Мы в Telegram
Добавить новость

Столичные пожарные продемонстрировали навыки в помещении с температурой 650 градусов

Диетологи советуют есть одно мороженое через день

Первый птенец появился у соколов-сапсанов с высотки МГУ

Сергунина: Среднемесячная аудитория приложения «Моя Москва» достигла 1,2 млн человек



World News in Uzbek


Новости сегодня

Новости от TheMoneytizer

Aleksey Navalniy Moskva aeroportida hibsga olindi(VIDEO)

Aleksey Navalniy  Moskva aeroportida hibsga olindi(VIDEO)

 

Politsiya xodimlari 17 - yanvar kuni Berlindan Moskvaga uchib borgan Kremlning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniyni pasport nazoratidan olib ketishgan, ammo hibsga olingani haqidagi savolga javob bermaganlar.

 

Keyinroq Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) muxolifat liderining hibsga olinganini tasdiqladi. Navalniy bilan birga uchib borgan advokatiga unga hamrohlik qilishga ruxsat berilmagan.

 

Avvalroq FSIN Navalniyni federal qidiruvga bergan va u Rossiyaga qadam bosishi bilan hibga olinishini bildirgan edi. Rasmiylarga ko‘ra, Navalniy shartli ravishda qamoqqa hukm qilingan shaxs sifatida xorijdalik payti sinov muddati shartlarini buzgan.

 

O‘tgan yil avgustida zaharlangan Navalniy oxirgi bir necha oy Germaniyada davolanayotgan edi. Germaniyalik shifokorlar uning Novichok turkumidagi asabni falaj qiluvchi modda bilan zaharlanganini aytishgan. Navalniy o‘zining zaharlanishida Putinni ayblagan.

 

Aleksey Navalniy o‘tirgan samolyot 17 - yanvar kuni parvozlar jadvalida ko‘rsatilganidek, Moskvaning Vnukovo aeroporti emas, balki Sheremetyevoga qo‘ndi.

 

Berlindan uchgan “Pobeda” aviashirkati uchog‘i "Vnukovo" aeroportiga Moskva vaqti bilan 19.20da, Toshkent vaqti bilan 21:20da qo‘nishi kutilayotgandi.

Avvalroq ayni aviashirkatning boshqa ikki samolyoti "texnik sabablarga ko‘ra" Sheremetyevoga yo‘llangan.

Navalniy o‘tirgan samolyot Sheremetyevoga qo‘nishini avvalroq uning bortida bo‘lgan Ozodlik/Ozod Yevropa rus xizmati muxbiri tasdiqlagandi.

«Radio Svoboda» muxbiriga ko‘ra, parvoz, umumiyatla, osoyishta o‘tgan. Navalniy matbuot bilan uncha uzoq muloqot qilmagan, ammo unga parvoz davomida hamrohlik qilgan va o‘zini qurshab olgan jurnalistlarga do‘stona munosabatda bo‘lgan. Muxolifatchi samolyotda shovqin ekanini aytib, Vnukovo aeroportiga qo‘ngach, u yerda gapirish imkoni bo‘ladi, deb ishonishini ta’kidlagan.

Samolyot uchuvchisi ikki marta radio orqali murojaat qilib, tartib saqlash, ekipaj va yo‘lovchilarga xalaqit bermaslikni so‘ragan.

Samolyot Moskvaga qo‘nishidan avval 30 minut kechikayotgani aytilgan, shundan so‘ng Sheremetyevo aeroportiga yo‘naltirilgan.

Navalniy o‘zi bilan birga uchib borayotgan jurnalistlarga bergan qisqa suhbatida vataniga qaytishdan qo‘rqmasligini aytdi.

"Vnukovo"da Navalniyning yuzlab tarafdorlari to‘plangan va ulardan o‘nga yaqini qo‘lga olingan.

Rasmiylar Navalniy uchayotgan samolyot "Vnukovo"ga emas, "Sheremetyevo"ga "texnik sabablar" ortidan qo‘ndirilganini aytmoqda.

 

 

Navalniy tarafdorlari qo‘lga olinmoqda

Moskvaning “Vnukovo” aeroportida Aleksey Navalniyni kutib olishga kelgan muxolifat tarafdorlari qo‘lga olindi

Qo‘lga olinganlar orasida Navalniy asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi xodimlari Lyubov Sobol va Ruslan Shaveddinov ham bor. Shuningdek, yaqinda qamoqdan chiqarilgan siyosiy mahbus Konstantin Kotov va Aleksey Navalniyning yaqin qarindoshi Oleg politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

 

Politsiya ularning qanday asoslar bilan qo‘lga olingani yuzasidan ma’lumot bermadi.

Navalniyning tarafdorlari Vnukovo” aeroportiga kelishda davom etmoqda. Bir kun avval Moskva prokuraturasi aholini “ommaviy tadbirlar o‘tkazilmasligi shart”ligi to‘g‘risida ogohlantirgan edi. Navalniy tarafdorlari esa bir odamni kutib olish jarayoni “ommaviy tadbir emas”, demoqda.

