Мы в Telegram
Добавить новость

Столичные пожарные продемонстрировали навыки в помещении с температурой 650 градусов

Схема движения транспорта временно изменится на нескольких улицах ЦАО, ЗАО и СЗАО

Первый птенец появился у соколов-сапсанов с высотки МГУ

Смыгалин: Философия I Международного Гран-при профессионального мастерства пожарных и спасателей заключается в обмене опытом



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

FNQIZ: Oltiariqda yuzlab ishchi yo‘l to‘smoqda - ular qisqartirishlardan norozi (VIDEO)

FNQIZ: Oltiariqda yuzlab ishchi yo‘l to‘smoqda - ular qisqartirishlardan norozi (VIDEO)

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi - FNQIZ Oltiariq bo‘limining yuzlab ishchisi 10 - yanvardan buyon muddatsiz norozilik aksiyasi o‘tkazmoqda.

Zavodda qisqartirish boshlanganidan norozi ishchilar har kuni ishdan so‘ng zavod oldidagi yo‘lni to‘sib qo‘yyapti.

FNQIZ ma’sulining Ozodlikka aytishicha, Oltiariqdagi zavodda qisqartirish bo‘lmaydi, biroq zavodda ish hajmi kamaygani sabab ishchilar oyligini qisqartirish rejalangan.

So‘nggi qariyb bir yil davomida FNQIZ ishchilari bir necha bor norozilik chiqishlari o‘tkazdi.

Ishchilar FNQIZning Jizzakh Petroleum MChJ boshqaruviga berilganidan so‘ng boshlangan o‘zgarishlarga norozilik bildirib kelmoqda.

10 - yanvarda boshlangan norozilik

FNQIZning Oltiariq tumani Tinchlik shaharchasida joylashgan yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodining bir guruh ishchilari 10 - yanvardan boshlab har kuni norozilik chiqishlari o‘tkazmoqda.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan zavod ishchilaridan birining aytishicha, ular zavodda qisqartirish boshlanganiga norozilik bildirmoqda.

“Zavodda 900 odam ishlaydi. Shundan faqat 120 odam qolarkan ikki oydan keyin. Shunga norozi bo‘lyapmiz. 10 - yanvardan beri har kuni ishdan keyin soat 5larda ko‘chaga chiqyapmiz. Zavod oldidagi ko‘chani to‘sib, noroziligimizni bildiryapmiz. Lekin darrov militsiya xodimlari kelib, bizni haydab, ko‘chani ochishadi”, - dedi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan zavod ishchisi.

Ozodlikka voqea joyidan yo‘llangan videolarda o‘nlab ishchilarning zavod oldidagi ko‘chada to‘planib, norozilik bildirayotgani aks etgan.

“Zavod Jizzakh Petroleum boshqaruviga berilganidan beri ishsizmiz. Obodonlashtirish ishlariga olib chiqishyapti. Zavod deyarli ishlamayapti. Neft yo‘qligi uchun ishlab chiqarish ham bo‘lmayapti. 9 oydan beri zavod normal ishlagani yo‘q. Agar zavod to‘xtasa, biz bola-chaqamizni qanday boqamiz. 800ga yaqin odam ishsiz qolyapti. Ularning barchasining krediti bor, bolalari kontraktga o‘qiydi. Qayerdan pul topamiz, ishdan haydashsa?”, - deydi shu zavodda ishlovchi ayol anonim qolish sharti bilan.

Zavod ishchilarining norozilik chiqishlarini yoritib kelayotgan Youtube tarmog‘idagi “XALQ OVOZI 24” kanali ma’lumotiga ko‘ra, har kuni yuzlab ishchi norozilik namoyishida qatnashmoqda. Kanal blogerlari hisob-kitobicha, jumladan, 15 - yanvar kuni 300dan ziyod oltiariqlik ishchi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqqan.

Voqea joyidan olingan videolarda, ishchilar “Bizga yordam bering”, "Bizga ish bering", “Bizga neft bering” shiorlarini ko‘tarib olganini ko‘rish mumkin.

Rasmiy izoh

Zavod ishchilarining aytishicha, 17 - yanvar kuni FNQIZ boshlig‘i Habib Latipov norozi ishchilar bilan uchrashib, ularning ish o‘rnini qisqartirmaslikka va’da bergan.

“Hech kim sokrashcheniyega tushmaydi, Oltiariq zavodi yopilmaydi”, - deya va’da beradi norozilar bilan uchrashgan Latipov voqea joyidan olingan videoda.

18 - yanvar kuni Ozodlik muxbiri FNQIZning kadrlar bo‘limi bilan bog‘lanib, Oltiariqdagi zavod ishchilari taqdiri borasida ma’lumot so‘radi.

Telefon go‘shagini ko‘targan xodim Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodida ishchilarni emas, ish haqini qisqartirish rejalanganini aytdi.

“Zavodda xomashyo yetishmasligi sabab ish hajmi keskin kamayib ketdi. Bunday holatda Mehnat kodeksining 100-moddasiga ko‘ra, ishchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqqimiz bor. Lekin biz ishchilarni o‘ylab, 89-moddani qo‘llayapmiz ya’ni ish vaqtlarini qisqartirib, shuning hisobiga ish haqini ham kamaytirishni

rejalaganmiz. Hozir ishchilarga ogohlantirish berib, mart oyidan boshlab yangi tartibda ishlashga o‘tamiz”, - deya FNQIZning kadrlar bo‘limi xodimi mavzuga oid rasmiy hujjatni Ozodlikka yo‘lladi.

