Мы в Telegram
Добавить новость

Жалобонакатный станок: как учителям защищать свои права

США в очередной раз ужесточили антироссийские санкции

День молодежи – 2024 в России: история праздника и мероприятия

В Москве начали рассмотрение иска Киркорова к Успенской из-за интервью Жигаловой

World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Ichkaridan chiqqan muxolifat: Allaqulovning ushlanishi "noto‘g‘ri mujda"

Ichkaridan chiqqan muxolifat:  Allaqulovning ushlanishi

O‘zbekistonda yangi tuzilayotgan “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi tashabbus guruhi rahbari, professor Xidirnazar Allaqulovning partiya qurultoyini o‘tkazish rejalangan kunda ushlanishi mamlakatdagi siyosiy jarayonlarni yaqindan kuzatayotgan xorijlik ekspertlarda xavotir uyg‘otdi.

“Professor Xidirnazar Allaqulovning yangi tuzilayotgan “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasi faollari qurultoyga taklif qilingan kun - 26 -fevralda huquq-tartibot organlari xodimlari guruhi tomonidan ushlanishi inson huquqlari sohasida jiddiy tashvish uyg‘otadi”, -dedi Ozodlikka Human Rights Watch tashkilotining sobiq xodimi, amerikalik huquqshunos professor Stiv Sverdlou.

O‘zbek huquq-tartibot idoralarining professor Allaqulovning Toshkentdagi uyiga ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilgan reydi O‘zbekistonda kutilayotgan prezident saylovlari manzarasida yuz bermoqda.

O‘tgan oy prezident Mirziyoyev saylovlar sanasini dekabrdan oktabrga ko‘chirish haqidagi qonunni imzolagan. Qonunga binoan, navbatdagi prezident saylovi joriy yil oktabrining oxirgi o‘n kunligida o‘tkazilishi kutiladi.

Xalqaro Human Rights Watch tashkilotining sobiq xodimi, hozirda Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universiteti professori Stiv Sverdlou Xidirnazar Allaqulov bilan bog‘liq so‘nggi voqealarni diqqat bilan kuzayotganini aytdi.

“Allaqulovning ushlanishi tafsilotlari paydo bo‘lishda davom etmoqda, biroq shu paytgacha ma’lum bo‘lgan informatsiyadan inson huquqlari bilan bog‘liq jiddiy muammolar yuzaga kelgani anglashilmoqda. Birinchidan, Allaqulov e’lon qilgan videodan ichki ishlar xodimlarining uni jinoyat ishi yuzasidan so‘roqqa olib ketish uchun kelishi bunday holatlarda qo‘llaniladigan oddiy chaqiruvdan keskin farqlangani ko‘rinib turibdi. Videodan ichki ishlar xodimlari Allaqulovning eshigini sindirib kirish uchun katta kuch qo‘llaganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, Allaqulovni qo‘lga olish va uning oila a’zolarini tiyib turish uchun ichki ishlar xodimlari agressiv kuch qo‘llagani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud”.

Kechqurun 10 gacha davom etgan so‘roq

26 - fevral, tushdan so‘ng IIB xodimlari tomonidan Toshkentdagi uyidan olib ketilgan 65 yoshli Xidirnazar Allaqulov 27 - fevral ertalab tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan va so‘ngra shu viloyatning Buloqboshi tuman IIB ga olib borilgan. Allaqulov 27 - fevral kech soat 10 gacha Buloqboshi IIB tergovchisi savollariga javob bergan.

Bu ma’lumotni Ozodlik 28 - fevralda Xidirnazar Allaqulovning o‘zidan oldi. U 26 - fevralda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinishi tafsilotlarini aytib berdi.

