Мы в Telegram
Добавить новость

В Нижнем Новгороде начался театральный фестиваль «Комедiя-ФЕСТ»

ФСБ выявила хищение 1 млрд рублей из Соцфонда РФ

Эксперт Табах: новые санкции США против РФ вызовут рост транзакционных издержек

Раскрыта личность бойфренда олимпийской чемпионки Анны Щербаковой



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Toshkentdagi kovid-markazlarda joy yetishmayapti - faqat og‘ir bemorlar qabul qilinmoqda

Toshkentning COVID-19 kasalligi bilan og‘rigan bemorlarga mo‘ljallangan shifoxonalari faqat og‘ir bemorlarni qabul qilmoqda.

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi maxsus shifoxona o‘pka yallig‘lanishi 30 foizdan oshgan bemorlar qabul qilinishi, ular ham faqat “Tez yordam” mashinalarida keltirilishi shartligini bildirdi.

So‘nggi 4 kundan buyon koronavirus bilan og‘riyotgan toshkentlik oilaning aytishicha, ilk xastalangan pensionerga shifoxonalarda joy topilmagan, majbur uyida qolgani uchun u virusni yaqinlariga ham  yuqtirgan.

Toshkentning koronavirus bemorlarini qabul qilayotgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi hamda “O‘zekspormarkaz”da qayta ochilgan kovid- markazlarida ham bemorlarning soni kundan kunga ortib borayotgani aytilmoqda.

Ayni paytda o‘zbekistonlik shifokorlar bemorlarning aksarida o‘pka yallig‘lanishi 25 - 30 foizdan yuqori ekanini qayd etmoqda, vaksina olgan bemorlarda ham kasallanish holatlari kuzatilayotgani, ammo buning sabablari shifokorlarga qorong‘i qolayotgani aytiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) bergan ma’lumotga ko‘ra, 13 - iyul holatiga ko‘ra, jami kasallanish soni 117 yarim mingdan ortgan, bundan tashqari 319 kishida pnevmoniya kasalligi aniqlangan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda kuniga 500 atrofida koronavirus, 200 - 300 atrofida pnevmoniyaga chalingan bemor aniqlanmoqda. Ayni paytda vazirlik 2 iyuldan beri shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayotir.

Toshkentda yashaydigan 60 yashar pensioner Gulnora Fayziyeva 10 foizlik o‘pka zararlanishi bilan uyda davolanayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan seshanbadan isitmalashni boshlagan va shanba kuni “Tez yordam” chaqirishga majbur bo‘lgan.

“Zangiotada joy yo‘q, dedi. Semashkodagi pulmonologiya shifoxonasiga olib bordi. U yerda ham joy yo‘q. Keyin “O‘zekspormarkaz” kovid-markazga olib borishdi. U yerda saturatsiyani o‘lchashdi, 99 chiqdi. Isitma bor, MSKTda (o‘pka tomografiyasi) 10 foiz yallig‘lanish chiqqan. Lekin qabul qilishmadi. Meni “Tez yordam” oqshom soat 9 da ko‘chaning yuzida qoldirib ketdi. Taksi bilan zo‘rg‘a uyga yetib oldim. Mana, dushanba kuni test topshirdim va kovid pozitiv chiqdi”, - deydi Gulnora Fayziyeva.

Aytishicha, kasal holida yakshanba kuni hamshira qizini uyiga chaqirishga majbur bo‘lgan va hozir unga qizi qaramoqda. Ammo qizi ham, uning yosh bolalari ham kovidga chalingan:

“Hozir qizimda ham, ikki bolasi bilan birga, kovid chiqdi. Ularda ham isitma. Uyda hammamiz kasal yotibmiz”.

Toshkent viloyatida yashaydigan yana bir pensioner kovid kasalligi bilan og‘rigani, shifoxonalar qabul qilmagach, uyda davolanganini aytdi.

“Kelinim qaradi menga. O‘pkada yallig‘lanish 20 foiz chiqdi. Zangiotaga o‘g‘lim mashinasida olib bordi, qabul qilishmadi. Yana bir nechta shifoxonaga bordik, joy yo‘q. Keyin kelinim o‘zi vrach, lecheniye yozib, uyda qaradi. Ukollarini ham qildi. Bitta xonada yotdim. Hozir ancha yaxshiman, shukur. Lekin juda ko‘pchilik yoshi kattalar rosa qiynalib qoldida hozir”, - dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan pensioner.

