Мы в Telegram
Добавить новость

Первый в стране Центр компетенций станкоинструментальной промышленности появится в Москве

Подросток случайно убил бездомного в Москве

Крыша здания «Детского посольства» вспыхнула на ВДНХ после удара молнии

Гагарина рассказала об отношениях с Градским



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Samarqandda Kun.uz muxbiriga "o‘lim tahdidi". Jurnalistlar "zo‘ravonlik muhiti"dan shikoyat qilmoqda

Samarqandda Kun.uz muxbiriga

Samarqand viloyati IIB, Kun.uz nashrining tahdidga uchragan mahalliy jurnalisti Anvar Mustafoqulov arizasiga binoan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ozodlik so‘roviga javoban boshqarma vakili bu borada tomonlar ko‘rsatmalari olingani va tez orada jamoatchilikka rasmiy bayonot berilishini bildirdi.

Kun.uz nashrining Samarqanddagi muxbiri Anvar Mustafoqulov Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlarga aviachiptani qimmat sotayotgan mahalliy shirkat ustidan shikoyatni o‘rganayotgan payti “o‘lim bilan tahdid qilinganini” aytib, IIBga shikoyat arizasi kiritgan.

Jurnalistning o‘zi ishi surishtiruvda bo‘lgani bois matbuotga gapirishdan tiyilmoqda. Ammo ushbu viloyatda ishlayotgan mahalliy bloger shahardagi muhit ularning kasbiy faoliyati uchun tobora og‘irlashib borayotganini aytdi.

Bundan tashqari, o‘tgan hafta ayni nashrning Toshkentdagi jurnalistlari hamda Daryo.uz nashri xodimlari IIVga “suhbat”ga chaqirilgani xabar qilindi.

Bularning hammasi prezident Mirziyoyev jurnalist va blogerlarni dadillikka va muammolarni qo‘rqmasdan ko‘tarib chiqishga chaqirayotgan paytda sodir bo‘lmoqda.

 

Kun.uz nashrining Samarqanddagi muxbiri Anvar Mustafoqulov Rossiyaga ishlagani ketmoqchi bo‘lgan samarqandliklarga aviachiptalarni qimmat narxda sotayotgan shirkatga borganida, tahdid va haqoratlar bilan quvib solinganini da’vo qilib IIVga ariza bilan murojaat qildi.

Ayni paytda ish surishtiruvda bo‘lgani bois, jurnalist axborot vositalariga biror ma’lumot berishdan tiyilmoqda.

U ishlab turgan Kun.uz nashrida 19 - mart kuni e’lon qilingan maqolada aytilishicha, tahririyat Rossiyadagi «Pik Industriya», «Texnostroy» kabi qurilish tashkilotlari orqali Rossiyaga ishlashga borayotgan o‘zbekistonliklar muammolari bo‘yicha surishtiruv boshlagan.

Surishtiruv jarayonida Samarqandda chiptani qimmat sotayotgan «Panorama bolalar uyi» MChJ idorasiga borgan mahalliy muxbirga tahdid qilingan.

Tahririyatning yozishicha, «Pik Industriya» va «Texnostroy» kabi tashkilotlarning shartnoma asosida O‘zbekistondagi ishonchli vakiliga aylangan «Panorama bolalar uyi» MChJda, 2 yarim million so‘mlik aviachipta muhojirlarga 4 yarim million so‘mdan sotilgan.

Buni surishtirib MChJ ofisiga borgan muxbir “firmaning mas’ul xodimlari bo‘lishi mumkinligi ehtimol tutilayotgan shaxslarning tahdidiga uchragan”.

“Muxbirning aytishicha, dastlab undan telefonni o‘chirib turishni, vaziyat bo‘yicha gaplashib olishlarini bildirishgan, so‘ngra turli haqoratli so‘zlar bilan haqoratlab, o‘ldirish bilan tahdid qilishgan va kuch ishlatishga urinishlar bo‘lgan. Kun.uz tahririyati o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan jurnalistga tahdid qilib, uning faoliyat yuritishiga qarshilik qilinishi bilan kelishib bo‘linmasligini ta’kidlagan holda Samarqand viloyati IIBdan ushbu holatni o‘rganib, aybdor kimsalarga qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab qoladi”, deb yozdi nashr.

