничтожает армянское культурное и историческое наследие в Нагорном Карабахе

Спорт в России и мире

Даниил Медведев назвал трёх людей в истории тенниса, с которыми хотел бы поужинать

Синнер повторил уникальное достижение Джоковича и Надаля на турнирах «Большого шлема»

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции

Не ходите, дети, в теннис: как Андре Агасси и Штеффи Граф подарили детям право выбора

Moscow.media

Дизельный, рамный, с блокировками. Новый внедорожник скоро появится в России

Российские топ-компании получили предложение привезти на ПМЭФ Канье Уэста...за $1 млн

Аккумулятор неанонсированного Samsung Galaxy Z Fold6 Ultra сертифицировали

Торжественное возложение цветов к памятному знаку «Юным героям — партизанам и подпольщикам» в Феодосии











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В Ярославле с приходом жаркого циклона Эль-Ниньо температура вырастет от 35 градусов

Российский разработчик начал тестировать в зоне СВО новые дроны-камикадзе с системой самонаведения

ВС защитил право на онлайн-шопинг по смешным ценам

РИА Новости: российские туристы испытывают проблемы с оплатой услуг в Турции