26 - fevral, “qamal”

Allaqulovning aytishicha, u 26 - fevral, kunduz soat 2 gacha kvartirasi eshigini qulflab, IIB xodimlarining bostirib kirishiga to‘sqinlik qilib o‘tirgan (Bu holat aks etgan videoni X.Allaqulov ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan)

“Maqsadim – mensiz bo‘lsa ham partiya qurultoyi o‘tishini ta’minlash edi. Telefon orqali faollarga hatto uyimning oldiga kelinglar, men derazani ochib, ma’ruza qilaman va partiyani tuzish haqida qaror qabul qilamiz, dedim. Buning ham imkoni bo‘lmadi. Uyimni o‘rab olgan xodimlar hech kimni yaqinlashtirmadi”, - dedi Allaqulov Ozodlikka.

"Mashinaga kuch bilan tiqishdi"

Xidirnazar Allaqulov kunduz soat 2 da kvartirasidan chiqib, uchinchi qavatdan pastga tushadi. Qarshisida paydo bo‘lgan IIB xodimlariga chaqiruv qog‘ozini ertalab soat 9 da olganini, unda o‘sha kuniyoq, kunduz soat 1 ga qariyb 500 km masofadagi Andijonga yetib kelish talab qilinganini, tergovchi bilan telefonda gaplashganini tushuntirishga urinadi.

“Shu gaplarni tushuntirayotganimda ortimdan bir mashina kelib to‘xtadi. Meni ushlab, mashinaga o‘tirg‘izmoqchi bo‘lishdi. Men qo‘llaringni oling, men o‘zim o‘tiraman, dedim va shu onda ular 21 yashar nabiramni urib yiqitganini ko‘rdim. Shu payt ular meni yana mashinaga kuch bilan tiqmoqchi bo‘ldi. To‘rt-besh kishi edi ular. Men kuch bilan qaytarib turdim. Biroq bittasi mashinaning narigi eshigidan kirib, oyog‘imdan tortib yubordi va men mashina ichiga yiqilib tushdim. Keyin ulardan bittasi ko‘ksimga, yuragim ustiga o‘tirib oldi. Nafas yetmay qoldi. Shundan keyin meni Yunusobod tuman IIBga olib borishdi. Ko‘ksimga o‘tirishganida ko‘zoynagim singan ekan, buni IIBga olib kelishganidan keyin bildim”.

Allaqulovning oila-a’zolari jarimaga tortildi

26 - fevralda, Allaqulov olib ketilganidan so‘ng uning xonadoniga uyushtirilgan Milliy gvardiya va IIB xodimlarining bosqinidan xavotirlanib, bu yerga kelgan Nilufar Allaqulova va uning turmush o‘rtog‘i Akrom Bozorov hamda ularning farzandi Shahriyor Tojievlar Yunusobod tumani IIBga olib ketildi.

Yunusobod tumani ma’muriy sudi jamoat tartibini buzib, otasiga ko‘mak berishga uringanlikda ayblangan Nilufar Allaqulovani bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, kuyov Akrom Bozorovni 3 baravari hamda nevara Shahriyorni 5 baravar miqdorida jarimaga tortdi. Ayni paytda tarmoqlarda bir ayolni xodimlar sudrab ketayotgani aks etgan video tarqadi. Allaqulovning aytishicha, yerga sudrab olib ketilayotgan ayol uning qizidir.

27 - fevral kuni 20 yashar Shahriyor Tojiyev miya chayqalishi, yuz-peshona gematomasi bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

26 - fevral, kechga yaqin Yunusobod tuman IIBda bir muddat ushlab turilgach, Allaqulovni Andijondan kelgan IIB xodimlari mashinaga solib, o‘zlari bilan birga olib ketdi.

Bir kunga 3 ta "povestka"

Xidirnazar Allaqulovning aytishicha, Buloqboshi tuman IIBdan kelgan chaqiruv yagona chaqiruv emas edi. Unga 25 - fevralda Yunusobod IIB ham chaqiruv bergan. Bu hujjatda undan 26 - fevral, soat 12 dan 15 minut o‘tganda IIBda bo‘lish talab qilingan. Xuddi shunday chaqiruv o‘sha kunga Adliya vazirligidan ham kelganni aytdi Allaqulov.