Oltiariqlik ishchilar noroziligiga izoh sifatida taqdim qilingan hujjatda:

“Mehnat shartlariga o‘zgartirish jarayonining mohiyatini tushunib yetmaslik, so‘nggi kunlarda zavod tassarufidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarishning ayrim xodimlarida norozilik kayfiyatining yuzaga kelishiga, ularning asossiz turli davlat idoralariga murojaat etishiga sabab bo‘lmoqda”, deyilgan.

Noroziliklar

FNQZ ishchilarining ushbu noroziligi so‘nggi bir yilda ishchilar va zavod rahbariyati o‘rtasidagi birinchi mojaro emas.

2020 - yilning 3 - avgustida FNQIZ ishchilari prezident Mirziyoyevga videomurojaat yo‘llab, zavod rahbariyatini yolg‘onchilikda aybladi.

18 - iyunda ham ushbu zavodning 280dan oshiq ishchisi prezident nomiga shikoyat maktubi yozgandi.

Prezident portaliga 20 - aprelda yo‘llangan xatda esa zavodning Jizzakh Petroleum MChJga besh yillik ishonchli boshqaruvga berilgani ortidan boshlangan keskin o‘zgarishlardan norozilik bildirilgan.

Yangi O‘zbekiston va yangi egalar

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi¸ uning o‘z rasmiy saytida yozilishicha¸ yonilg‘i-surkov materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik korxonalardan biridir.

Bu zavod uzoq yillar O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qayinsinglisi Tamara Akbarova va uning o‘g‘li Akbarali Abdullayevlar orqali birinchi oila nazoratida bo‘lib kelgan. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga qo‘ygan rasmiy ayblovda ayni zavodning 40 milliard so‘mdan ortiq pulini o‘zlashtirganlik bilan bog‘liq epizod ham bor.

FNQIZ va boshqa muhim strategik obyektlardan qariyb 1 milliard dollarga yaqin davlat mablag‘ini o‘zlashtirganlikda ayblangan Akbarali Abdullaev Mirziyoyev hukumati tomonidan qidiruvga berilgan. Uning hozirda chet elda yashirinib yurgani aytiladi.

2020 - yilning 7 - fevral kuni¸O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi FNQIZ va Jizzakh Petroleum MChJ bilan uch tomonla kelishuv tuzdi (rus tilidagi bu hujjat nusxasi Ozodlikda mavjud). Mazkur kelishuvga ko‘ra¸ FNQIZ besh yillik ishonchli boshqaruvga Jizzakh Petroleum MChJga olib berildi.

Jizzak Petroleum MChJning kimga oidligi¸ O‘zbekistondagi eng yirik yonilg‘i zavodining qaysi asos va qanday yo‘l bilan aynan ushbu MChJga berilganiga oid savollar hozircha ochiq qolmoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

Без паники. Пассажиров застрявшего в тоннеле метро поезда вывели на станцию

Глава МО Франции назвал пример партнерства с Россией

"Метеовести": 1 июня в Москве воздух прогреется до +30°С, возможны грозы

Завод по производству буровых установок расширят под Дмитровом

Музыкальные новости

Чемпионская ночь! В Оренбурге «Кама» в рамках командного боксерского турнира «Кубок Победы» разгромила «Сталинград» – 5:0

Впервые Бурятский театр оперы и балета выступит с концертом в храме Кяхты

VK Fest 2024: Музыка и Развлечения на Открытых Площадках России

«Райский цветник» Бакиханова и азербайджанские фальсификации. ВИДЕО

Новости России

Смолянка и её служебная собака стали лучшими на всероссийских соревнованиях кинологов ФСИН

Московская пенсионерка подшутила над мошенниками

Запрет на езду на шипованных шинах летом вступил в силу в России

Москвичи рассказали о последствиях прошедшего в столице ливня

Экология в России и мире

«585*ЗОЛОТОЙ» выступила партнером медиафестиваля творческой молодежи YOUPITER

ONYX отправляется в Большой тур по России

Стильные образы на лето, в которых вы покорите окружающих

В РУМЦ МГППУ действует правовой просветительский лекторий для студентов с инвалидностью и сотрудников вузов-партнеров

Спорт в России и мире

Россиянин Котов уступил итальянцу Синнеру в третьем круге "Ролан Гаррос"

Теннисистка Петрова: Хачанов совершил недопустимую ошибку на "Ролан Гаррос"

В России отреагировали на "скрытую баранку" и достижение Рыбакиной на Ролан Гаррос

Мирра Андреева вышла во второй круг Открытого чемпионата Франции

Moscow.media

Георгий Бурков

Портативный ТСД корпоративного класса Saotron RT-T70

Денис Сафин перевел 100 миллионов рублей в фонд помощи пострадавшим от паводка

Муруджинские озера











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Bloomberg: G7 и ЕС готовят санкции против банков, использующих СПФС ЦБ России

"Метеовести": 1 июня в Москве воздух прогреется до +30°С, возможны грозы

Москвичи рассказали о последствиях прошедшего в столице ливня

Движение поездов после схода вагонов полностью восстановлено в Приамурье