Ozodlikka Toshkent shahri va viloyatida koronavirus bemorlari soni ortayotgani, shifoxonalarda esa joy yetishmayotgani haqida ko‘plab murojaatlar kelmoqda.

Zangiota-2 shifoxonasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, koronavirus bemorlari uchun ochilgan maxsus shifoxona to‘lgan. Faqatgina o‘pka yallig‘lanishi 30 foizdan oshgan, ahvoli og‘ir bemorlar qabul qilinmoqda.

"Bemor albatta “Tez yordam”da kelishi shart va 30 foizdan ortiq yallig‘lanish borligi haqidagi MSKT bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, “O‘zekspormarkaz” va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga borishi mumkin”, - dedi shifoxona xodimi.

Ozodlik bundan biroz avvalroq Zangiotadagi kovid-markazining koronavirusga chalinganlarga to‘lib-toshgani va qabul to‘xtatilgani haqida xabar bergan edi. Markaz rahbari Olimjon Isoqov 2 ming bemorga mo‘ljallangan shifoxonada hozirda koronavirusga chalingan 2 yarim mingdan ortiq kasal borligini tasdiqlagan.

SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, 13 - iyulga kelib mamlakatda koronavirus bilan jami kasallanish soni 117 yarim mingdan ortgan. Bundan tashqari, vazirlik shu yilning 5 - iyulidan boshlab pnevmoniya statistikasini ham alohida ravishda yurita boshladi.

Vazirlik rasmiy hisobotlariga ko‘ra, iyul oyida boshidan buyon mamlakatda kuniga 450 - 500 atrofida koronavirus, 200 - 300 atrofida pnevmoniyaga chalingan bemor aniqlanmoqda. Boshqacha aytilsa, kunlik aniqlanayotgan bemorlar soni 750 - 800 nafar atrofida.

Ammo O‘zbekiston SSV 2 iyuldan buyon mamlakatda koronavirus bemorlarini davolayotgan tibbiyot muassasalaridagi jami bemorlar soni haqida ma’lumot bermayotir, buning sabablarini ham izohlamayotir.

Biroq aynan koronavirus bilan xastalangan bemorlar uchun mo‘ljallangan Zangiota-1 va Zangiota-2 shifoxonalari, Toshkent shahrida kovid bemorlari uchun ochilgan yana 2 ta shifoxona ham to‘lgani aytilmoqda.

Shifokorlarga ko‘ra, hozircha qo‘shimcha shifoxona ajratish masalasi ko‘rilmoqda, ammo bunda jiddiy muammo bor.

Jumladan, Toshkentdagi oilaviy poliklinikalardan birining bosh shifokori o‘tgan yili kovid xastalari uchun ajratilgan shifoxonalarning ko‘pchiligi prezident tanqididan so‘ng optimizatsiya qilinganini eslatdi:

“Selektorda prezidentimiz aytgandi: “17 yarim ming o‘ringa 6 mingta bemor yotibdi”, deb. O‘shanda shifoxonalar rosa tekshir-tekshir bo‘ldi, optimizatsiyaga, deb. Qancha bosh varchlar so‘roqqa qatnadi. Koykalar ajratilgan, byudjet ajratilgan, bemor qani, deb. Hozir endi, koyka ajratish muammo bo‘lyapti. Boshqa tarafdan, pul yo‘q. Xalqqa xususiy shifoxonaga boringlar, deyilyapti. Kuniga 2 million so‘mdan”.

O‘tgan yilning 17 - noyabrida prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi koronavirus bemorlari uchun mo‘ljallangan shifoxonalar to‘la quvvat bilan ishlamayotganini tanqid qilgan va bu muassasalarni optimizatsiya qilish haqida ko‘rsatma bergan edi.

O‘sha kungi videoselektor yig‘ini haqida xabar qilgan prezident matbuot xizmati “O‘zbekiston bo‘yicha 89 ta muassasada 17 ming 500 o‘rin COVID-19 bilan kasallanganlar uchun ajratilgan”i, o‘sha kezda bu o‘rinlarda “6 ming 570 nafar bemor” davolanayotganini bildirgan.

“Shu munosabat bilan, mutasaddilarga koronavirusga ixtisoslashgan shifoxonalar faoliyatini chuqur o‘rganib, ularni optimizatsiya qilish topshirig‘i berildi”, deya xabar qilgandi prezident matbuot xizmati.

