Мы в Telegram
Добавить новость

Кирби: США не видят угрозы в визите российских кораблей на Кубу

Разложившиеся останки человека нашли в водоеме в Новой Москве

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

7 июня: какой сегодня праздник, что было в этот день

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Oliy Majlis so‘z erkinligini cheklashi aytilgan qonun loyihasini qabul qildi

Oliy Majlis so‘z erkinligini cheklashi aytilgan qonun loyihasini qabul qildi

4 - mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun va hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ma’qulladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, qonun loyihasi talabi bilan O‘zbekiston Respublikasining  «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni ham o‘zgaradi.

Ikki Kodeksda 5 ta o‘zgartirish...

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 244-moddasiga “hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikka, ommaviy tartibsizlikka hamda  fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik qilishga ommaviy da’vat qilishga chaqirish” singari epizodlar qo‘shiladi, bu qilmish qonunbuzarlik sanaladi va mazkur qonunbuzarlik uchun jinoiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs jarima tortilishi yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 201-moddasi esa fuqarolarni qonunchilik talablarini bajarmaslikka yoki buzishga ommaviy da’vat qilganligiga oid huquqbuzarlik bilan to‘ldiriladi.

Agar shaxs bu qilmishni OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internet, matnni nashr etish yoki boshqa shaklda ko‘paytirish turlaridan foydalangan holda ommaviy da’vat qilgan bo‘lsa, javobgarlik yana-da kuchaytiriladi. Bu qilmish esa bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravaridan 80 baravarigacha miqdoridagi jarimaga asos bo‘ladi.

Jonboz deputatlar 

Kun.uz nashri jamoatchilik tomonidan salbiy qarshilangan  loyihaning qabul qilinishi yuzasidan Qonunchilik palatasi deputatlarining favqulodda faolligiga e’tibor qaratdi.

Nashrning yozishicha,  Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov loyiha muhokamasi davrida ko‘plab jurnalist va blogerlar loyihani qo‘llab-quvvatlagani va takliflar berganini aytgan.

«Bu qonun loyihani tushunganlar ma’qullayapti, ammo tushunmaganlar so‘z, namoyish erkinligiga qarshilik deb tushunyapti. Ammo bunday emasligini bilamiz. Hammasi qonuniy. Bu kabi qonunchilik dunyoning ko‘pgina davlatlarida bor edi, bizda esa yo‘q. Bizda hatto nega O‘zbekistonda bunday qonunchilik yo‘q, degan savollar bo‘layotgandi», deb aytgan spiker muhokama jarayonida.

Qonun loyihasi tashabbuskori - Milliy Tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov loyiha muhokamasida "kishilarda norozilik uyg‘otgan normalarning chiqarib tashlangani"ni iddao qiladi. Qonunchilik palatasi a’zosi, jurnalist  Safar Ostonov esa, qonunning tarixiy qaror ekanini ta’kidlab, jurnalistlarni akt qabul qilinayotgani bilan qutladi.

Bir qadam oldinga, ikki qadam orqaga

O‘tgan hafta Senat qoshidagi  Yoshlar Parlamenti vakillari  Senat raisi Tanzila Norboyeva kuzatuvida o‘tgan majlisda  loyihani keskin tanqid qilishgan hamda uning so‘z erkinligiga rahna solishini ta’kidlashgandi.

Oliy Majlis Senati raisi   yoshlarning tanqidiga javoban so‘z erkinligini savol ostida qoldiruvchi aktning Parlament yuqori palatasidan o‘tmasligini ta’kidlagan.

 Ijtimoiy tarmoqdagi muhokamalarda qonun loyihasining prezident  saylovlari  kampaniyasi boshlanishidan oldin qabul qilinayotgani ehtiyot choralari sifatida talqin qilingan.

Jamoatchilik fikricha, qonun loyihasi, shubhasiz, so‘z erkinligina tahdiddir, ommaviy namoyishlar va mitinglarni jilovlashga qaratilgan qonun hujjatidir.

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov jamoatchilik xavotirlarida jon borligini ta’kidlaydi:

“O‘zbekiston qonunchiligida jinoiy qilmish deb sanaladigan bir necha yuzlab normalar bor. Zukko deputatlarimiz ana shu jinoyatlardan aynan nega “ommaviy tartibsizlik va hokimiyat vakilining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik”ni tanlab olishdi?! Nega boshqa jinoyatlarga chaqiriq bo‘lsa, jinoiy javobgarlik yo‘g‘-u, ommaviy tartibsizlik va hokimiyatga bo‘ysunmaslikka chaqirish javobgarlikka asos bo‘ladi?