Navalniy Moskvaga kelishi bilan qamoqqa olinishi mumkin

Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) Kreml tanqidchisi bo‘lgan muxolifatchi Aleksey Navalniy mamlakatga qaytsa, hibsga olinishini ma’lum qilgandi.

Federal xizmatning bildirishicha, Navalniy shartli ravishda qamoqqa hukm qilingan shaxs sifatida nazorat tartibida qayddan o‘tmay kelmoqda.

Sud FSIN arizasini qanoatlantirsa, muxolifatchi 3,5 yilga qamalishi mumkin.

Navalniy 2014 - yilning dekabrida tovlamachilikda ayblanib 3,5 yilga shartli ravishda qamalgan edi. Jazo muddati 2020 - yilning 30 - dekabr kuni tugagan.

Muxolifatchi o‘ziga bildirilgan ayblovni tan olmay keladi. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi bu ishni o‘rganib, Navalniy Rossiyada adolatli sudlov huquqidan mahrum etilgani to‘g‘risida qaror chiqargan.

Navalniy o‘tgan yilning avgust oyida zaharlanish alomatlari bilan Omskda kasalxonaga yotqizilganidan keyin tibbiyot uchog‘i bilan Berlinga jo‘natilgan edi.

Bir necha laboratoriya uning sovet davrida ishlab chiqilgan «Novichok» guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini tasdiqladi. Natijada Yevropa Ittifoqi yetti nafar Rossiya amaldoriga va bir tadqiqot institutiga qarshi sanksiya joriy qildi.

Navalniy Berlindagi shifoxonadan chiqqanidan keyin, Germaniyada reabilitatsiyadan o‘tdi.

Rossiya hukumati Navalniy Germaniyaga olib kelguniga qadar uning tanasida zahar izi topilmaganini da’vo qilib, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan bosh tortib keladi.

Navalniy uning zaharlanishida bevosita prezident Vladimir Putinni ayblamoqda.

Читайте на 123ru.net


Новости 24/7 DirectAdvert - доход для вашего сайта



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России



Smi24.net — ежеминутные новости с ежедневным архивом. Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "123 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. Smi24.net — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net. Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть —онлайн с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии. Smi24.net — живые новости в живом эфире! Быстрый поиск от Smi24.net — это не только возможность первым узнать, но и преимущество сообщить срочные новости мгновенно на любом языке мира и быть услышанным тут же. В любую минуту Вы можете добавить свою новость - здесь.




Новости от наших партнёров в Вашем городе

Ria.city

В столице открылось 600 площадок фестиваля «Лето в Москве. Все на улицу!»

Песков: Заворотнюк была прекрасной и мужественной женщиной

Интернет-магазин Лю.ру – только светлые воспоминания

Путин: вопросам воспитания детей уделяется первостепенное внимание государства

Музыкальные новости

Почта России помогла детям-подопечным благотворительных фондов встретиться с футболистами ЦСКА

Уссурийский ЛРЗ расширяет форматы промышленных экскурсий на предприятие

Уссурийский ЛРЗ расширяет форматы промышленных экскурсий на предприятие

Книжные новинки, лаборатория текста и иллюстраций — ждут гостей Московского детского фестиваля искусств «НЕБО»

Новости России

Хуситы атаковали USS Dwight Eisenhower. Подарок Запада Путину. Европа перешла ко второй стадии подготовки войны. Карлсон: Россию не победить

Названы популярные места для посещения с детьми летом

В детской школе искусств Моршанска за 1 млн рублей открыли виртуальный концертный зал

Тиктокершу Фросю арестовали после видео с испражнением в московском ресторане

Экология в России и мире

ONYX отправляется в Большой тур по России

Я думала, мы умрем: американка переехала в Великобританию и столкнулась с левосторонним движением, праворульными машинами и механической коробкой передач

VK Fest 2024: Музыка и Развлечения на Открытых Площадках России

Всеармянский союз «Гардман-Ширван-Нахиджеван» осуждает лживое заявление президента Азербайджана Алиева

Спорт в России и мире

Прямая трансляция матча Елены Рыбакиной против экс-первой ракетки мира на «Ролан Гаррос»

Синнер повторил уникальное достижение Джоковича и Надаля на турнирах «Большого шлема»

Медведев пошутил о том, что часто проводит ночные матчи на турнирах «Большого шлема»

Мирра Андреева вышла во второй круг Открытого чемпионата Франции

Moscow.media

Лёд и пламень

Удаленная настройка охранных комплексов StarLine

ALMI Partner и «Даком М» будут совместно развивать и продвигать отечественные ИТ-решения

Георгий Бурков











Топ новостей на этот час

Rss.plus






Младенца с травмами половых органов госпитализировали в Серпухове

Путин: вопросам воспитания детей уделяется первостепенное внимание государства

В столице открылось 600 площадок фестиваля «Лето в Москве. Все на улицу!»

Столичный проект занял первое место в международной премии рекламы и маркетинга