Мы в Telegram
Добавить новость

Минтранс Подмосковья напомнили водителям о правилах переезда железной дороги

Свыше 15 кубометров мусора собрали с берега реки Пехорка в округе Люберцы

В Люберцах высадили саженцы сирени, черешни, яблони и черемухи

Во Дворце культуры Люберец проведут ремонт холла и первого этажа



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Mehnat muhojirlari pandemiya davrida Rossiyaga kirib olish uchun hech narsadan qaytishmayapti

 Mehnat muhojirlari pandemiya davrida Rossiyaga kirib olish uchun hech narsadan qaytishmayapti

2020 - yilning bahor va yoz oylarida minglab mehnat muhojirlari ishsiz va daromadsiz qolib, Rossiyani tark etishgandi. Pandemiya hali tugamagan bo‘lsa-da, odamlarda avvalgi vahima yo‘q. Muhojirlar esa o‘z yurtlaridan munosib ish topolmagach, yana Rossiyaga qaytish harakatiga tushgan va buning uchun har qanday imkoniyatni ishga solishyapti: qalbaki tibbiy ma’lumotnomalarni sotib olishyapti, o‘zlarini tranzit yuk mashinalari haydovchisi qilib ko‘rsatishyapti va hatto chegarani o‘rmon zonasida kesib o‘tishyapti. Qo‘lga tushgan taqdirda, Rossiyaga kirish uzoq yilga taqiqlanishi xavfi ham ularni to‘xtata olayotgani yo‘q.

"Rossiya – mening istiqomatgohim"

26 yashar Doniyor o‘tgan yili martda ishsiz qolgandi. U Moskvada ofitsiantlik qilgan. Hukumat karantin cheklovlarini e’lon qilgach, u ikki oy uyda qolib, ota-onasiga yubormoqchi bo‘lgan pulini sarflashga majbur bo‘ldi. Sentabr oyida Doniyor O‘zbekistonga, Andijon viloyatidagi ona shahriga qaytdi.

“Qaytib borishim bilan ish izlashga tushdim. Beshinchi oy ketyapti, lekin hanuz tuzukroq ish topa olmadim — na o‘z shahrimda, na viloyat markazida. Nari borsa $130-150 oylik taklif qilishadi, holbuki Rossiyada 8-10 baravar ko‘p topardim”, — deydi Doniyor.

Doniyor Rossiyani “mening istiqomatgohim” deb ta’riflaydi. U yerda 18 yoshidan beri yashab, ishlab kelayotgani, barcha do‘stlari Rossiyada ekanini aytadi. Shunday bo‘lsa ham, u Rossiyaga vatandoshlari kabi qing‘ir yo‘llar bilan qaytishga shoshilmayapti.

“Moskvaga uchish muammo emas, muammo — pasport nazoratidan o‘tib olish. Yangi yildan oldin Rossiyaga kiritib qo‘yish “imkoniyati” $1000-1200 ga chiqdi. Bu “hammasi ichida” qabilidagi tizim bo‘lib, bilet, kasallik to‘g‘risida ma’lumotnoma, chegarada hammasi yaxshi bo‘lishi haqidagi kafolat (albatta og‘zaki) hamda bu qog‘ozlarni to‘ldirib beruvchi odamlarning xizmatlarini o‘z ichiga olardi”, — hikoya qiladi Doniyor.

Qalbaki ma’lumotnomalar va soxta haydovchilar

Chegaralar yopiq hozirgi sharoitda Rossiyaga kirish huquqiga ega odamlar toifalari uncha ko‘p emas: bular ushbu mamlakat fuqarolarining yaqin qarindoshlari, yashash uchun ruxsatnomasi bor kishilar hamda davolanish uchun kelganlar — zarur tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish sharti bilan.

Muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi “Tong Jahoni” tashkiloti ijrochi direktori Valentina Chupikning so‘zlariga ko‘ra, “najotkor” tibbiy ma’lumotnoma muayyan shaklda bo‘lishi va odam Rossiyada statsionar davolanishga muhtojligi unda aniq-tiniq ko‘rsatilishi shart. Bunaqa ma’lumotnoma egasi kasalxonaga yotadi va muhojir sifatida ham o‘sha erda hisobga qo‘yiladi. Hujjatning amal qilish muddati 45 kun. Bemor, muolaja tugashi bilan Rossiyani tark etishi lozim.