Lekin iyul oyi boshidan buyon koronavirus va pnevmoniyaga chalingan bemorlar soni ortayotgani kuzatilmoqda. SSV bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Toshkent shahar “Tez yordam” xizmati CALL-markaziga bir kunda o‘rtacha 5000-5100 tadan murojaat tushmoqda.

Toshkentdagi xususiy klinikalardan birida kovid bemorlarini davolayotgan shifokorga ko‘ra, shu kunlarda aksar xastalarda o‘pka yallig‘lanishi 25-30 foiz yoki yuqori bo‘lmoqda:

“Kovid va pnevmoniyaga chalingani ko‘p. 14 - iyul kuni o‘pka yallig‘lanishi 25-30 foiz chiqqan bemorlar ko‘p bo‘ldi. Ayrimlarida isitmalash boshlanganiga 1 oy bo‘lgan, kovid manfiy chiqqan, o‘pka esa oxirgi bir hafta ichida yallig‘lanib, 30 foizga yetgan. Simptomlar o‘tgan yilgidan boshqacha. Menimcha, o‘tgan yili kasallanganlarning ko‘pida o‘pka zaif, to‘liq o‘zini tiklamagan. Shunga, bu yil anomal issiqda muzdek suv ichgan, cho‘milgan, konditsionerni tagida uzoq vaqt yotganlar tez kasallanyapti, pnevmoniya ham tez rivojlanib ketyapti”.

Shu yilning 24 - iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi O‘zbekistonda koronavirusning "hindcha shtammi" aniqlanganini tasdiqlagan.

Tez yuquvchanligi bilan koronavirusning boshqa turlariga nisbatan xavfli deb ko‘rilayotgan “hindcha” shtamm yuqtirganlar soniga doir rasmiy ma’lumot yo‘q.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, joriy yilning 1 - aprelidan boshlab O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi 5 million 100 ming doza vaksina qo‘llanilgan.

Tibbiyot sohasidagi eng nufuzli nashrlardan The Lancet ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari vaksinaga eng muhtoj mintaqalardan biri bo‘lib qolmoqda.

"COVID-19 bilan bog‘liq inqiroz butun Markaziy Osiyoga tarqalish xavfi mavjud, bu mintaqada hozircha faqat ikki davlat (Qirg‘iziston va O‘zbekiston) vaksinalarni bepul tarqatmoqda", deyiladi tadqiqotchilar xulosasida.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«Российская газета»: Глава комитета Госдумы Сергей Гаврилов назвал последствия ситуации на Мосбирже

Врачи назвали опасным для детей тренд имитации поведения животных

Приглашаем на лекцию Даши ламы из Иволгинского дацана: Загадочный феномен Итигэлова

Глава района Забайкалья показал, как будут выглядеть новые школы

Музыкальные новости

Группа Metallica даст виртуальный концерт в Fortnite 22 июня

Путин приветствовал в России участников и гостей Спортивных игр стран БРИКС

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»

В ЦДКЖ 18 августа ждут любителей группы «Рекорд Оркестр» на Квартирнике Евгения Маргулиса

Новости России

5 мест, где можно вкусно позавтракать в Москве

Новая аптечка, высокий штраф и много камер: что изменится для водителей в ближайшее время

Врачи назвали опасным для детей тренд имитации поведения животных

"78.ru": в Петербурге лжеполицейские выманили у пенсионерки 8,2 млн рублей

Экология в России и мире

Более 340 тыс. кв м асфальта отремонтировали во дворах Подмосковья

Proenza Schouler Pre-Fall 2024

Назван российский город, откуда в Турцию срочно увеличивают число рейсов, впервые поставив широкофюзеляжный самолет Airbus 330

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России

Спорт в России и мире

Хачанов вылетел с турнира ATP в Хертогенбосхе после первого же матча

Соболенко в купальнике зажигательно станцевала перед женатым бойфрендом. Видео

Блинкова вылетела с турнира WTA в Хертогенбосхе

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»

Moscow.media

Всегда на связи: проводная гарнитура Fstyler FH150U от A4Tech

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки

Храм Преображения Господня в Коммунарке











Топ новостей на этот час

Rss.plus






"78.ru": в Петербурге лжеполицейские выманили у пенсионерки 8,2 млн рублей

Новая аптечка, высокий штраф и много камер: что изменится для водителей в ближайшее время

Глава района Забайкалья показал, как будут выглядеть новые школы

ДГИ Москвы предложил столичным специалистам создать картографический веб-сервис