Ozodlik mahalliy jurnalistga tahdid bo‘lgani da’vo qilingan «Panorama bolalar uyi» MChJdan izoh olishga urindi. Ushbu tashkilotga oid 3 ta telefon raqamiga kun davomida takror-takror qilingan murojaatlarga javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Yuridik shaxslar reestirida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, bu shirkat bir oilaga qarashli, Ustav fondi 559 million so‘mga teng bo‘lgan xususiy sayyohlik shirkatidir.

Tergovga qadar surishtiruvni Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi olib bormoqda. Boshqarma matbuot kotibi Jahongir Sagdullayevga ko‘ra, bu borada tomonlar ko‘rsatmalari olingan va tez orada jamoatchilikka rasmiy bayonot beriladi.

Kun.uz tahririyati ham bu borada Ozodlikka izoh bermadi. Tahririyatga yaqin manbaga ko‘ra, nashr muxbiriga bo‘lgan bu hujum Samarqand shahrida yuzaga kelgan bugungi “zo‘ravon muhit” natijasidir.

“Samarqand o‘zi ancha izdan chiqqan, zo‘ravon ko‘p, katta pul aylanadigan shahar”, deya qisqagina izoh berdi, ismini oshkor qilmayotganimiz manba.

Samarqandlik mahalliy jurnalistlardan biri ham ayni fikrni ta’kidladi. Aytishicha, Kun.uz jurnalisti arizasiga o‘z da’vosini isbotlaydigan biror bir dalil ilova qila olmagan:

“Jurnalistdan telefonini o‘chirib qo‘yishni so‘rashganda, u ularga ishonib o‘chirgan. O‘shanda tahdid qilib, haqorat qilishgan. Hozir uning da’vosiga o‘z gapidan boshqa hech qanday dalil yo‘q. Shunga ichki ishlar ish ochadimi yoki narigi taraf tuhmat qildi, deb turib oladimi - noma’lum”.

Shu kunda Samarqandda ishlayotgan 32 yashar mahalliy bloger O‘tkir Chorshanbiyev ham keyingi paytlarda mahalliy hokimiyat organlarining jurnalist va blogerlarga munosabati yomonlashayotgani haqida gapirdi.

“Shaxsan men aholidan tushgan shikoyatlarni o‘rganish jarayonida, Samarqand va Qashqadaryo hokimliklarida shunday qo‘pol, noqonuniy munosabatga uchradim. Prezidentimiz, yaqinda ham jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda aytdilar: “Qo‘rqmay yozinglar, orqangizda men borman”, deb. Lekin, joylarda rahbarlar buning teskarisini qilyapti. Shu bois, men prezidentimizdan bu vaziyat bo‘yicha nazoratni o‘z qo‘llariga olishini so‘ragan bo‘lardim”, - deydi Chorshanbiyev.

O‘tgan hafta Kun.uz tahririyati rahbari Maqsud Asqarov huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirilgani haqida Ozodlik manbalari xabar qilgan, bu haqda mahalliy Gazeta.uz nashri ham yozgan edi.

Bundan tashqari, Ozodlik manbalari va Gazeta.uz nashrining bir-biridan mustaqil uch manbasi, Daryo.uz nashri muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev va jurnalist Qahramon Aslanovlar ham huquqni muhofaza qilish organlariga chaqirtirilganini xabar qilgan.

Garchi Daryo.uz bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev ushbu xabarni rad etgan bo‘lsada, manbalar buning “profilaktik suhbat” bo‘lganini ta’kidlaganlar. Suhbatning aniq sababi va mavzui Ozodlikka ma’lum emas. Unga chaqirilgani aytilgan jurnalistlar ham bu borada ochiq bayonot bilan chiqqani kuzatilmadi.

Ammo Qashqadaryo va Samarqand viloyatidagi bir necha bloger IIV tuzilmalariga suhbatga chaqirilgani va ulardan negativ ma’lumotni “xorijiy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarga chiqarmaslik” so‘ralganini aytmoqda. Bu blogerlar xavfsizlik nuqtai nazaridan ismini ochiqlmaslikni so‘ragan.