Rossiyaga qonuniy kirish asoslari ochiqlangach, mana shunaqa soxta ma’lumotnomalarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchilar paydo bo‘ldi.

Mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha ekspert, Dushanbedagi Inson huquqlari markazi a’zosi Nodira Abdullayevaga ko‘ra, Rossiyaga kirib olishning yana bir keng tarqalgan yo‘li — bu Rossiyaga mol tashuvchi yoki Rossiya hududi orqali qatnovchi yuk mashinalaridan birining ikkinchi (almashuvchi) haydovchisi bo‘lib kelish. Buning uchun tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasi kerak bo‘ladi, “xizmat” narxi $1000-1200.

Belarus o‘rmonlari oralab...

Huquqbon Valentina Chupikning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlarning og‘ir yuk mashinalarida kirib kelishi o‘tgan yilning iyulidayoq qayd etilgan. Sentabr o‘rtalaridan boshlab esa migrantlar, boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatmagan Belarus orqali Rossiyaga go‘yoki “yopirilishgan”. Ammo bu qonunbuzarlik hisoblanadi: xorijliklar Rossiyaga faqat, o‘zi fuqarosi bo‘lgan yoki yashash uchun ruxsatnoma bergan mamlakatdangina to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishi mumkin, xolos. Belarus orqali kirar ekan, o‘zga davlat pasportiga ega muhojir RF JKning 322-moddasi (Rossiya Federatsiyasi chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan ayblanib, katta jarima (300 ming rublgacha) to‘lash, hatto ozodlikdan mahrum bo‘lish (4 yilgacha) xavfi ostida qoladi.

Huquqbon Belarus orqali Rossiyaga kirib olishning uchta sxemasi mavjudligini aytadi. “Dastlab Belarusning “Uch opa-singil” chegara posti orqali mashinalarda Moskvagacha tashishardi. Bu sxema fosh bo‘lgach muhojirlarni Belarusdan Ukrainaga eltib, u yerdan Kursk oblastiga o‘tkazadigan bo‘lishdi. Ikkala holatda ham har bir muhojirdan 20-25 ming rublgacha haq undirilgan. Uchinchi yo‘l eng xatarlisi: odamlar o‘rmon orqali o‘nlab chaqirim yo‘l bosib, Rossiyaning Smolensk oblastiga yetib olishadi”, — deydi Chupik.

Uning aytishicha, dekabr oyi oxirlarida bo‘lib o‘tgan Rossiya tergov va chegarani qo‘riqlash idoralarining qo‘shma yig‘ilishida mamlakatga noqonuniy kirish yuzasidan mavjud ahvol muhokama qilinib, statistik ma’lumotlar keltirilgan. Ochiqlanishicha, 2020 - yilning 15 - martidan 15 - dekabriga qadar jami 3 876 kishi Rossiya chegaralaridan o‘tish tartibini buzgan va ularning barchasi Markaziy Osiyo davlatlaridan. Shundan 339 nafariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Mazkur voqealar manzarasida Belarus Vazirlar Kengashi 2020 - yil 21 - dekabrdan boshlab mamlakatni quruqlikdagi o‘tish punktlari orqali tark etishni vaqtincha taqiqlashga majbur bo‘lgan.

O‘zbeklar bas qilishdi, tojiklar — yo‘q

Yurist Valentina Chupik dekabrning oxirlarida Rossiyaga davolanish uchun kelish, ayniqsa avj olganini ta’kidlaydi. “29 - dekabr kuni Sheremetyevoga O‘zbekistonning 100 nafar fuqarosi uchib keldi. Erkaklar, ayollar. Hammasining qo‘lida bir xil ma’lumotnoma: barchasi prostatitdan davolanishi kerak ekan... 4 - yanvarga o‘tar kechasi ularni yurtiga qaytarib yuborishdi. 31 - dekabrda esa Dushanbedan soxta ma’lumotnomalar bilan bir samolyot tojik muhojirlari keldi. Ular qaytishni xohlashmadi, Rossiya baribir qabul qilishidan umidlanib to‘polon ko‘tarishdi. Ular Yangi yil ta’tilini aeroportda o‘tkazishga majbur bo‘lishdi, chunki olib ketishga samolyot 14 - yanvardagina uchib keldi”, — deydi Chupik.