Adliya vazirligi matbuot xizmatining vazirlik rasmiy saytida e’lon qilingan telefon raqamiga qilingan qo‘ng‘iroqqa javob bergan, o‘zini "texnik xodim" deb tanishtirgan mulozim Ozodlik savollarini eshitgach, "bu savollarga javob berishga vakolatim yo‘q", deb javob berdi.

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilingan telefonlarga qilingan qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

“Allaqulovning ushlanishi va bu voqeaning “Haqiqat va Taraqqiyot” partiyasi qurultoyi rejalashtirilgan kunda yuz berishi O‘zbekiston prezidenti saylovi o‘tadigan yilda so‘z va yig‘ilishlar erkinligi sohasida jiddiy savollarni paydo qiladi”, - dedi Ozodlik bilan suhbatda Stiv Sverdlou.

Toshkentda yashaydigan Allaqulov nega Buloqboshiga chaqirtirildi?

Buloqboshi - Andijon viloyatining eng chekka, Qirg‘iziston bilan chegaradosh tumani. Xidirnazar Allaqulovning aytishicha, uning partiya tuzish yo‘lidagi maslakdoshlaridan biri – M.E. shu tumanda yashaydi.

“M.E.ga uning opasi va singlisi pasport fotonusxalarini Teleramga tashlab bergan. Lekin tergovchi bu hujjatlarni boshqa shaxslar ham e’lon qilgan, shu sababli ularning huquqlari buzilgan, deyapti. Gap shundaki, biz 29 - yanvar kuni yig‘ilishimizni tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘lganmiz. O‘shanda yig‘ilishda ishtirok etayotganlar hamda kasallik yoki boshqa sabablar bilan yig‘ilishimizda ishtirok etolmayotganlar pasport nusxalarini yuborsa va ular tarkibidan tashkiliy qo‘mita tuzsak, nima deysizlar, deb ovozga qo‘yganman. Bu taklif bir ovozdan ma’qullangan. Opa-singil o‘z pasportlari fotonusxalarini M.E.ga shu sababli jo‘natgan”, - deb tushuntirdi Allaqulov.

Yangi partiya tuzish tashabbuschilari yetakchisi bo‘lgani uchun bu ishga guvoh sifatida chaqirilgan Xidirnazar Allaqulovning aytishicha, “bugungi kungacha jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan odam yo‘q”.

"Noto‘g‘ri mujda"

Yillardan buyon O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini kuzatib kelayotgan amerikalik mutaxassis, Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universiteti professori Stiv Sverdlou Xidirnazar Allaqulov bilan bog‘liq hodisada o‘zbek hukumati xalqaro jamotchilikka noto‘g‘ri mujda yo‘llayotganini aytadi.

“Prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligi to‘g‘risida bayonot bergan muxolifatchi siyosiy arbobning prezident saylovi o‘tadigan yilda ushlanishi noto‘g‘ri mujdadir", - deydi Sverdlou.

Uning ta’kidashicha, O‘zbekiston rasmiylari prezident saylovi erkin va adolatli bo‘lajagi to‘g‘risida bir necha bor bayonot bergan va ular bu va’dasining ustidan chiqishi lozim.

"Ayniqsa, O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lgani hisobga olinsa, bu muhimdir. O‘zbekiston rahbariyati muxolif partiyalar va nomzodlar o‘z faoliyatini erkin, aralashuvsiz amalga oshirishi mumkinligi to‘g‘risida, saylov xalqaro andozalar doirasida o‘tkazilishiga ishonch hosil qilishlari mumkinligi to‘g‘risida aniq-tiniq bayonot berishi kerak”.

"Ichkaridan chiqqan" muxolifat

Allaqulov bilan bog‘liq hodisaga munosabat bildirgan mahalliy sharhlovchilar va tarmoq foydalanuvchilari prezident Mirziyoyevning "muxolifat ichkaridan chiqishi kerak" degan bayonotini eslashdi.

"Ichkaridan chiqqan muxolifat ichkariga olib kirib qo‘yildi", deb yozdi Feysbuk foydalanuvchilaridan biri.