Masalaning nozik jihati shu yerda. Agar deputatlar barcha og‘ir turdagi jinoyatlarga chaqirganik uchun javobgarlik joriy qilish tarafdori bo‘lishganida ularni tushunsak bo‘lardi. Deputatlarimiz jurnalistlarni qonun hujjati bilan tabriklab, o‘zlarini kulgiga qo‘ymagani ma’qul”.

Deputat OAVni manipulatsiyada aybladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev so‘z erkinligiga rahna soluvchi qonun loyihasi qabul qilinishi fonida O‘zbekiston prezidenti kuyovi Otabek Umarov bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi va uning ortidan kelib chiqqan muhokamalarni Prezident shaxsini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakat, deb baholadi.

“...Afsuski so‘nggi kunlarda O‘zbekistonga doir ayrim tarqatilayotgan axborotlar maqsadi  ham bizda havotirli savollar paydo qilmoqda.

Eng yomoni bu harakatlar aynan so‘z erkinligini ta’minlashda siyosiy irodasida qat’iy turgan muhtaram Prezident va ularning oila-a’zolari bilan bilvosita bog‘lashga urg‘u berilayotgani eng kamida ushbu mamlakat va xalqqa do‘st bo‘lmagan kishilarning urinishi ekanligini ko‘rsatmoqda. Maqsad – obro‘sizlantirish”, -  deydi deputat prezidentning kuyovi Otabek Umarov bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi tevaragida bzaga kelgan axborotlarni nazarda tutib.

Taniqli deputat axborot tarqatishda chegara va makon tushunchasi yo‘qolib borayotgan bir vaqtda har qanday axborot ketidan ishonib ketaverish jamiyatni manipulyatsiya qilish ekanini iddao qiladi.

“Hurmatli Otabek Umarovning sog‘ligi masalasi ham afsuski so‘nggi vaqtlarda ko‘proq siyosiy qolipga ko‘chirilyapti? Ochig‘i tushunmayapman: bir kishining avtohalokatga uchrashi va davolanishi shunchalar g‘ayritabiiy xodisami?”, -  deydi parlament vakili bu hodisaga jamoatchilikning qiziqishini bila turib.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

«Торпедо» и «Алания» пока не договорились по Александру Короткову

Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве

В Москве автозак с людьми перевернулся на дороге

Вызовы со стороны экс-колонизаторов. Путину жаловались на поведение Запада

Музыкальные новости

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

Дети-артисты соберутся в финальных играх в Бурятии на Алтан Баг - Театр, Новости и Культура, Дети, Россия

Карьера пошла в горы: почему Путин отправил Турчака в Республику Алтай

Определят победителя на конкурсе театральных коллективов школ в УЛАН-УДЭ нс конкурсе детей Алтан Баг - Театр, Новости и Культура, Дети, Россия

Новости России

Жители Балашихи приняли участие в конкурсе «Лучший подъезд Подмосковья»

Что тебе спица. Как гениальный врач Илизаров изменил костную хирургию

Сергей Безруков назвал место силы в Нижнем Новгороде

Разложившиеся останки человека нашли в водоеме в Новой Москве

Экология в России и мире

3 детские зубные щетки "Ревилайн" по цене 2 в магазине "Ирригатор.ру" ко Дню защиты детей

Россияне решили этим летом меньше отдыхать на курортах

Антисанитария в службах доставки: токсиколог Кутушов рассказал, почему опасно заказывать еду

Это вовсе не только Питер: названы 15 городов России, куда можно поехать на белые ночи

Спорт в России и мире

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису

Мирра Андреева обыграла представительницу Франции Грачеву на "Ролан Гаррос"

Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича

Джокович — о травме: На данный момент, вроде все нормально, но я не знаю, что будет утром

Moscow.media

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: В Московском регионе более 62 тысяч семей распорядились материнским капиталом через банки

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70

История без фальсификации: Шемахи в первой половине XVIII века

Талантливый актер и неугомонный скандалист - несчастная судьба и ранний уход Николая Сектименко











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Разложившиеся останки человека нашли в водоеме в Новой Москве

Яндекс, А.С. Пушкин, Святой Ленин ведут следствие. Настоящая сенсация! 225 лет А.С. Пушкину.

В Москве автозак с людьми перевернулся на дороге

Что тебе спица. Как гениальный врач Илизаров изменил костную хирургию