“Tong jahoni” tashkilotining qayd etishicha, mazkur voqea o‘zbekistonliklarga yaxshi saboq bo‘lgan va ular bu tariqa Rossiyaga kirishga urinishdan voz kechganlar. Biroq tojiklarning soxta ma’lumotnomalar bilan kelishi hamon davom etmoqda.

O‘zini oqlamas tavakkalchilik

Nodira Abdullayeva hamda Markaz yuristlari fuqarolarni tranzit yuk mashinalari va qalbaki ma’lumotnomalar yordamida Rossiyaga kirishga urinish oqibatlaridan ogohlantirishmoqda. “Markazimiz Tojikiston Mehnat vazirligiga murojaat qildi, ular bizni dastaklashga tayyor. Yuristlarimiz muhojirlar duch keladigan xavf-xatarlar va ulardan saqlanish choralari to‘g‘risida tojik tilida qo‘llanma tayyorlashyapti. Uni muhojirlarga tarqatamiz”, — deya qayd etadi u.

Valentina Chupik 2020 - yil 17 - dekabrdan Rossiya IIVa qo‘lga tushgan qonunbuzar muhojirlarni deportatsiya qilishga yana ruxsat berilgani, pandemiya boshlanganida qisqa vaqtga to‘xtatilgan migratsion tekshiruvlar qaytadan boshlanganini eslatadi. Huquqbonlarga politsiya tekshiruvlar chog‘ida patentlarni bekor qilayotgani, jarimalar belgilayotgani va Rossiyadan o‘z ixtiyori bilan chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risida xabarlar kelishi ko‘paygan.

“Muhojirlar Rossiyadan bu yo‘sin chiqarib yuborishning oqibatini hali to‘liq anglashgani yo‘q, — deydi Chupik bir oz asabiylashib. —XDFVSJ (Xorijiy mamlakatlar fuqarolarini vaqtincha saqlash joyi) orqali deportatsiya qilishmasa, Rossiyada qonuniy qolishim mumkin, deb o‘ylashyapti. Yo‘q. Eshitishimga qaraganda, Rossiyaga kirishi uzoq yillarga taqiqlangan odamlar ro‘yxati to‘ldirilmoqda ekan: nazarda tutilgan muhojirlar katta ehtimol bilan o‘sha ro‘yxatdan joy olishadi”.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Песков счел текущую ситуацию хуже Карибского кризиса: все трещит по швам

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве

Реестр подведомственных организаций–нарушителей создадут в Подмосковье

Задавил дважды. Что будет курьеру, из мести сбившему женщину с ребенком

Музыкальные новости

Погружение в современное российское искусство – стартовал 3-ий фестиваль «Территория. Красноярск»

Собянин: Московский городской транспорт на 100 процентов отечественный

Антисанитария в службах доставки: токсиколог Кутушов рассказал, почему опасно заказывать еду

Погружение в современное российское искусство – стартовал 3-ий фестиваль «Территория. Красноярск»

Новости России

Глава «Центра добрых дел» Цветкова запустила акцию по безопасному проезду на СИМ

Песков счел текущую ситуацию хуже Карибского кризиса: все трещит по швам

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве

Радио Romantika приглашает на органные концерты в соборах Москвы

Экология в России и мире

Befree запускает сайт для поиска талантов

Бурятский Театр кукол Ульгэр в Улан-Улан-Удэ показал в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник сказку Колобок - Новости и Культура, Дети и Россия

В Москве прошла Премия-практикум «Харизма Года»

Глава "Рексофт" - в топ-100 отечественных ИТ-лидеров

Спорт в России и мире

Превзойдет саму Шарапову? юная Мирра Андреева наступает на пятки звездам тенниса

Теннисист Джокович побил рекорд Федерера по победам на турнирах "Большого шлема"

Названо условие сенсации в матче Арины Соболенко с вундеркиндом из России

Джокович снялся с Открытого чемпионата Франции по теннису

Moscow.media

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг

Делу время – ремонту срок. Эксперты обсудили, как ускорить ремонт после ДТП

Создан новый метод предсказания деменции с точностью до 80%

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Задавил дважды. Что будет курьеру, из мести сбившему женщину с ребенком

В США согласились с подходом России к ядерному оружию

Белый дом заявил, что США готовы обсуждать ДСНВ с Россией

Собянин рассказал о главных возможностях для развития Москвы