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 - yilning 27 - dekabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda o‘tkazilgan uchrashuvda xorijagi siyosiy muxolifatni mamlakatga qaytarish chaqiriqlarini rad etgan edi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat muhokama qilinmoqda. U bizga qanday foyda keltirdi? Men Prezident sifatida muxolifatga qarshi emasman. Biroq u o‘zimizda paydo bo‘lishi uchun muhit yaratishimiz kerak. Bu shaxslar xalqning dardini bilishi, ular bilan barcha muammolarni boshidan kechirishi va shu erning nonini eb, suvini ichishi kerak".

Ammo o‘tgan vaqt mobaynida Adliya vazirligi bironta yangi siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazgani yo‘q. Mavjud saylov qonunchiligi saylovlarda nomzodlarning mustaqil tashabbus guruhlari tomonidan ilgari surilishiga izn bermaydi.

2019 - yil dekabridagi parlament saylovlarini kuzatgan YeXHT missiyasi O‘zbekistondagi nisbatan erkinlashgan matbuot siyosiy muxolifatning o‘rnini bosa olmganini aytgan edi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiylari kelayotgan prezident saylovlarida xalqaro tashkilotlarning "maqbul" tavsiyalari tadbiq etilishini aytishgan, ammo bu tavsiyalarga haqiqiy muxolifat kiradimi, yo‘qmi, aniqlik kiritmaganlar.

O‘zbekiston parlamentidagi mavjud beshta partiyaning hammasi hukumatparast partiyalardir. Mamlakatda qaror topgan siyosiy an’anaga ko‘ra, aynan shu partiyalarning rahbarlari prezident saylovlarida amaldagi prezidentga "raqib" bo‘ladi.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Финэксперт Тальдрик: покупать иностранную валюту лучше после стабилизации курса

В Москве пенсионер потерял почти 13 млн рублей, поговорив с мошенниками

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Музыкальные новости

Уссурийский ЛРЗ подтвердил соответствие международным стандартам, применяемым на производстве железнодорожной промышленности

В Московской области сотрудники Росгвардии задержали подозреваемого в краже электроинструментов

В «Институте регионального развития» при Уральской ТПП прошел семинар «Возможности оптимизации налогов для производства и налоговые риски»

LG ДЕМОНСТРИРУЕТ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ДИСПЛЕИ С УЛУЧШЕННЫМИ ВОЗМОЖНОСТЯМИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА ВЫСТАВКЕ INFOCOMM 2024

Новости России

Reuters: Германия не дала принять новый пакет санкций против РФ

Выборы уводят от бумаги // ЦИК удовлетворил все поданные регионами заявки на использование ДЭГ

«ЯРКО» провела развлекательную программу на фестивале «Крутая песочница»

Финэксперт Тальдрик: покупать иностранную валюту лучше после стабилизации курса

Экология в России и мире

Гастроэнтеролог Садыков рассказал, как не допустить отравления бутилированной водой летом

Как существовала платная стоматология в СССР — стране бесплатной медицины

Магазин "Стильпарк" в новой концепции открылся в Москве

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России

Спорт в России и мире

Рафаэль Надаль пропустит Уимблдон ради подготовки к Олимпиаде

Федерер рассказал о недооценке Джоковича на старте карьеры

Дзюба заявил, что был бы теннисистом уровня Сафина

Елена Рыбакина «заменила» Геннадия Головкина

Moscow.media

Жители Екатеринбурга в День России вывесили баннеры против точечной застройки

Сегодня свой 70-летний юбилей отмечает Заслуженный спасатель Российской Федерации Якубовский Валерий Иванович

Росгвардейцы обеспечили охрану общественного порядка в День поселка Вербилки

ТСД промышленного класса Saotron RT-Т510











Топ новостей на этот час

Rss.plus






США в очередной раз ужесточили антироссийские санкции

Жалобонакатный станок: как учителям защищать свои права

В Москве начали рассмотрение иска Киркорова к Успенской из-за интервью Жигаловой

Булыкин: «Германия является одним из главных претендентов на выход как минимум в полуфинал»