Keyingi paytlarda mamlakat ichkarisida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlarga nisbatan turli darajadagi hokimiyat idoralari va tashkilotlar tomonidan bosim o‘tkazilayotganiga oid xabarlar ko‘paymoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida bloger Otabek Sattoriyga nisbatan o‘tkazilayotgan sud jarayonini yoritayotgan bir qator jurnalistlarga, jumladan, Effect.uz muxbirlariga bosim o‘tkazildi. Bu haqda 17 - mart kuni Effect.uz axborot agentligi xabar berdi.

Bloger Otabek Sattoriyning o‘zi esa, Telegram va YouTube portalidagi “Xalq fikri” videoblogidagi tanqidiy chiqishlari ortidan qo‘lga olingan, ayni paytda bir yo‘la 8 ta ayblov bilan sudlanmoqda.

Qator xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini hibsga olingan bloger Otabek Sattoriyni ozod qilishga chaqirgan. Tashkilotlarning ishonishicha, bloger korrupsiyaga qarshi kurashgani ortidan soxtalashtirilgan jinoyat ishi asosida qamoqqa olingan.

Jurnalist va blogerlarga nisbatan bunday bosim sababi saylov yilida aholi noroziligiga oid xabarlar oqimini nazorat qilish urinishi bilan bog‘lanmoqda.

Mahalliy matbuot shu yil oktyabrida ikkinchi muddatga saylanishi kutilayotgan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevning kun tartibi, xususan viloyatlarga tashrifini avvallari ko‘rilmagan faollik bilan yoritmoqda.

Prezidentning mahalliy jurnalist va blogerlar bilan o‘ziga xos va ko‘pincha bir tomonlama bayonot shaklidagi muloqoti bu tashriflarning tarkibiy qismiga aylangan. Mirziyoyev bu muloqotlarida matbuot vakillarini faollikka undayotgan esa-da, amalda davlatning matbuot ustidan qattiq nazorati saqlanib qolayotgani kuzatiladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«Врачи спасли жизни»: в Минздраве рассказали о состоянии пострадавших при теракте в «Крокусе»

Самолеты до Читы и кампус вуза должны появиться в Краснокаменск

«До пластики с папой ничего общего». На что идут внебрачные «дети» звезд

Зинаида Максимова: ранняя помощь не приводит к инвалидизации детей

Музыкальные новости

Объявлен протест по поводу спорной выставки в Варшаве под названием «Христианское наследие в многокультурной идентичности Азербайджана»

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

Путин: РФ готова к переговорам только на условиях, которые уже обсуждались ранее

Андрей Воробьев: около 110 новых магазинов «Магнит» построят в Подмосковье

Новости России

Самолеты до Читы и кампус вуза должны появиться в Краснокаменск

Зинаида Максимова: ранняя помощь не приводит к инвалидизации детей

Во Владивостоке стартовал первый иммерсивный проект «Я танцую по стране» с Ириной Горбачевой

«До пластики с папой ничего общего». На что идут внебрачные «дети» звезд

Экология в России и мире

Уникальный интерактивный проект Ставропольской психиатрической больницы на выставке-форуме «Россия»

Красноярский музыкальный театр представил проект театральной экосистемы будущего

Туристка заразилась плотоядной болезнью и потеряла руку: новая инфекция начала распространяться на людей, посещающих достопримечательности

Приглашенные солистки выступят в опере «Руслан и Людмила»

Спорт в России и мире

Российский теннисист Медведев снялся с турнира в Хертогенбосе

Экс-теннисист Ольховский: российские теннисисты выступили ниже ожиданий

«Янника Синнера очень рано сравнивать с Роджером Федерером» // Тренер мужской сборной России по теннису Игорь Куницын — о главных событиях Roland Garros

Теннисист Медведев снялся с турнира ATP в Нидерландах из-за травмы

Moscow.media

В Москве арестовали бывшего замглавы Росприроднадзора по делу о мошенничестве

Мобилизованного свердловчанина приговорили к 23 годам "строгача" за подрыв гранаты в казарме

За один день работники Уссурийского ЛРЗ и их дети выполнили сменно-суточное задание по ремонту 129 паровозиков

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки











Топ новостей на этот час

Rss.plus






В отеле The Carlton Moscow прошел Ежегодный Благотворительный вечер Dance Club Awards

Социальные работники: забота о самом ценном — людях

«Врачи спасли жизни»: в Минздраве рассказали о состоянии пострадавших при теракте в «Крокусе»

Зинаида Максимова: ранняя помощь не приводит к инвалидизации детей